«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Almashlab ekishni tuproq unumdorligiga ta’siri hamda almashlab ekish rotasiyasi va tizimlari



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə58/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

3. Almashlab ekishni tuproq unumdorligiga ta’siri hamda almashlab ekish rotasiyasi va tizimlari.
Almashlab ekishda o’tmishdosh ekin muhim ahamiyatga ega. O’tmishdosh ekin deb, muayyan dalada oldingi yillarda ekilgan ekin turlariga aytiladi.
Sug’oriladigan yerlarda barcha ekinlar uchun beda eng yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Beda o’simligi katta agrotexnik va xo’jalik ahamiyatiga ega.
1.Tuproqning fizik xususiyatlarini yaxshilaydi, donador holatga aylantiradi, chunki uning ildiz tizimi kuchli rivojlangan.
2.Serbargliligi, tuproq yuzasini Quyosh qizdirishidan saqlab, butun o’suv davrida tuproq yuzasiga tuzlarning ko’tarilishini to’xtatadi, bu jihatdan meliorativ tadbirni o’tkazdi.
3.Yer osti suvlari sathining pasayishiga olib keladi, chunki bu o’simlik massasi orqali gektariga 12-15 ming m3 suv bug’lantiradi, biologik drenaj rolini uynaydi, zaharli tuzlar kamayadi.
4.Ildizda tugunak bakteriyalar rivojlanib azot to’plasa, ildiz qoldig’ida ham 2-2,5% gacha azot to’playdi. Ikkalasi hisobiga har gektarida 500-600 kg gacha azot to’plashi mumkin.
5.Bedapoyada gumus miqdori ko’payadi, 3-yillik bedapoyaning 20-25 sm da 8-15 t/gacha gumus ko’payadi. Bu hisobda tuproqning barcha xossalari, ayniqsa suv balansi yaxshilanadi.
6.Beda ildizi chirishi bilan tuproqda harakatchan fofor miqdori oshadi.
7.Beda vilt va boshqa kasalliklarni kamaytiradi.
8.Beda mineral o’g’itlarning samaradorligini oshiradi.
9.Beda yuqori mahsuldorli yem-xashak ekinidir. U oqsil va karotinga boydir.
Lalmikor sharoitda esa toza shudgor yaxshi o’tmishdoshdir.
Shu narsalarni etiborga olib, paxtachilik xo’jaliklarida almashlab ekishning 10,9,8 dalali yani 3:7, 3:6,3:5 tizimlari qo’llanib kelindi (birinchi raqam beda, ikkinchi raqam g’o’za). Bunda g’o’zaning o’zaro salmog’i 70-66,7-62,5% ga tengdir.
Almashlab ekishning sxemasini belgilovchi omil, avvalo, xo’jalikning yo’nalishi va tuproqning sho’rlanish darajasi belgilasa, tuproq va shamol eroziyasi va maydonni kasallanish darajasini ham belgilaydi.
G’o’za vilt bilan kasallangan maydonlarda almashlab ekishning bo’laklangan 2:4:1:3, 2:4:1:2, 2:3:1:2 tizimlari tavsiya etildi (birinchi raqam-beda, ikkinchi raqam- g’o’za, uchinchi raqam-don yoki yem-xashak ekinlari, to’rtinchi raqam- g’o’za). Bedani birinchi yili don ekinlari, makkajo’xori, bilan aralashtirib ekish tavsiya etiladi.
Meliorativ jihatdan noqulay bo’lgan yerlarda 1:3:4; 1:3:5; shamol eroziyasi yoki qumli tuproqlarda 3:3; 3:4; 3:3:1 tizimlari qo’llanilgani maqul.
Dehqonchilikda tuproq unumdorligiga qarab almashlab ekishning hozirgi vaqtda tavsiya etilayetgan 8-dalali (3:4:1) va 6-dalali (2:3:1) sxemalarining rotasiyalarini keltiramiz (14-15 jadvallar).
14-jadval
Paxta-beda-don almashlab ekishning 8-dalali tizimi.



1

2

3

4

5

6

7

8

1

B+D

B

B

P

P

P

P

D

2

B

B

P

P

P

P

D

B+D

3

B

P

P

P

P

D

B+D

B

4

P

P

P

P

D

B+D

B

B

5

P

P

P

D

B+D

B

B

P

6

P

P

D

B+D

B

B

P

P

7

P

D

B+D

B

B

P

P

P

8

D

B+D

B

B

P

P

P

P

Bu tizimda beda 27,5%, paxta-50%, don 12,5% tashkil etadi. Bu yerda don yig’ishtirib olingach takroriy ekinlarni ekish ko’zda tutiladi.
15-jadval
Paxta-beda-don almashlab ekishning 6-dalali tizimi.



1

2

3

4

5

6

1

B+D

B

P

P

P

D

2

B

P

P

P

D

B+D

3

P

P

P

D

B+D

B

4

P

P

D

B+D

B

P

5

P

D

B+D

B

P

P

6

D

B+D

B

P

P

P

Paxta-50%, beda-33,3%, don-16,7%
Bu tizimlarning ikkalasi ham ko’proq sho’rlangan, sho’rlanishga moyil bo’lgan yerlarga mos keladi, g’o’za bir maydonda 3-4 yildan ortiqroq eqilmaydi, tuproqning fizik, ximik xususiyatlarining pasayish holatlari kuzatilmaydi.
Paxta-g’alla almashlab ekish tizimi qo’yidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin (16-17 jadval).
16-jadval
Paxta-g’alla almashlab ekishning 3-dalali tizimi



1

2

3

1

G’

P

P

2

P

P

G’

3

P

G’

P

Paxta-66,7%, G’alla 33,3%.

17-jadvali


Paxta-g’alla almashlab ekishning 4-dalali tizimi



1

2

3

4

1

G’

P

P

P

2

P

P

P

G’

3

P

P

G’

P

4

P

G’

P

P

Paxta-75%, G’alla-25%.
Shu narsani qayd etmoq kerakki, paxta-g’alla almashlab ekishda paxta-beda-don almashlab ekishga nisbatan paxtaning umumiy salmog’i birmuncha baland bo’lganligi uchun ham undan olinadigan yalpi paxta mahsuloti ham (100 gektarga nisbatan) yuqori bo’ladi. Bu esa uning iktisodiy tomondan yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Lekin, tuproqning unumdorligini saqlab qolish tadbirlarini ko’rishni ham taqoza etadi.
Almashlab ekishni qo’llash uchun yer massivi malum sondagi dalalarga bo’linadi va shu uchastkada yetishtirilayetgan ekinlar har bir dalaga navbat bilan ekiladi.
Ekinlarni tartib bilan, belgilangan sxemada har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqt almashlab ekish rotasiyasi yoki rotasiya davri deyiladi. Rotasiya davri dalalar soniga teng bo’ladi. Ekinlarni rotasiya davrida yillar va dalalar bo’yicha joylashtirish rejasi rotasiya jadvali deyiladi. Ekinlar guruhining ruyxati va ularning navbatlanishi almashlab ekish tizimi (sxemasi) deyiladi. Masalan 3:7 (3 dala beda, 7 dala paxta). Almashlab ekishda ekinlar har yili yoki bir necha yilda almashinishi mumkin. Masalan, 10 dalali 3:7 tizimdagi g’o’za-beda almashlab ekishda g’o’za bitta dalada 7 yil o’stiriladi, beda esa 3 yil, 10 dalali 1:2:1:2:1:3 tizimidagi g’o’za-don almashlab ekishda g’o’za bitta dalada 2-3 yil, don esa bir yil ekiladi yoki 1:3 g’o’za-don almashlab ekishda g’o’za-bitta dalada 3 yil, don bir yil ekiladi.

Almashlab ekishda, ekinlar yillar davomida dalalar bo’icha yuqori agrotexnik sharoitda tuproq unumdorligini yaxshilash va ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida to’g’ri navbatlab ekiladi. Almashlab ekishda olinadigan mahsulotlarning turiga qarab dala, yem-xashak va maxsus turlarga bo’linadi va ular tuproqni fizik xususiyatlarini yaxshilaydi, yer osti suvlarini sathini pasaytirib tuproqlarni sho’rlanishini oldini oladi, har xil kasallik va zararkunandalarni yo’qotadi, ko’plab organik massa qoldirib, tuproq unumdorligini oshiradi hamda undan keyin ekiladigan ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta’minlaydi.

1.Almashlab ekish deb nimaga aytiladi va uning ahamiyati qanday?
2.Almashlab ekishning qanday tiplarini bilasiz?
3.Dehqonchilikda a.e. qanday turlari qo’llaniladi?
4.Sabzavotchilikda qanday almashlab ekish tizimlari qo’llaniladi?
5.Paxtachilikda qo’llaniladigan a.e. tizimlari qanday?
6. A.E. dalasidagi bedaning qanday agrotexnik va xo’jalik ahamiyati bor?
7. Almashlab ekish rotasiyasi nima va uni izohlab bering?
5.Almashlab ekish tizimi deganda nimani tushinasiz va a.e. ni qanday tizimlarini bilasiz?




Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin