Yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar xo‘jalik shartnomalarining subyektlari (taraflari) bo‘ladi.
6-modda. Xo‘jalik shartnomasi taraflarining huquqlari
Xo‘jalik shartnomasi taraflari belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini so‘rash va olish, mutaxassislar bilan maslahatlashish;
davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish;
boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari xususidagi ma’lumotlarni to‘plash;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qo‘llash.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik shartnomasining taraflari qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.