DAVR XARAJATINI TEKSHIRISH
REJA:
DAVR SARFLARIGA KIRITILADIGAN XARAJATLAR TARKIBI
MOLIYAVIY FAOLIYATGA DOIR XARAJATLAR VA DAROMADLAR HAMDA FAVQULODDA OLINGAN FOYDA (KO‘RILGAN ZARAR) LARNI TEKSHIRISH
AUDITOR MOLIYAVIY FAOLIYATI
Davr sarflariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi «Mahsulotlar (ish, xiz-matlar) tannarxiga qo‘shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarini shakl-lantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq aniqlanadi.
Auditor davr sarflarini hisobga olishni va moliyaviy natijalar to‘g‘-risidagi hisobotni tuzishning to‘g‘riligini nazorat qilish maqsadida quyi-dagilarni tekshirishi lozim: davr sarflarini hisobga oladigan: 9410-«Sotish xarajatlari», 9420 - «Ma’muriy xarajatlar», 9430-«Boshqa operatsion xara-jatlar», 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hiso-bot davri xarajatlari» bo‘yicha o‘z vaqtida, ishonarli va to‘liq aks ettiri-lishining ta’minlanishi; ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash va mukofotlash haqidagi Nizom, lavozim maoshlarining belgilan-gan xarajatlar smetasiga rioya qilinishi ustidan nazoratning ta’minlanishi.
Quyidagi xarajatlarni davr sarflariga kiritishning asoslanganligi va o‘z vaqtidaligi: reklama xarajatlari (nashriyotda e’lon qilish, radiodan eshit-tirish va televideniye by orqali ko‘rsatish, reklama mahsulotlarini ishlab chiqish va chop etish, stendlar va shitlar tayyorlash, video va diafilmlar na-moyish etish va boshqalar); korxonaning O‘zbekiston Respublikasi hudu-dida va xorijdagi yarmarkalar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishiga doir xa-rajatlar ( eksponatlarni tayyorlash va yetkazib berish, modellar va maketlar tayyorlash, adabiyotlar va texnik hujjatlarni nashr qilish); mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish bilan bog‘liq sarflar; bojxona tadbirlari uchun to‘lovlar; import muomalalarini amalga oshirishda vositachilik qiladigan tashkilotlarga to‘lanadigan komission to‘lovlar summalari; boj-xona to‘lovlari, Shuningdek, tovarlar va boshqa mulklarni import qilish bi-lan bog‘liq bo‘lgan bojxonada amalga oshiriladigan rasmiylashtirish o‘tkazish uchun to‘lovlar; material qiymatliklarni sotib olish va tashib kel-tirish xarajatlari; belgilangan me’yorlar va boshqaruv tomonidan tasdiq-langan smetalar doirasidagi korxona faoliyati bilan bog‘liq vakillik xarajat-lari (shtatda turmaydigan tarjimonlar xizmatiga haq to‘lash, ishchi muzo-karalar vaqtida chet ellik vakillarning rasmiy qabulini o‘tkazishga doir xarajatlar).
Bunda qilingan xarajatlarning asoslanganligi va tasdiqlovchi hujjatlar (schyotlar, do‘konlar va restoranlarning cheklari va boshqalar)ning mav-judligiga alohida e’tibor berish zarur.
Dostları ilə paylaş: |