Davr talabi sifatida


O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI



Yüklə 254,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix08.04.2023
ölçüsü254,34 Kb.
#94796
1   2   3   4   5
tojiyeva-g.-niyazov-s.-ozbek-zamonaviy-tilshunosligida-adabiy-til-talqini-davr-talabi-sifatida

O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
22 
olib borish uchun bosib o‘tilishi lozim bo‘lgan zaruriy bosqich edi. Jadidlarning 
ma’rifatchilik harakati ijtimoiy buyurtmaning ado etilishida katta ahamiyatga ega 
bo‘ldi va zamonaviy o‘zbek tilshunosligining poydevori maqomida edi.
Ma’lumki, adabiy til milliy yaxlitlik omili, bu esa ijtimoiy taraqqiyotning 
poydevori hisoblanadi. Milliy adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va 
ommalashtirish zarurati natijasi o‘laroq vujudga kelgan “o‘zbek an’anaviy 
(formal) tilshunosligi vakillari o‘zbek tili qurilishini tavsiflash umumiy vazifasi 
ostida birlashishdi. XX asr o‘zbek tilshunosligining shakllanishida Abdurauf 
Fitrat, Y.D.Polivanov, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Faxri Kamolov, 
Ulug‘ Tursunov, Ayyub G‘ulomov va ular izdoshlarining xizmat katta. Bu 
davrda o‘zbek tilining ichki qurilishi zamonaviy tilshunoslik yutuqlari asosida 
o‘rganildi va o‘zbek tilshunosligi jahon zamonaviy tilshunosligining bir bo‘lagi 
sifatida shakllandi. Tilshunoslikning bugungi mavjud barcha bo‘limlari bo‘yicha 
ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishi vujudga keldi. Ular asosida imlo va talaffuz qoidalari 
yaratilib, o‘rta, o‘rta maxsus va oliy maktab uchun bu tildan meyoriy darslik, 
qo‘llanma va ilmiy grammatikalar yaratildi. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” 
kursining mutaxassislar tayyorlashda fundamental predmet sifatida o‘qitilishi 
mazkur ijtimoiy zarurat asosida kechdi. Natijada ta’lim, matbuot, radio, 
televideniye, rasmiy ish yuritish, kitobatchilik ishlarida o‘zbek adabiy tilining 
ustuvorligiga 
erishildi. Adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va 
ommalashtirishdan iborat ijtimoiy buyurtmani olgan o‘zbek an’anaviy 
tilshunosligi o‘zbek adabiy tilining imlo qoidalari, imlo lug‘ati, talaffuz 
me’yorlari, o‘zbek adabiy tilining akademik grammatikalari, shuningdek, o‘zbek 
tilining 2 tomli izohli lug‘ati nashr etilishi bilan o‘tgan asrning 80-yillarida o‘z 
faoliyatiga yakun yasadi. Bu holat еtakchi o‘zbek tilshunoslari tomonidan e’tirof 
etildi” [Mengliyev B.].
Bu davr tilshunosligi ijtimoiy zarurat va ehtiyoj bilan bog‘liq ravishda 
o‘ziga xos metodologik asoslar va tadqiq usullari bilan ish ko‘rdi. Bu haqda 
professor H.Ne’matov quyidagilarni yozadi: “Jadid ma’rifatparvarlari orzu qilgan 
“tilsiz onalarga til berish” (Behbudiy ) – zamonaviy o‘zbek adabiy tili 
me’yorlarini belgilash, uning ommaviy va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash – 
o‘zbek formal (me’yoriy) tilshunosligi oldida turgan bosh maqsad edi. Formal 
tilshunoslikda esa empirik (fahmiy, hissiy, sensualistik, nominalistik, 
atomistik....) bilish usuli еtakchilik qilardi” [Ne’matov H., Bozorov O., 1989: 9]. 
Fan shakllana boshlagandan o‘rganish manbaiga sistema sifatida 
munosabatda bo‘lish boshlangan. Chunki u o‘rganish manbaini qanday bo‘lsa, 
shunday aks ettirishni maqsad qilib qo‘yar ekan (Imom G‘azzoliy), uni barcha 
aloqalari majmuida, unga bog‘liq bo‘lgan, uni tashkil etgan barcha narsa va 
hodisalarning unga va uning boshqa hodisalarga munosabatini ochish birinchi 
o‘rinda turadi. Biroq fan taraqqiy etishi bilan har bir davr, fanning egallagan 
bosqichi va jamiyat ehtiyojlariga muvofiq ravishda unga o‘rganish manbaning 
qaysi tomoniga ko‘proq e’tibor qaratishni zarur qilib qo‘yadi. [Nigmatov X, 
Abdullayev K, Banaru V, 1984: 32-b.]



Yüklə 254,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin