hamda endokrin bezlarishshg sekret ishlab chiqaruvchi hujayralari, mushak, toqay,
suyak va biriktiruvchi to’qimalari turadi.
Nurlar ta'sirida qonda radiotoksinlar qosil bo’lishi va aylanishi oqibatida ularning
ichki a'zolar faoliyatini boshqara olmay qolishi yotadi.
Nurlanishning tashqi
belgilari (olimlar Ye. V. Gembisskiy va F. I. Komarov ko’zatishicha) ko’plab
omillarga bog’liq. bular -nur turlari (gamma, beta, neytron va b. q.), ularning
miqdori va quvvati, nurlovchi manbaning joylashishi (tashqi ma'lum masofadagi
manbadan va ichki - odam ichiga nurlovchi modda tushishidan), odam tanasiga
nurlarning bir tekis, notekis bir joyga yoki tananing ma'lum qismiga ta'sir etishi,
qancha vaqt ichida qay miqdorda nurlanishdan iborat.
Nur kasalligi
Nur kasalligi atom va vodorod bombasi portlagandan hosil bo’luvchi mexanik,
issiqlik va ionlovchi nurlanish ta'sirida yuzaga keladi. Shuningdek bu kasallik
yadro reaktorlari portlab ketganda, davolash maqsadida organizm nurlatilganda
ham ko’zatilishi mumkin. Atom bombasi portlaganda portlash to’lqini, issiqlik va
ionlovchi nurlanish hosil bo’ladi. Bombaning qanchalik quvvatli ekanligiga qarab,
ta'sir maydoni ham shunchalik katta bo’ladi. Bir kilotonnadan bir megatonnagacha
quvvatli bombalarning ta'sir maydoni farqi portlash to’lqini ko’lami hisobida 8 dan
33 kilometrgacha, issiqlik ta'siri 6 dan 30 kilometrgacha masofani va ionlovchi
nurlar ta'sir ko’lami 3 dan 6 kilometrni tashkil etadi. Bomba portlaganda hosil
bo’luvchi ionlovchi nurlar tashqaridan gamma
nurlar va neytronlar oqimi
ko’rinishida ta'sir etadi. Shuni unutmaslik kerakki, o’rta va yirik atom bombalar
portlaganda ko’proq aralash ta'sir nurlar, issiqlik va portlash to’lqini ta'siridagi
aralash jarohatlar olish ko’zatiladi. O’tkir nurlanish bilan bir qatorda kuyish va
yarador bo’lish kuzatiladi. Kichikroq bombalar portlaganda esa asosan nur
kasalligining har xil ko’rinishlari asosiy o’rin egallaydi.
O’tkir va surunkali nur kasalligi atom bombasi portlagan paytda ham, bomba
portlashidan hosil bo’lgan nurlovchi bulut ta'sirida ham yo’zaga kelishi mumkin.
Atom reaktorlari portlashi natijasidagi nurlanish paytida tana va a'zolarga manba
yaqinligi, tananinq ayrim joylari shu atrofdagi narsalar bilan tasodifan himoyalanib
qolishi tufayli, nur tanaga bir tekis ta'sir etmaydi.
Nur kasalligi oqirligi va
kechishiga o’ura o’tkir va surunkali bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: