XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR FAOLIYATINING SHARTNOMAVIY-HUQUQIY BAZASI TO‘G‘RISIDA I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Qonunning maqsadi va vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning huquqiy asoslarini, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilaydi.
2-modda. Xo‘jalik shartnomalari to‘g‘risidagi qonunchilik
Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishda yuzaga keladigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi.
4-modda. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: