UPDATE komandasi jadval satrlari yoki mavjud satrni ba’zi bir yoki barcha maydonlarini qiymatini tiklash, ya’ni o‘zgartirish imkonini beradi.
Masalan:
1) UPDATE UNIVERSITY1 SET RATING=200;
UPDATE komandasi faqat 1ta ustun emas balki ustunlar to‘plamini o‘zgartirish imkonini beradi. Qiymatlari, modifikatsiya (takomillashtirilgan) qilinishi zarur bo‘lgan aniq ustunlarni ko‘rsatish uchun, SET parametri ishlatidi.
2) UPDATE SUBJECT1 SET SUBJ_NAME= ‘matematika’, HOUR=36, SEMESTR=1
WHERE SUBJ_ID=43;
UPDATE komandasini SET parametrida skalyar ifodalarni ishlatish mumkin. Skalyar ifodada maydon sifatida o‘zgartirailayotgan va boshqa maydonlar kiritilib, u maydon qiymatini o‘zgarish usulini ko‘rsatadi.

1) UPDATE STUDENT1 SET STIPEND=STIPEND*2
WHERE CITY= ‘Moskva’;
2) UPDATE STUDENT1 SET STIPEND=NULL
WHERE CITY= ‘Moskva’;
Tasavurlar foydalanuvchilardan jadvallarni ba’zi ustunlarini yashirish uchun yoki ko‘pincha foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan bir nechta jadvaldan bitta yaratish kerak bo‘ladi. Misol sifatida 3ta jadvaldan tashkil topgan oddiy ma’lumot bazasini qarab chiqamiz.

Tashkil qilish nuqtai nazaridan bu ma’lumot bazasi yomon loyixalanmagan. Lekin ba’zi masalarni echishda foydalanuvchini(menedjerni) mijoz va tovar identifikatorlari qiziqtirmaydi. Aniqrog‘ini aytganada, unga bitta jadval kerak bo‘ladi. Masalan bu jadval Sotish_taxlili (tovar, soni, narxi, mijoz). Bu jadvalni berilgan uchta jadvaldan quyidagi so‘rov yordamida hosil qilish mumkin.