Davr talabi sifatida


O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI



Yüklə 254,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix08.04.2023
ölçüsü254,34 Kb.
#94796
1   2   3   4   5
tojiyeva-g.-niyazov-s.-ozbek-zamonaviy-tilshunosligida-adabiy-til-talqini-davr-talabi-sifatida

O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
23 
Yangi asr o‘zbek tilshunosligining ilk asoslari o‘tgan asrning 90- yillarida 
shakllangan. O‘zbekiston mustaqilligining poydevori o‘zbek tiliga davlat tili 
maqomining berilishi bilan boshlanganligi kabi, ma’naviy-mafkuraviy evrilishlar 
ham, avvalo, o‘zbek tilshunosligidagi tub burilishlar bilan boshlandi deyish 
haqiqatdan yiroq emas. Xususan, turkiyshunoslar tomonidan “Советская 
тюркология” jurnalida e’lon qilingan qator tezislar, “O‘zbek tili va adabiyoti” 
jurnalida bosilgan turkum maqolalar fikrimizning dalilidir[Ne’matov H, 1987:]. 
Shuningdek, tilshunoslar M.Mirtojiyev, N.Mahmudov tomonidan e’lon qilingan 
“Til va “madaniyat” monografiyasi bu yo‘lda qo‘yilgan ulkan qadamlardan 
bo‘ldi deyish mumkin. [Mirtojiyev M, Mahmudov N, 1991: 28-b.] Bu qadamlar 
sobiq ittifoq hududida milliy uyg‘onishlar va ma’naviy-ma’rifiy evrilishlar 
boshlanishi natijasi bo‘ldi. Til millat mulki va ma’naviy, madaniy boyligining 
ifodasi va rivojlantiruvchisi, millat yaxlitligini ta’minlovchi vosita ekanligi bois 
bu davr tilshunosligi oldida ikki muhim vazifa ko‘ndalang bo‘ldi: 
1) tilning asl holatini tiklash (amaliy vazifa); 
2) tilning asl holatini tiklash (nazariy vazifa). 
Bu haqida tilshunoslarimiz quyidagicha yozishadi: “Ko‘tarilgan masalalarni 
mohiyatan ikkiga bo‘lish mumkin: 
1) o‘zbek tilshunosligi oldiga 30-40-yillarda qo‘yilgan va 40-50-yillarda 
amalga oshirgan vazifasi – o‘zbek tili turli sath birliklarining zamonaviy tahlil 
usullarida berilgan mukammal tavsifi, belgilangan adabiy til meyorlari
ta’limning turli bosqichi uchun yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari, darslik hamda 
lug‘atlar asosida to‘laqonli nazariy tushunchalar hosil qilish, xususiyliklarda 
umumiylikni, hodisalarda mohiyatni, oqibatlarda sababni, voqeliklarda 
imkoniyatni ochish darajasiga ko‘tarilish; 
2) uzoq yillar davomida o‘zbek tili ittifoqdagi turkiy, qolaversa, boshqa tillar 
kabi rus va Yevropa tillari qoliplari asosida o‘rganib kelinganligi sababli uni o‘z 
ichki substansial tabiatidan kelib chiqqan holda alohida milliy yaxlitlik sifatida 
tadqiq qilish”. [Sayfullayeva R, Mengliyev B, Boqiyeva G va boshq. 2009: 39-b.]
Tilning asl holatini tiklash masalasi haqida gap ketganda shuni aytish 
lozimki, bu davrgacha o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi keskin torayib, uning 
leksik tarkibi еvropacha o‘zlashmalar bilan behad “boyitilgan” edi. Tilning 
ontologik mohiyatini ilmiy talqinlarda tiklashga urinishlarning kuch olishi o‘zbek 
tilshunosligi talqinlari ham tildagi milliy o‘ziga xoslikdan ko‘ra, 
“baynalmilallik”ga asosiy e’tiborni qaratib qolganligi bilan belgilanar edi. 
Tilshunoslar M.Mirtojiyev va N.Mahmudovlarning ta’kidlashlaricha, “o‘zbek 
tilining mavqei 1917 yildan keyin ma’lum shart-sharoitlar ta’sirida, o‘zbek 
xalqining qarama-qarshiliklarga boy ijtimoiy hayoti zamirida nihoyatda ayanchli 
bir holga kelib qoldi. Bu faqat 1917 yildan keyingina emas, undan oldinroq turli 
zarblarning ta’sirida yuzaga kela boshlagan edi. Ayniqsa, 1865-yildan 
Turkistonni ruslar istilo qila boshlashi o‘zbek tili uchun salbiy rol o‘ynadi”. 
[Mirtojiyev M, Mahmudov N, 1991: 3-b.] 



Yüklə 254,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin