3-ma`ruza: Turbo-Paskal muhitini o`rnatish va muhitda ishlash. Reja:
1. Turbo-Paskal muhitini o`rnatish;
2. Turbo-Paskal muhitining asosiy fayllari;
3. Turbo-Paskal muhitida ishlash.
1. Turbo-Paskal muhitini o`rnatish;
Turbo-Paskalning professional programmalash - 5.5 versiyasi (Turbo Pascal Professional) Borland International Inc firmasining bir nechta disketalarida beriladi. Shu disketalarning biri «INSTALL/COMPILER» deb nomlanadi va bu disketada INSTALL.EXE programmasi mavjud.
Turbo Paskalni o`rnatish nomi uchun yuqorida ta`kidlangan disketani diskovodga qo`yib, programmani ishga tushiriladi. Programma Sizdan bir necha savollarga javob berishni taklif qiladi:
qaysi diskovoddan Turbo Paskalni ishga tushirmoqchisiz?
Turbo Paskalni vinchesterga o`rnatasizmi?
qaysi kataloglarda Turbo Paskalning ishchi fayllarini joylashtirish lozim?
Agar Sizda etarli asos bo`lmasa, taklif qilingan katalog ismlari bilan chegaralangan ma`qul. Bu holda sizdan faqatgina, disk ismini o`zgartirish talab etiladi. SHundan so`ng, INSTALL.EXE programmasi o`zining ishini davom ettiradi va uning so`rovi bo`yicha navbat bilan, ko`rsatilgan nomli disketalarni diskovodga qo`yiladi. Natijada Turbo Paskal ishga tayyor holga keladi.
Faraz qilaylik, Turbo-Paskalni o`rnatishda odatdagi «S» diskning o`rniga «D» diskni tanladingiz, bu holda sistema quyidagi kataloglarda joylashdi:
D:\TP, D:\TP\BGI, D:\TP\DEMOS, D:\TP\DOC,
D:\TP\DOCDEMOS, D:\TP\TURBO3, D:\TP\TVDEMOS,
D:\TP\TVISION, D:\TP\UTILS
2. Turbo-Paskal muhitining asosiy fayllari Turbo Paskalning asosiy fayllari D:\TP\ katalogida joylashgan bo`lib, ular quytdagilardir:
Turbo.exe – programmani yaratish uchun lozim bo`lgan integrallashgan muhit (Turbo Pascal Integrated Development Environment) fayli;
Turbo.hlp – tezkor yordam ma`lumotlarini saqlovchi fayl;
Turbo.tp – Turbo.exe programmasi foydalanadigan sistema konfiguratsiyasining fayli;
Turbo.tpl – Turbo Paskalning rezident modullari (Resident units);
Tptour.exe – integrallashgan muhitda ishlashni tanishtiruvchi programma.
Bulardan tashqari, D:\TP\BGI katalogida Turbo Paskalning grafik rejim ishini ta`minlovchi fayllar mavjud:
Graph.tpu – Turbo Paskalning barcha grafik programmalarini ishlashi uchun zarur fayl;
BGI kengaytmali bir nechta fayl – videosistemalarning turli tiplari bilan ishlashni ta`minlovchi drayverlar;
CHR kengaytmali bir nechta fayl – vektorli shriftlarni o`z ichiga oluvchi fayllar.