Topshiriq: Begona o’tlarni gerbariy, stend, plakatlar yordamida biologik gruhlarga ajratish va ularni tavsifini berish.
Begona o’tlarning ta’rifi 1. Ishning maqsadi.Begona o’tlarga ta’rif. Begona o’tlarning zarari. Begona o’tlarning klassifikasiyasi. Poya va ildiz parazitlari. Yarimparazitlar.
2. Mashg’ulot mazmuni.Begona o’tlar va ularning dehqonchilikka keltiradigan zarari Inson tomonidan ekilmaydigan, ammo ekinlar orasida o’sadigan va ularga zarar keltiradigan o’simliklar begona o’tlar deyiladi.
Tabiatda o’zi o’sadigan, rivojlanadigan, ko’payadigan va tarqaladigan o’simliklar yovvoyi o’tlar yoki yovvoyi o’simliklar deb ataladi. Ayrim madaniy ekinlar orasida boshqa bir madaniy o’simlik turi ham bo’ladi. U mazkur ekinni ifloslantiruvchi begona o’t hisoblanadi. Masalan: kuzgi bug’doy orasida javdar yoki arpa, bahori arpa orasida suli va h.k.
Uzoq tabiiy tanlanish asosida ba’zi bir begona o’tlar u yoki bu ekinlar orasida o’sishga moslashib ketgan. Bunday begona o’tlar moslashgan begona o’tlar deyiladi. Masalan: yaltirbosh faqat kuzgi javdar; beda orasida beda zarpechagi; kurmak esa sholi orasida o’sishga moslashgan.
Begona o’tlar keltiradigan zarar, asosan ekinlar hosilining kamayib ketishida ifodalanadi. Ular:
Tuproq unumdorligini pasaytiradi (tuproqning haydalma qatlamida ildiz sistemasini rivojlantirib, ekinlar oladigan yorug’lik, namlik hamda oziq moddalarga sherik bo’ladi);
qishloq xo’jalik ishlarini mexanizasiyalashtirish, qishloq xo’jalik maxsulotlarini etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasida qiyinchilik tug’diradi (kombaynning ish organlarini sindiradi, plugning zararlanishiga sabab bo’ladi; g’umay, ajriq, qizilmiya, yantoq va boshqalar haydash sifatini pasaytiradi);
ekinlarni soyalab qo’yadi;
g’alla ekinlarini yotqizib qo’yadi (masalan, qo’ypechak va toron);
kasallik va zararli hashoratlarning tarqalishiga sabab bo’ladi (yovvoyi turp, rango’t va boshqalar karam kili, un shudring zamburug’larini tarqatuvchi, bug’doyiq esa g’alla zangi va boshqa zamburug’ kasalliklarining rivojlanish manbai hisoblanadi);
6) hayvonlarni zaharlaydi (akonit, bangidevona, mingdevona, tuyaqorin, g’umay, yosh vaqtida urug’ida hamda vegetativ organlarida zaharli moddalar saqlovchi boshqa o’simliklar).