Delphi (dasturlash tili) Delphi (talaff délfi)


Turbo-Paskal muhitida ishlash



Yüklə 19,94 Kb.
səhifə3/3
tarix14.04.2023
ölçüsü19,94 Kb.
#98256
1   2   3
Delphi (dasturlash tili)

3. Turbo-Paskal muhitida ishlash
Bugungi kunda kasb-hunar kollejlarida va oliy ta`lim muassasalarida Turbo Paskalning 5.5 – versiyasi keng tarqalganligini va undan foydalanish qulayligini hisobga olingan holda, quyida Turbo Paskalning 5.5 – versiyasi muhitida ishlash o`rgatiladi.
Turbo Paskal muhiti Turbo.exe faylidan ishga yuklanib, uning asosiy vazifasi Paskal tilidagi programmani taxrirlash va mashina kodiga o`tkazishdan iboratdir.
Turbo Paskal muhitini yuklash natijasida yuqori menyu hosil bo`lib, uni aktivlashtirish uchun, F10 tugmachasidan foydalaniladi.
YUqori menyu quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:
File
–*.pas kengaytmali fayllari va Turbo Paskalga tegishli bo`lgan kataloglar ustida turli amallar bajaradi;
Edit–
yuqori menyudan matnlarni tahrirlash oynasiga qaytish;
Run–
programmani turli ko`rinishda ishga yuklaydi va natijalar oynasiga o`tishni ta`minlaydi;
Compile–
programmani kompilyatsiya qilish va uni tekshirishni ta`minlaydi;
Options –
Turbo Paskal muhitini va undagi programmalarga tegishli xususiyatlarni taxrirlaydi;
Debug–
programmadagi protseduralarni izlash, hisoblash jarayonlari va o`zgaruvchilarni tekshirish, chaqirilgan stekni ko`rish va shunga o`xshash amallarni bajaradi;
Break/Watch–
agarda Debug/Integrated Debugging ustanovkasi On xolatda bo`lsa, u holda Break/Watch maenyusi Watch window (tekshirish oynasi) punktini oynaga o`rnatadi yoki olib tashlaydi;
Quyida yuqori menyuning mos ostki menyulariga qisqacha ta`riflar berilgan:
Files bo`limi:
Load (F3)–
fayl yoki dasturni chaqirish uchun hizmat qiladi;
Pick (ALT+F3) –
tanlashni belgilaydi;
New –
yangi dastur uchun oynani tozalaydi;
Save (F2)–
ekrandagi dasturni tashqi xotiraga joylaydi;
Write to–
ishchi faylni yangi nom bilan yozadi;
Change dir–
faol katalogni almashtiradi;
Os shell–
vaqtincha OS ga chiqishni tashkillaydi;
Quit (Alt+X)–
TURBO PASCAL muhitidan chiqish.
Run bo`limi:
Run (Ctrl+F9) –
yuklangan dasturni bajartiradi (ishga tushiradi);
Program reset (Ctrl+F2)–
oldindagi parametrlarni taxrirlash;
Goto cursor (F4)–
kursor turgan joyga qaytishni amalga oshirada;
Trace into (F7)–
dasturni qadamlab bajarish imkoniyatini hosil qiladi;
Setup over (F8)–
protseduraga kirishni ta`minlaydi;
User screen (Alt-F5) –
natijalar oynasiga o`tish.
Compile bo`limi:
Compile (Alt+F9)–
dasturni kompilyatsiya qiladi;
Make (F9)–
dasturni kompilyatsiya qilishga tayyorlaydi;
Build–
dasturni kompilyatsiya qilishga tayyorlaydi (Make dan farqi, dasturga tegishli barcha fayllarni tekshiradi);
Destination–
dasturni tezkor yoki tashqi xotiraga kompilyatsiya bo`lishini ta`minlaydi;
Find error–
dastur xatoligini izlaydi;
Primary files –
qaysi *.pas fayl kompilyatsiya qilinishini aniqlaydi;
Get info–
ishchi oynadagi *.pas fayli haqidagi ma`lumotlarni beradi.
Options bo`limi:
Compiler –
dastur xususiyatlarini o`zgartiradi;
Linker –
*.exe fayldagi ishlamaydigan kodlarni o`chiradi;
Environment –
dasturchi uchun ishchi maydon xosil qiladi;
Directories –
turli tipdagi fayllarni qaysi katalogda ishlatish lozimligini o`zida saqlaydi;
Parameters–
buyruqlar satrida kiritiladigan parametrlarni o`zida saqlaydi;
Save options –
muhit xususiyatini tashqi xotiraga saqlab qo`yish;
Retrieve options–
muhit xususiyatini tiklash.
Debug bo`limi:
Evaluate–
har qanday o`zgaruvchining qiymatini ko`rish imkoniyatini yaratadi;
Call stack–
Dastur bajarilish vaqtida joriy chaqiruvchi stekni ko`rsatadi;
Find procedure–
protsedurani izlash;
Integrated debugging–
dasturni qadamlab bajarilishi uchun yo`l ochib beradi;

Standalone debugging–


dasturni *.exe faylga aylantirish uchun yo`l ochib beradi;
Display swapping–
ekran xususiyatini o`rnatadi;
Refresh display–
ekran xususiyatini aktivlashtiradi.
Break/Watch bo`limi:
Add watch (Ctrl+F7)–
ko`rish oynasiga zarur ma`lumotlarni qo`shish imkoniyatini hosil qiladi;
Delete watch–
ko`rish oynasidagi belgilangan punktni o`chiradi;
Edit watch–
ko`rish oynasini taxrirlaydi;
Remove all watchs –
ko`rish oynasidagi barcha punktlarni o`chiradi;
Toggle breakpoint –
tekshiriluvchi nuqtalarni o`rnatish;
Clear all breakpoint–
barcha tekshiriluvchi nuqtalarni o`chirish;·
View next breackpoint–
keyingi tekshiriluvchi nuqtaga o`tish.
YUqoridagilarga qo`shimcha qilgan holda dastur matnini taxrirlash uchun funktsional tugmachalardan ham foydalanish imkoniyati mavjud bo`lib, ular quyidagilardan iboratdir:
Ctrl+K+B–
blok boshini belgilash;
Ctrl+K+K–
blok ohirini belgilash;
Ctrl+K+C–
kursor turgan joyga blokdan nusxa olish;
Ctrl+K+V–
kursor turgan joyga blokni ko`chirish;
Ctrl+K+Y–
Bloka olingan matnni o`chirish;
Ctrl+Y –
kursor turgan satrni o`chirish;
Ctrl+K+H–
Blokni olib tashlash yoki qo`yish.

@kompyuter_kurslari


Yüklə 19,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin