«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


-modul Tuproq agregatlarining suvga chidamliligini N.I. Savvinov usulida aniqlash.4-soat



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə98/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

1-modul Tuproq agregatlarining suvga chidamliligini N.I. Savvinov usulida aniqlash.4-soat


1. Mashg’ulot maqsadi. Tuproq strukturasi, strukturaviy holati va uning unumdorlikka ta’siri, tuproqning suv ta’siriga chidamligi va uning mustahkamligi, kyesakchalarning o’lchamiga ko’ra gruhlarga bo’linishi, tuproq strukturasining mexanik, fizik-kimyoviy va biologik omillar ta’sirida buzilishi, tuproq strukturasini tiklash yo’llari hamda tuproq agregatlarining suvga chidamliligini N.I.Savvinov usulida aniqlash.
2. Mashg’ulot mazmuni. Tuproq o’simliklar hayoti uchun zarur bo’lgan oziq moddalar va suv manbai hisoblanadi. Uning strukturaviy holati unumdorligiga ta’sir etadigan muhim omillardan biridir.
Tuproqning mexanikaviy elementlari bir-biri bilan yopishib, har xil o’lcham va shakldagi kyesakchalar (agregatlar) hosil qiladi. Uning mexanikaviy elementlardan agregatlar hosil qilish xossasi struktura hosil qilish xususiyati deb ataladi. Tuproqshunoslikda tuproqning strukturasi deyilganda, uning har xil shakl va kattalikdagi tuproq agregatlariga (kyesakchalariga) ajralib ketish xususiyati tushuniladi. Agronomiya nuqtai nazaridan qaraganda esa, suvda yuvilib ketmaydigan, ya’ni mustahkam bo’lgan kyesakchalargina eng yaxshi hisoblanadi. Bunday kyesakchalar suvga chidamli, ulardan tashkil topgan tuproq esa mustahkam strukturali tuproq deyiladi. Strukturasiz tuproqlar suv ta’sirida oson uvalanib ketadigan kyesakchalardan tuzilgan bo’ladi.
Kyesakchalarning yirik-maydaligiga qarab, tuproq qo’yidagi turlarga bo’linadi:
- diametri 10 mmdan katta kyesakchalar – palaxsa-palaxsa strukturali;
- diametri 0,25 dan 10 mm gacha bo’lgan kyesakchalar makrostrukturali;
- diametri 0,01 dan 0,25 mm gacha bo’lgan kyesakchalar dag’al mikrostrukturali;
- diametri 0,01 mm dan kichik kyesakchalar – nozik mikrostrukturali.
O’lchami 1 mm dan 3 mm gacha bo’lgan kyesakchalar agronomiya jihatdan suvga chidamli eng yaxshi kyesakcha deb qabul qilingan.
Mustahkam strukturali tuproqda nokapillyar kovaklar hajmi katta bo’lganligidan yog’in-sochin va sug’orish suvlarining hammasi singib ketadi hamda yaxshi saqlanadi, mayda zarrachali tuproqqa qaraganda unda havo almashinuvi ancha yaxshi boradi. Strukturali tuproqda suv va havo yetarli bo’lishi natijasida mikroorganizmlarning yashashi uchun qulay sharoit vujudga keladi, tuproqda o’simliklar uchun zarur bo’lgan oziq moddalar to’planadi.
Tuproqda mustahkam struktura doimiy bo’lmaydi. U mexanikaviy, fizik-kimyoviy va biologik omillar ta’sirida buzilishi mumkin:
mexanikaviy omillar – dalalarda traktorlar, odamlar va hayvonlar yurishi, ish qurollari ta’siri;
fizik-kimyoviy omillar – yog’in-sochin suvlari va ular tarkibidagi ammoniy va vodorod ionlari ta’sirida chirindi singdirib olgan kalsiy va magniyning siqib chiqarilishi; tuproqqa suvni oqizib qo’yish va ayniqsa, bostirib sug’orishda suv siqib chiqargan havo ta’sirida tuproq kyesakchalarning uvalanishi;
biologik omillar - ayerob bakteriyalar ta’sirida tuproq kyesakchalarini yopishtirib turuvchi chirindilarning parchalanishi natijasida tuproq mayda zarrachalarga ajralishi;
Tuproq strukturasini tiklash uchun almashlab ekishda bir yillik va ko’p yillik o’tlar ekish, shuningdek, yerga organik o’g’itlar solish zarur.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin