15-modda. Xo‘jalik shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish
Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, xo‘jalik shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin
Xulosa Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga mo’ljallangan xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyat-laridan iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Printsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo’lishi mumkin.
Tijoriy xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish va, shuningdek, boshqa shaxslar va tashki-lotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib tushgan pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pul shaklida bo’lmagan qismi (sanoat va intellektual mulk ob’ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa, ularni xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi iqtisodiy tanglik1ar. inqirozlar doimo mulk egalari, investorlarni yuzaga kelgan holatlar bo 'yicha muhim qarorlar qabul qilishga undaydi. Aks holda, sekin-sekin biznesdagi harakat yakun topadi va korxonalar yopiladi. Erkin iqtisodiyotda, xo'jalik yurituvchi subyektlar va mulk egalarini qiziqtiradigan eng muhim masala biznes samaradorligi va faoliyat natijaviyligini baholash, ular moliyaviy holatini tahlil etish masalasidir.