«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə142/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

m = 100 hd(β m.dns - a)K

Bu yerda:


m – sug’orish me’yori, m3/ga
h – tuproqni namlantirish chuqurligi, m
d – tuproqning zichligi, t/m3
βm.dns – tuproqning maksimal dala nam sig’imi, %
a – tuproqni sug’orishdan oldingi haqiqiy namligi, %
K – koeffisent 1,1 ga teng ya’ni hisoblangan me’yorga 10 foiz suv qo’shib berilishini ta’minlovchi koeffisent.

Masala 3. Hisobiy tuproq qatlami qalinligi 1 m tuproq zichligi 1,42 t/m3 tuproqning maksimal dala nam sig’imi 22,0%, tuproq sug’orishdan oldingi namligi 16% ga teng bo’lsa g’o’zani sug’orish me’yorini hisoblab toping.


Masala 4. G’o’zaning gullash fazasida tuproqni namlantirish chuqurligi 0,8m tuproqning zichligi 1,24 t/m3 maksimal dala nam sig’imi – 25,1% va tuproqning sug’orishdan oldingi namligi 15,3% bo’lsa, sug’orish me’yorini hisoblab toping.


Berilgan sug’orish me’yori necha kunga yetishini quyidagi ifoda bo’yicha hisoblab topish mumkin.
T = m/V
Bu yerda:
T – sug’orish me’yorini sarflanish davri, kun
m – sug’orish me’yori, m3/ga
V- o’rtacha kunlik suv sarfi, , m3/kun
Masala 5. Sizot suvlar sathi 3,5 m dan pastda bo’lib, g’o’zani shonalash fazasidagi kunlik o’rtacha suv sarfi 35-46 m3/ga, gullash, ko’sak tugish davrida esa 70-75 m3/ga va pishish davrida 23-46 m3/ga, sug’orish me’yorlari, tegishli ravishda 900, 1100 va 800 m3/ga teng bo’lsa, sug’orishlar orasidagi davrlarni toping.
16 Modul: Xo’jalik suvdan foydalanish rejasini tuzish (4-soat)


Mashg’ulotning maqsadi: Sug’orish suvlaridan samarali foydalangan holda ekinlarni uzluksiz ravishda suv bilan taminlash uchun dekadalik, oylik, mavsumiy va yillik rejalar tuzishni o’rganish ishning maqsadi hisoblanadi.


Mashg’ulotning mazmuni: Suvdan foydalanish rejasi xo’jalik umumiy ishlab chiqarishrejasining ajralmas qismi hisoblanadi va u quyidagi maqsadlarda tuziladi.

  1. Masshtabi 1: 10000 bo’lgan xo’jalik yer uchastkasi xaritasi, busnda dalalarning almashlab ekish chegarasi va brigadalarning ekin maydoni ko’rsatilgan bo’lishi kerak;

  2. Ekinlar buyicha rejada belgilangan sug’orish maydonlari;

  3. Ekinlarni sug’orish rejimi (sug’orish soni, meyori, muddatlari) u mahalliy sharoitga mos bo’lishi kerak;

  4. Tuproq, sizot suvlari shuningdek sug’orish tarmoqlarining tafsiloti (uzunligi, f.i.k., suv o’tkazish quvvati) to’g’risida malumotlar.

Xo’jalik sharoitida suvdan foydalanish rejasi brigadalar buyicha sug’orish mavsumining har oyi uchun besh kunlik va un kunlikka mo’ljallab tuziladi. Ana shular asosida brigadalarda sug’orish va ekin qator oralariga ishlov berish taqvimiy rejasi tuziladi, so’ngra xo’jalik azolarining umumiy yig’ilishida tasdiqlanadi. Reja suvdan foydalanish uchun rasmiy hujjat bo’lib hizmat qiladi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin