Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyasi bilan o`zaro bo`g`liqligi Reja



Yüklə 59,01 Kb.
səhifə5/11
tarix20.12.2022
ölçüsü59,01 Kb.
#76848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boborahmatova Mavjuda

_____________________________
Mamatov B., Xujamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. – 608 b
Uning pul shaklidagi natijasi sifatida xo`jalik yurutuvchi subyektlar ning tushumi maydonga chiqadi. O’z navbatida, tushum xarajatlari-ni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag’la-ri fondlariga bo’linadi. Formula orqali buni umumiy tarzda, quyidagicha ifodalash mumkin: T = F аа + F мхм + F их + F ф Bu erda: T – tushum; F аа – asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga mo’ljal- langan amortizatsiya ajratmalari fondi; F мхм – moddiy xarajatlarni (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, elektr energiyasi va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi; F их – ish haqi fondi; F ф – tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda (soliqlar to’languncha va foydadan boshqa to’lanmalar amalga oshirilguncha). Ayrim iqtisodchi-olimlarning tadqiqotlarida moddiy xara-jatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari XYuS ning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritil-maydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa xo`jalik yurutuvchi subyektlar ning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmaydi2 . Bunday yondashuvlarning noto’g’ri ekanligi shubhasiz. Bozor iqtisodiyotining xorijiy nazariyasi va amaliyotida pul tushumi yalpi daromad tarzida talqin qilinadi. Bu narsa xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o’zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul tushumlarining bir qismi, xo`jalik yurutuvchi subyektlar ning real moliyaviy resursi mol etkazib beruvchilar va kontragentlarning hisobvaraq-lariga o’tkazilmasdan, uning aylanmasida bo’lgan paytda qo’shimcha daromad keltiradi. O’tish davrining dastlabki yillaridagi o’zaro mol etkazib berish (xizmat ko’rsatish) bo’yicha noto’lovlar krizisi bank kreditlari foizining yuzdan oshgan darajasida tekin tijo-riy kredit imkoniyatining mavjudligi o’zining “qo’lbola” birlam-chi manbai bo’lib xizmat qildi. Shunga o’xshash narsa ish haqi fondiga nisbatan ham tegishli bo’ldi. Xodimlarga, ishchi va xiz-matchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning kechikti-rilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir “tadbirkor” va “ban-kir”larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandi, chunki to’lanmagan ish haqi ularning aylanmasida bo’lgan edi. Amortizatsiya ajratmalari fondi xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy resurs-larining tarkibiy tuzilmasida muhim o’rin tutadi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning xo`jalik yurutuvchi subyektlartegishli hisobvaraqlarida joylashganligiga qarab xo`jalik yurutuvchi subyektlarning real moliyaviy resurslari hisoblanadi. 2 Jean-Pierre Danthine, John B. Donaldson, Intermediate Financial Theory, Third Edition, 2014 Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o’rinni egallay boshlaydi. Foyda XYuS o’z mablag’larining asosiy manbai bo’lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, si-fatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimenti-ning kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYuS ning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo’ljallangan fondlar shakllantiriladi. Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYuS ning kreditga layoqatini va uning qarz mablag’larini jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniq-lab beradigan muhim indikatorlardir. Qarz mablag’larining xo`jalik yurutuvchi subyektlar o’z mablag’lariga nisbati va undan katta darajaga etib, uning to’lov layoqatiga kreditorlarda ham, hamkorlarda ham shubha tug’- dirmasligi mumkin. Joriy tijoriy XYuS larning moliyaviy resurslarini shakl-lanish manbalariga ko’ra quyidagilarga ajratish mumkin:
 mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllana-digan moliyaviy resurslar (foyda, amortizatsiya ajratmalari fon-di, ish haqi fondi, moddiy xarajatlarni tiklash fondi);
 boshqa realizatsiya (mol-mulk, asosiy faoliyatga daxldor bo’lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;
 moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar, o’z aktsiyalari va qimmatli qog’ozlarning boshqa ko’rinishlarini sotish, boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha dividendlar va foizlar, sug’urta qoplamalari va boshqalar);
 kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliya-viy resurslar (mol etkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo’yicha; ijtimoiy sug’urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar);
 badallar va maqsadli xarakterdagi tushumlar hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushumlar, byudjet subsidiyalari va h.k.). 1.2. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shaklla-ridan biri sifatida XYuS lar moliyasining harakati minimal xarajatlarda maksimal natijalarning olinishini nazarda tutuv-chi samaradorlikning umumiqtisodiy mezoniga bo’ysunadi. Shu sababli XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali tasavvur etish mumkin: S мр = N м ф : X мр Bu erda: S мр – XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; N м ф – ma’lum davr (o’tgan yoki rejali) uchun XYuS faoliyatining moliyaviy natijasi; X мр – shu moliyaviy natijani qo’lga kiritish uchun XYuS tomonidan qilingan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari xara-jatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsu-lotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko’rsatkichga ega bo’lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Bu xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviyxo’jalik faoliyati samaradorli-gini xarakterlovchi yaxlit ko’rsatkichlardan biri bo’lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog’liqligi xosdir. Yuqorida bildirilgan fikr o’ziga moliyaviy natija va moliya-viy xarajatlarning tavsifini mujassam etuvchi xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko’rsatkichlarga ham to’liq tegishlidir. Shunday bo’lishiga qaramas-dan analitik maqsadlar uchun bu majmua (to’plam)dan aynan xo`jalik yurutuvchi subyektlar ning moliyaviy faoliyatini, uning moliyaviy va baho siyosatining samaradorligini o’xshash tarzda xarakterlovchi ko’rsatkichlarni ajratish muhimdir. Shunisi taajjublanarliki, xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy faoliyatining samaradorligini o’xshash ifodalovchisi fond, moliya-kredit va pul bozorlaridagi operatsiyalarning daromadliligi hisoblanadi. Bu erda, ma’lumki, pul (P * ) go’yo to’g’ridan-to’g’ri puldan (P) qilinadi. U holda moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi ko’rinishni oladi: S мр = (P * – P) : P Bu erda: S мр – XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; P * – P – bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad. Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi:
 XYuS tomonidan aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan divi-dendlar;
 boshqa emitentlar qimmatli qog’ozlarini sotib olishdan olingan dividendlar;  banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari;
 XYuS foydasidagi valyutalar kurslari bo’yicha farqlar;
 va boshqalar. XYuS moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini xarak-terlovchi ko’rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy nati-janing sof moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko’pchilik hollarda XYuS moliya-xo’jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori samara-dorligining ko’rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo’lishlariga qaramasdan moliyaviy “spekulyatsiyaning” imkoniyat-lari ularni “cho’kmasdan” turishlariga sharoit yaratadi.
____________________
Хазанович Э.С. Иностранные инвестиции: Учебное пособие/ Э.С.Хазанович.2-е изд., стер.-М.:КНОРУС, 2018.-312с

  1. Xo'jalik yurituvchi subyektlar to'g'risidagi qonun


Yüklə 59,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin