Yarim parazit begona o’tlar Bu begona o’tlar Markaziy Osiyo davlatlarida tarqalmagan bo’lib, asosan Yevropada, Rossiyada: katta pogremok (Alectorolophus major), zubchatka (Odontites rubra), ochanka (Euphrasia montana) uchraydi.
4. Talabalar uchun topshiriqlar. Begona o’tlarni gerbariy, stend, plakatlar yordamida biologik guruhlarga ajratish va ularni tavsifini berish.
5. Har xil turdagi kerakli jihoz va uskunalar.Gerbariylar, stendlar, plakatlar
6. Nazorat savollari. 1.Begona o’tlar deb nimaga aytiladi?
2. Begona o’tlarning dehqonchilikka keltiradigan zararlari qanday?
3. Parazit (tekinxo’r) va noparazit begona o’tlarni bir-biridan farqi va biologik xususiyatlari to’g’risida tushuncha bering?
10 Modulu:Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligini hisobga olish
Topshiriq: 1. Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligini hisobga olish mavzusini o’qib, o’zlashtirib yozib oling.
2. Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligini hisobga olish uchun kichik gruhlarga bo’linib, qo’llanmada berilgan tartib bo’yicha Kalentev burg’usi yordamida o’quv tajriba maydonchasidan tuproq namunalari olinib tajribani bajaring va olingan ma’lumotlarni berilgan jadvallarga yozing.
3. Har bir kichik gruhlar ish natijasiga ko’ra xulosa qiladilar.
Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligini hisobga olish 1. Mashg’ulot maqsadi. Yovvoyi o’simliklarning serurug’ligi, urug’larni unuvchanligini uzoq muddat davomida saqlashi, har xil muddatlarda unib chiqishi. Yovvoyi o’simliklar urug’lari va vegetativ organlarini tarqalish xususiyatlari hamda moslamalari. Yovoyi o’simliklar bilan ifloslanganlikni aniklash.
2. Mashg’ulot mazmuni. Ekinlar orasidagi begona o’tlarni hisobga olishdan tashqari, tuproqning ular urug’i bilan ifloslanganligini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda tuproq namunalari tekshiriladi.
Tuproqni ifloslantiruvchi begona o’tlarning tur tarkibini va miqdorini bilish dalalarning tozaligi uchun kurash tadbirlarini tanlashni yengillashtiradi. Amaliy maqsadlar uchun ifloslanganlikni ekinni yig’ishtirib olish vaqtida hisobga olish ma’qul. Bu – begona o’tlarning to’kilgan urug’i sonini hisobga olish va shu kuzning o’zida tuproqni begona o’tlardan tozalashning zarur tadbirlarini belgilashga imkon beradi.
Shumg’iya va zarpechak urug’i topilgan uchastkalarga parazit begona o’tlardan zararlanmaydigan ekinlar ekish zarur.