Dedline pdf



Yüklə 149,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix12.05.2023
ölçüsü149,69 Kb.
#112344
1   2   3   4   5
dedline-1

Surunkali nur kasalligi
Surunkali nur kasalligi. O’tkir nur kasalligidan farq qilgan holda surunkali nur
xastaligi odam tanasiga nurning uzoq vaqt ta'sir etishidan kelib chiqadi. Surunkaln
nur kasalligi harbiy holatlarda ham, nur bilan ishlovchilar ehtiyot choralarini
ko’rmaganlarida ham kelib chiqishi mumkin.
Kasallik belgilari. Surunkali nur kasalligi belgilari nurning miqdoriga, uning
tanada qay tarzda tarqalganiga va inson organizmining nurlar ta'siriga naqadar
sezgirligiga bog’liq. Shu munosabat bilan hozirgi paytda surunkali nurlanish
nurning organizmga ta'siriga kura uch davrga bulinadi.
Birinchi davr nurning tanaga uzoq vaqt mobaynida bir xil ta'sir o’tishi bilan
ifodalanadi.
Ikkinchi davr nurning ham tashqaridan, ham odam ichiga tushib ta'sir etish
qollarini o’z ichiga olib, bunda nur aloqida bir a'zoga mahalliy ta'sir kursatishi
mumkin.
Uchinchi davr umumiy va mahalliy nurlanishlardan iborat turlarni ua o’z ichiga
oladi.
Surunkali nur kasallignda tanadan o’tgan nur miqdori bilan kasallikning nechoqli
og’ir o’tishi o’rtasidagi munosabat aniqlanmagan. Taxminan 1-1,5 grey nur olgan
odamda xastalik belgilari yaqqol sezilmasa, 4-5 grey nur olgan bemorlarda nur


kasalligining og’ir kechishi ko’zatiladi, degan fikrlar mavjud. Surunkali nur
kasalligi bemor umumiy ahvolining yomonlashuvi bilan boshlanadi.
Bunda: 1) vegetativ va markaziy asab majmuasidagi o’zgarishlar (uyqu bo’zilishi
va xotira pasayishi bilan kechadigan nevroz, ko’p terlash va h.k.
2) EKG da tishlar voltajining pasayyshi, qon bosimi tushib ketishi, bradikardiya
bilan kechadigan yurak va tomirlar yetishmovchiligi;
3) jigarning kattalashishi, teri va ko’z oining sarqayishi;
4) sochlar tukilishi, tirnoqlar yupqalashishi, terinikg qurishi va po’st tashlashi;
5) qon tarknbidagi o’zgarishlar;
6) teri osti va shilliq qavatlarga qon quyilishi ko’zatiladi.
Kasallikning yengil turida (I darajali surunkali nur kasalligi) yuqorida ko’rib
o’tilgan o’zgarishlarni ko’ramiz. Qon tarkibida leykositlar soni o’zgarib turadi.
Bunda leykositlar soni kamaya borib (3109/l gacha), neytrofillar ozayib,
limfochktlar soni oshishini ko’zatish mumkin. Kasallikning bu turi yengil kechib,
bemorlar ikkinchi oy oxiriga borib soqayib ketadilar. Kasallikning o’rtacha og’ir
turida ham kasallik belgilari xilma-xil bo’ladi. Asteniyaga xos belgilar va tomirlar
distoniyasidan tashqari, teri ostiga qon quyilishi, ichki a'zolar faoliyati bo’zilishi va
moddalar almashinuvi izdan chiqishini kurish mumknn. Qon tarkibidagi eritrositlar
(3,5-2Yu'2 l) va gemoglobin miqdori kamayadi. Leykositlar va trombositlar soni
ham keskin kamayib ketadi. Shu munosabat bilan bemorlar teri ostiga qon
quyilishi, milk, burundan, ayollar bachadonidan qon ketishidan shikoyat qiladilar.
Turli xil trofik o’zgarishlar yo’z berib, suyaklar zirqiraydi. Yurak sohasida og’riq
paydo bo’lib, yurak sekin ura boshlaydi (bradikardiya).
Kasallikni davolash va oldini olish. Kasallikning oldini olish uchun nur bilan
ishlanadigan joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur. Bunday joylarda
inson organizmiga ta'sir etishi mumkin bo’lgan nur miqdori nazorat etib borilishi
lozim. Kasallikka to’liq davo qilinishi zarur. Surunkali nur kasallygining yengil
turida quvvatga kirgizadigan va nerv faoliyatini yaxshilaydigan doridarmonlar
(jenshen, limonnik, eleuterokokk va boshqalar), vitaminlar, kichik trankvilizatorlar
tayinlanadi. Kasallikning o’rtacha og’ir turida yuqoridagi dori-darmonlardan
tashqari, markaziy nerv sistemasi faoliyatini yaxshilovchi, qon va leykositlar ishlab
chiqarilishini maromga soluvchi, qon quyulishini to’xtatuvchi dorilar, antibiotiklar,
qon va uning tarkibiy qismlari qo’llanadi. Surunkali nur kasalligining og’ir turiga
uzoq vaqt chidam va qat'iylik bilan davo qilish zarur. Bunda asosiy e'tibor qon
holatini yaxshilashga (eritrositlar, leykositlar va trombositlarni qonga yuborish),.
yuqumli asoratlarga qarshi kurashga (bakteriyalarga qiron keltiruvchi dorilar,
gammaglobulin va b. q.) qaratiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOT

1. Lisichkin V.A., Shelepin L.A., Boev B.V. Sivilizatsiyaning pasayishi yoki
noosfera tomon harakatlanishi (turli rakurslardan ekologiya). M.; ITs-
Garant, 1997. 352 b.

2. Miller T. Atrof muhitdagi hayot / Per. ingliz tilidan. 3 jildda T.1. M., 
1993; T.2. M., 1994 yil.

3. Nebel B. Atrof-muhit fanlari: Dunyo qanday ishlaydi. 2 jildda / boshiga. 
ingliz tilidan. T. 2. M., 1993 yil.

4. Pronin M. Qo'rqing! Kimyo va hayot. 1992 yil. 4-son. S. 58.

5. Revell P., Revell Ch. Bizning yashash muhitimiz. 4 kitobda. Kitob. 3.

Yüklə 149,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin