Yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar xo‘jalik shartnomalarining subyektlari (taraflari) bo‘ladi.
Xo‘jalik shartnomasi taraflari belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini so‘rash va olish, mutaxassislar bilan maslahatlashish;
davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish;