O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 24
Bu davrda o‘zbek tili leksik strukturasining ruscha so‘zlar bilan
“boyitilishi”ni ikki bosqichga bo‘lish mumkin:
1) 1917- yildan 60-yillargacha;
2) 1960-yillardan 90-yillargacha.
Birinchi bosqich xalqlarni bir qolipga solish, yagona mafkurani xalqlar
ongiga zo‘rlab singdirish zarurati natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi
bosqich rivojlangan sotsializm sharoitida xalqlar va millatlararo farqlarning
yo‘qotilishi natijasida yagona xalq tashkil etuvchisi bo‘lgan kommunistik
jamiyatni barpo etish harakatlari bilan belgilanadi. Bu davrga kelib, o‘zbek tili
rasmiy doiralarda butunlay muomaladan chiqarildi. O‘zbek tili rasmiy ish yuritish
funksiyasidan ajraldi. Hatto yuqorida zikr etilgan birinchi davrda faol
qo‘llangan, uzoq zamonlar davomida qo‘llanilishiga odatlanib qolingan ko‘pgina
leksik birliklar yangilari bilan almashtirildi. Masalan revolyutsiya (inqilob),
partiya (firqa), ideya (g‘oya), plan (reja), programma (dastur), ideologiya
(mafkura), propaganda (tashviqot), agitatsiya (targ‘ibot), pioner (kashshof),
еdinitsa (birlik), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot), forma (shakl),
alfavit (alifbo), agronom (hosilot), tema (mavzu), tipovoy (zamonaviy),
oppozitsiya (ziddiyat), grajdan (fuqaro), sekretar (kotib), sovet (sho‘ro),
kooperativ (shirkat), kontrrevolyutsion (aksilinqilobiy), klassik (mumtoz),
tragediya (fojia), ekonomika (iqtisod), filosofiya (falsafa), sotsial (ijtimoiy),
perspektiv (istiqbol) kabi.
So‘zlarda xalq kechmishi mujassam. Kechmish esa qadriyatlar, xalq
dunyoqarashi, turmush tarzi kabi qator unsurlardan tashkil topadi. Yangi
muqobillarni tilimizga kiritib, qo‘llanib turganlarini siqib chiqarish harakatlari
darajasini yuqorida keltirilgan qavsdan tashqaridagi so‘zlar tilimizda miqdoran
qancha bo‘lsa, kechmishimizning taxminan ana shunchasini xalq xotirasidan
chiqarish ko‘rsatkichi sifatida baholash mumkin. O‘zbek tilining 2 tomli izohli
lug‘atini yangi 5 jildli lug‘at bilan shu nuqtayi nazardan kuzatish va o‘rganish bu
boradagi eng ishonchli dalillarni taqdim eta oladi. Hatto 2 tomli lug‘atda millat
va jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan, bugungi kunda eng faol leksik
birliklar sifatida amal qilayotgan qadriyat, mafkura, ma’naviyat kabi ko‘plab
so‘zlarning mavjud emasligi fikrimiz dalilidir.
Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi bemisl taraqqiy etib, tilimizning
leksikasini o‘rganish borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar faxrlansa arzigulik.
O‘zbek leksikologiyasi taraqqiyoti natijasi o‘laroq, milliy leksikografiyamizning
yuksalishi, buning natijasida esa ko‘plab lug‘atlarning yaratilishi, mukammal
izohli lug‘atlarning tartib berilishi bunga ishonchli dalil bo‘la oladi. So‘z
semantikasiga kirib borishining takomillashuvi, so‘z semantikasini atomat tahlil
qilishga intilishning kuchayayotganligi, birinchidan, fanning taraqqiyoti mahsuli
bo‘lsa, ikkinchidan, jamiyatimiz yangidan-yangi tipdagi lug‘atlarni taqozo
etayotganligi, ularning ilmiy asoslarini ishlab chiqish zarurati tug‘ilayotganligi
fikrimizning isboti. Ayniqsa, o‘zbek leksikografiyasida ideografik va
lingvokulturologik lug‘atchilikning shakllana boshlaganligi va taraqqiy