Pasient bilan verbal va noverbal muloqot. Bemor bilan munosabatda so’z orqali (verbal) va so’z yordamisiz (noverbal) muloqot ko’nikmalari mavjud.So’z orqali muloqot (verbal muloqot) o’zaro munosabatning asosiy ko’rinishidir ,bunda
quyidagilarga rioya qilishlik maqsadga muvofiq:
-Tushunarli tarzda so’zlang;
-So’z oxangingiz bosiq va mayin bo’lsin;
-O’rinsiz savollar bilan bemor g’ashini keltirmang;
-Zarurat bo’lganda bemorga tegishli mutaxassisni tavsiya eting;
-Bemorga zarurat paydo bo’lganda o’z telefon raqamlaringizni bering va telefon orqali so’zlashuvdan qochmang - bemorga tekshiruv natijalarini muntazam ravishda aytib turing;
-Punktual bo’ling (punctual (fransuzchadan) - nuqta ya'ni aniq saramjon sarishta va'dasini vaqtida bajaruvchi).
-Qabul vaqtiga kech qolsangiz bu xaqda telefon orqali ogoxlantiring;
-Davo ijobiy natija bermasa kerakli mutaxassisga yuboring;
-Zarur bo’lsa shifoxona (stasionar) da davolanish ni qat'iyan talab qiling.
Muloqotning ikkinchi kurinishi noverbaldir ya'ni so’z yordamisiz muloqot. Bunday muloqot asosan xatti- xarakat , imo -ishoralar bilan yuzaga keladi. Bunda:
-Mimikalarga ayniqsa noxush tuyg’uni ifodalovchi mimikalarga e'tibor qiling va ularni nazorat qiling;
-Vaziyat taqozosidan kelib chiqib eng ma'qul masofada turing;
-Gavdangizni bemorni tekshirish uchun va u bilan suxbatlashishga qulay xolatda tuting (kasalliklarning spesifik xususiyatlarini e'tiborga olgan xolda) juda uzoq masofada muloqot qilmang;
-Suxbat vaqtida erkinlik yarating, bemorni diqqat bilan tinglang, savollar va muloxazalar bilan chalg’itmang, shoshilmang;
-Bemordan nigoxingizni (ko’zlaringizni) olib qochmang;