Davolash ishi yo’nalishi davlat attestatsiyasi kasbiy nazariy im
Quloq, tomoq va burun kasalliklari 1.Tashqi quloq qanday qismlardan tashkil topgan?
2. Ichki quloq qanday qismlardan tashkil topgan?
3. Quloq chirki qayerda joylashadi?
4. Quloqni tekshirishni qanday usullarini bilasiz?
5. Tashqi eshituv yo`li chipqoni ta`rifini ko`rsating.
6. Burunning kirish qismidagi soch xaltachasining chegaralangan yiringli yallig`lanishi nima?
7. Sikoz qo`zg`atuvchisini ko`rsating.
8. Qaysi kasallikda chegaralangan yallig`lanish o`chog`i sohasida o`tkir og`riq, ko`nussimon infiltrat kuzatiladi?
9. Ozena asosan kimlarda uchraydi?
10. O`tkir rinit davomiyligi?
11. Surunkali gipertrofik rinit uchun qanday belgilar xos?
12. Anginaning qaysi turida nutq hosil bo`lishi buziladi?
13. Anginaning qo`zg`atuvchisi nima?
14. Paratonzillit nima?
15. Adenotomiyaga mone`likni ko`rsating.
16. Xiqildoqni ichki ko`zdan kechirish qanday nomlanadi?
17. Xiqildoq limfadenoid to`qimasining o`tkir yallig`lanishi nima ?
18. So`zlashuv nutqida tovushlar talaffuzi nimaga bog`liq?
19. Burmalar osti laringiti necha yoshda kuzatiladi?
20. Xiqildoq stenozi nima?
21. Nog`ora bo`shlig`ida qanday muskullar joylashgan?
22. Saramas qo`zg`atuvchisini ko`rsating.
3. Quloq qaysi bo`limlardan iborat?
24. Tashqi otit nima?
25. O`tkir mastoiditning sub`ektiv simptomlarini ko`rsating.
26.Yaqqol namoyon bo`lgan qizarish, shish, epidermisning yuzaki ko`chishi,burunga kirish qismida qatqaloqlar, teridagi yoriqlar – qaysi kasallikka xos?
27.Tekshiruvda uchida soch joylashgan,qizil rangdagi pustulali tugunlar aniqlandi,bu qaysi kasallikka xos?
28. Quyidagi simptomlar qaysi kasallik uchun xos: burundan nafas olishning qiyinlashuvi, burundan ko`p miqdorda shilliq – yiringli suyuqlik oqishi.
29. Qaysi simptom ozena uchun xos emas?
30. Burun to`sig`i qiyshayishida bemorning asosiy shikoyati?
31. Meningeal simptomlar anginaning qaysi turiga xos?
32. Flegmonoz angina uchun qaysi simptom xos emas?
33. parafaringeal abstsess uchun qaysi simptom xos emas?
34.Halqum qurishi,yutinish qiyinligi,halqumdan nohush hid kelishi – bu simptomlar faringitning qaysi formasiga xos?
35. Erkaklarda tovush boylamlarining uzunligi?
36. Bilvosita laringoskopiya nima yordamida o`tkaziladi?
37. Hiqildoq stenozi necha bosqichda o`tadi?
38. Traheyaning ikkiga bo`linish joyi qanday nomlanadi?
39.Hiqildoqning tog`ay usti to`qimasi va shilliq osti qavatining yiringli yallig`lanishi nima?
40. Dekompensatsiya bosqichida tovush yorig`ining kengligi?
41. Halqum necha qismdan iborat?
42. Adenoid nima?
43. Adenoid simptomi bo`la olmaydigan sababni ko`rsating.
44. II-III darajali adenoidlar qanday davolanadi?
45. tashqi burun skeleti nimalardan iborat?
46. Normada burun yondosh bo`shliqlarida nima mavjud?
47. Frontit bu nima?
48. Tanglay murtaklari qayerda joylashgan?
49. Adenoidlar o`sishi qaysi yoshda uchraydi?
50. Adenotomiyadan so`ng bemor qachon ovqatlantiriladi?
51. Halqumni tekshirish metodlarini ko`rsating.
52. Quyidagilarning qaysi biri o`rta quloq sistemasiga kirmaydi?
53. Qaysi kasallikda nog`ora pardada doimiy perforatsiya bo`ladi?
54. Quloq kasalliklari qanday asoratlarga olib keladi?
55. Vazomotor rinitning simptomlarini ko`rsating.
56. Hiqildoq qayerda joylashgan?
57. Hiqildoq yallig`lanishi qanday nomlanadi?
58. Tonzilektomiyadan so`ng bemor qachon ovqatlantiriladi?
59. Hiqildoq allergik shishida stenozni bartaraf qilish uchun samara beradigan dori turini toping.
60. Chin bo`g`mani soxta bo`g`madan ajratadigan belgi.
61. Hiqildoq stenozi necha bosqichda o`tadi?
62. Anginaning asoratlari qanday?