Дефектология факультети бакалавр даражасини олиш учун


 Oila- bolani ma’naviy-ahloqiy shakllanishidagi ijtimoiy institut



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix18.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#99619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1.1 Oila- bolani ma’naviy-ahloqiy shakllanishidagi ijtimoiy institut 
sifatida 
Oila bola shaxsini shakllanishida ma‘naviy-ahloqiy muhit bо‗lgan va bо‗lib 
kelmoqda, shuningdek, xalqning ijtimoiy shakllanishiga javob beradigan bosh 
ijtimoiy institutdir. Ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi, ilmiy-texnikaning 
rivojlanishi va urbanizatsiyaning ta‘siri natijasi oila pedagogikasining bola 
tarbiyasidagi rolini kamayishiga olib kelmoqda. Ammo, bola shaxsini 
shakllanishida oilaning tarbiyaviy funksiyasi о‗zining ta‘sirini yо‗qotgani yо‗q 
4

Oilani tarixiy jihatdan kichik ijtimoiy guruxni tashkil etuvchi sifatida kо‗rib, 
uning a‘zolari nikoh yoki qarindoshlik aloqalari bilan bog‗langan, hayot tarzi 
umumiy bо‗lgan, о‗zaro ma‘naviy javobgarlikka ega zveno deb qaraladi
5

Halq 
tomonidan 
yaratilgan,qomusiy 
ahamityaga 
ega 
bо‗lgan 
―Pandnoma‖lar, buyuk allomalardan Abu Rayxon Beruniy, Imom Al-Buxoriy, At-
Termiziy, Amir Temur, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Muxammad Zaxriddin 
Bobur, Mirzo Ulug‗bek, Axmad Donish, Abu Ali ibn Sino, Al Forobiy, Abdulla 
Avloniy va boshqa о‗nlab buyuk shoir va mutaffakirlar maktab va oilada bolani 
xush-xulq, ahloqiy va har tomonlama kamol topgan qilib tarbiyalash haqidagi 
qarashlari о‗ziga xos xususiyatlarga ega bо‗lib, о‗zining alohidaligi bilan ajralib 
turadi. 
Abu Ali ibn Sino о‗zining pedagogik qarashlarida jamoadan, jamiyatdan 
ajralib tarbiya topgan bolaning baxtsiz bо‗lib qolishini ta‘kidlaydi
6

4
Васильева, А.К. Структура семи. // А.К. Васильева М.: Педагогика, 1988. – 164с. 
5
Аркин Е.А. Родителям о воспитании. // Е.А. Аркин М.: Просвешение, 1997. – 204с. 
6
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Tabobat va meditsina haqida.  ZiyonET 



Jumladan, Abu Nasr Forobiy har bir kishining baxt-saodatga erishishida 
yolg‗iz о‗zi emas, balki kо‗plab kishilarning birgalikdagi sa‘i-harakati, odamlar 
faoliyati, bu davlatda yashovchi insonparvar,insonga muhabbatni, yuksak ahloqiy 
kishilar ta‘sirida bо‗lishga intilish kerakligini kо‗rsatgan.
Musurmonova O.zamonaviy milliy pedagogikada kо‗rib о‗tilayotgan 
masalaning dolzarbligiga alohida ahamitya qaratgan holda, yangi tug‗ilgan bolaga 
ham xuddi nihol kabi parvarish zarurligini, pedagogik g‗oyaning tub mohiyati oila 
tarbiyasini tо‗g‗ri yо‗lga qо‗yish, mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish bilan 
bog‗liqligini ta‘kidlab, quyidagicha xulosalaydi: ―Oila tarbiyasida hikmat (falsafiy-
pedagogik yо‗nalishlar) kо‗p‖
7

Har bir ota-onaning bola tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi ilmiy-pedagogik 
bilimlarni takomillashtirish davssasasir taqozosi ekanligi, bunday dolzarb, 
murakkab ish maktabgacha tarbiya muassasasi hamda oila hamkorligida amalga 
oshiriluvchi yagona, yaxlit tarbiya tizimi mavjud bо‗lgandagina ijobiy natija
berishini kо‗rsatib о‗tadi. 
Sharipova D.J. nogiron bolalarga qonunchilikda belgilangan kafolotlarni 
tо‗laqonli yetkazish, tibbiy-ijtimoiy ishlarni keng kо‗lamda о‗tkazish, ularni 
kelajak hayotga, jamiyatga moslashtirish va о‗z о‗rinlarini topishlarida yordam 
berish hozirgi kundagi dolzarb muammolarligidan biri ekanligini alohida qayd 
etadi.
Oila bolaga bо‗lgan ta‘sirining chuqur о‗ziga xosligi uchun bolani 
tarbiyalashda asosiy omil bо‗lib xizmat qiladi. Oilaning ishtirokisiz 
tarbiyalanayotgan bolalar oilada tarbiyalanayotgan bolalarga qaraganda u yoki bu 
tomondan rivojlanishdan orqada qoladilar.
Oilada tarbiyalashning zaruriyati quyidagilar bilan asoslanadi:
1. Oilada tarbiyalash boshqa tarbiyalarga qaraganda ancha hissiy gabо‗lib, 
uning ―о‗tkazuchi yо‗li‖ ota-onalarning farzandlariga bо‗lgan sevgisi va 
7
Farzand aziz, ona - mо‗tabar: Tо‗plam /Tahrir hay‘ati: V.Karimova, O.Musurmonova, X.Sultonov va boshq.-
Toshkent: О‗zbekiston, 2001.-204 b. 


10 
bolalarining ota-onalariga bо‗lgan javob hislari (bog‗langanlik, ishonch) bilan 
ajralib turadi.
2. Bola, ayniqsa ilk yoshda boshqa ta‘sirlarga qaraganda oilaning ta‘siriga 
moyil bо‗ladi. 
Z. Oila kichik guruxni, о‗ziga xos ijtimoiy mikrokosmni tashkil etib bolani 
ijtimoiy hayotga asta-sekin yо‗naltirish va uning dunyoqarashi va tajribasini 
oshirishga bо‗lgan talablarga javob beradi.
4. Shu bilan birgalikda oila bir xil bо‗lmagan, differensirlashgan ijtimoiy 
gurux bо‗lib, unda turli yoshdagi, turli jinsdagi , hatto turli kasbiy tizimlar 
yotadigan ijtimoiy guruxdir. Bu bolaga о‗zining hissiy va intellektual 
imkoniyatlarini faol namoyon etishga, ularni tezroq amalga oshirish imkonini 
beradi
8

Oila 
faqatgina 
bolalarnigina 
emas, 
balki 
kattalarning 
ham 
ijtimoiylashuvining muhim omili bо‗lib, unga insonning butun hayoti davomida
jismoniy, hissiy va ijtimoniy rivojlanishi bog‗liq bо‗ladi. Jismoniy rivojlanish 
oilaning mavjudligi va xarakteri bilan bog‗liq.
Hissiy rivojlanishda oiladagi muhim va munosabatlar muhim rol о‗ynab, u 
о‗zining a‘zolari uchun ―ekologik zona‖ hisoblanadi.
Ijtimoiy rivojlanish jarayonida oila ma‘qullashi, qо‗llab-quvvatlashi, 
e‘tiborsizligi yoki qoralashi bilan insonning ijtmoiy bog‗lanishiga ta‘sir qiladi, 
unga murakkab hayotiy vaziyatlarda yordam, yoki vaziyatdan chiqish yо‗lini 
izlashga, yangi ijtmoiy muhitga moslashuvida halaqit berishi mumkin 
9

Oilada tarbiya bola shaxsini ijtimoilashuvi uchun faqatgina jamoatning 
manfaatlariga emas, balki ota-onalarning ma‘naviy ta‘siriga, farzandlarning 
8
Ковалев, С.В. Психология современной семи. // С.В. Ковалев М.: Просвешение, 1988.- 342с. 
Маленкова, Л.И. Педагоги, родители и дети. // Маленкова Л.И. М.: Просвешение, 1994.- 474с. 
9
Гребенников, И.В. Основи семейной жизни. // И.В. Гребенников М.: Просвешение, 1991.- 276с. 


11 
qо‗llab-quvvatlash, himoyalanishga bо‗lgan manfaatlariga, ota –onalarning 
ma‘naviy yordamlariga imkon yaratadi. 
Oilaviy hayotda ijtimoiy-biologik, ahloqiy-xuquqiy, psixologik va estetik 
munosabatlar yotadi
10

Oilaning tarbiyaviy potensialini uning pedagogik imkoniyatlarini 
belgilovchi omillar va sharoitlar tashkil etadi. Oilaning tarbiyaviy potensiali 
komponetlari sifatida quyidagilarni kо‗rsatish mumkin: 
- oila a‘zolarining soni va tuzilishi; 
- oiladagi ahloqiy- psixologik muhit, oila a‘zolari о‗rtasidagi muloqotning 
xarakteri; 
- ota-onalarning hayotiy va kasbiy tajribasi, ularning ma‘lumoti darajasi va 
pedagogik madaniyati;
- oiladagi vazifalarning taqsimlanganligi (tarbiyaviy vazifalarning ham);
- oiladagi moddiy va maishiy sharoit;
- oilada dam olishning iashkil etilishi, oilaviy an‘analarning mavjudligi
11

- oilaning maktab va boshqa ijtimoiy institutlar bilan о‗zaro aloqasi.
Bolaning tarbiyasida oiladagi ahloqiy-psixologik muhit, avlodlar bilan va 
er-xotin о‗rtasidagi munosabatlar yetakchi rol о‗ynaydi. Rus pedagogi V. A. 
Suxomlinskiyning kо‗rsatishicha,bolaning tarbiyasidagi asosiy maktab – bu er va 
xotinning, ota va onaning о‗zaro munosabatlaridir. «Bolalarni tarbiyalash bu 
alohida kuchlarni, ma‘naviy kuchlarni berishdir. Insonni biz sevgi bilan, otaning 
onaga, onaning otaga bо‗lgan sevgisi, xurmati orqali dunyoga keltiramiz. Ota va 
onasi bir –birini hurmat qilgan shuningdek odamlarni sevgan va hurmat qilgan 
sevgan oilalarda tarbiyali bolalar ulg‗ayadi»
12

Oila pedagogikasining muhim va ajralmas qismi bu ota-onalarning 
farzandlarini sevishidir. Ayniqcha ilk yoshlarida ota-onalarning farzandlariga 
10
Плотниекс, Н.Э. Психология в семье. // Н.Э. Плотниекс М.: Просвещение, 1991. – 325с. 
11
Ковалев, С.В. Психология современной семьи. // С.В. Ковалев М.: Просвещение, 1988.- 342с. 
Плотниекс, Н.Э. Психология в семье. // Н.Э. Плотниекс М.: Просвещение, 1991. – 325с. 
12
Кравцов, Г.Г. Личность формируется в семье. Г.Г. Кравцов Дошкольное воспитание, 1991. - № 2.-С.12-17. 


12 
bо‗lgan sevgisi, e‘tibori bо‗lmagan oilalardagi bolalarda о‗smirlik yoshga kelib 
nevrotik о‗zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Bolaning tо‗laqonli rivojlanishi 
uchun ham otaning ham onanining farzandga bо‗lgan sevgisi zarur.
Oiladagi bо‗sh vaqt sferasi eng avvalo bolaning tarbiyasi, oila a‘zolarining 
ma‘naviy rivojlanishi, ularning kelajakdagi mehnat faoliyatiga psixik va jismoniy 
tayyorgarligi uchun sharoit yaratadi. Oiladagi avlodlar о‗rtasidagi muloqot, 
munosabatlar (otaonalar-farzandlar, buvi va buvalar- nabiralar) tarbiyaviy xarakter 
tusini oladi vabshsh vaitlarini shunga qartishni nazarda tutadi
13
[19, 37-38].
Oilada bо‗sh vaqtni tashkil etishda bir oila a‘zosining manfaatlarini, 
qiziqishlarini oilaning boshqa a‘zolari qiziqishlariga ham tо‗g‗ri kelishini, ya‘ni 
ma‘lum bir psixologik kelishuvni e‘tiborga olish lozim. Oilaviy bо‗sh vaqt undagi 
qarama-qarshiliklar va muammolarni ochadi, bu muammolar boshqa faoliyat 
doiralarida keyinga planga surilishi mumkin. Bunday muammolar (obyektiv va 
suyektiv) er-xotinning individual xususiyatlari, oila qadriyat sifatida qarashga 
bо‗lgan psixologik ustanovkalari bilan bog‗liq bо‗ladi. Bо‗sh vaqtlardagi muloqot 
oilaning bir qator funksiflarini samarali amalga oshirishga imkon yaratadi [19, 81] 
Oilada bola tarbiyasining samaraliligi unga ota-onalar va pedagoglar 
tomonidan qо‗yiladigan talablarning birligiga bog‗liq bо‗ladi.
13
Маленкова, Л.И. Педагоги, родители и дети. // Маленкова Л.И. М.: Просвещение, 1994.- 474с



13 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin