Kimyoviy kinetika fizik kimyoning kimyoviy reaksiya tezligini o‘rganuvchi bo‘limidir.
Kimyoviy reaktorlarni o‘rganish, shu reaktor jarayonini tashkil qiluvchi
«elementar» jarayonlar matematik modellari asosida amalga oshiriladi, ya’ni, blok prinsipi qo‘llaniladi:
birinchidan, mikrokinetika o‘rganiladi, ya’ni kimyoviy kinetika tezligi o‘rganiladi;
ikkinchidan, gidrodinamika o‘rganiladi, ya’ni, oqimlar tuzilishi o‘rganiladi; uchinchidan, issiqlik-modda-almashinuv jarayoni o‘rganiladi va boshqalar.
Kimyoviy jarayon mikrokinetikasini o‘rganish, shu jarayon kimyoviy reaksiya tezligi to‘g‘risida ma’lumotni, ya’ni, vaqt va xajm birligida qancha modda xosil bo‘lganligini aniqlashni hisobga oladi
r
W = 1* dN
V * dT
bunda, N = CV, o‘rniga qo‘yib topamiz,
Wr = 1* d (CV )
1 (C dV
V dC ),
V * dT V dt dt
yoki
W = С dV dC ,
r V dt dt
O‘zgarmas xajmda ketayotgan reaksiyalar uchun (V=const), dV
dt
=0;
shuning uchun Wr
= dC ,
∓
dt
(+) - ishora reaksiya natijasida modda miqdori oshib borishini ko‘rsatadi; (-) - ishora reaksiya natijasida modda miqdori kamayishini ko‘rsatadi;
O‘zaro ta’sir qonuniga asosan kimyoviy reaksiya tezligi, reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyasiga proporsional, ya’ni,
Wr = k*Cn1A*Cn2B;
bu yerda, n1,n2- kimyoviy reaksiya tartibi;
Elementar, bir bosqichli kimyoviy reaksiyalar uchun, reaksiya tartibi va reaksiya stexiometrik koeffitsientlari bir xil qiymatga ega bo‘ladi. (Kimyoviy reaksiya bir bosqichda ketayotgan bo‘lsa u elementar hisoblanadi).
Dostları ilə paylaş: |