1.2 Shaffoflik 1.2.1 Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish qoidalari va tartibining oshkoraligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga binoan, rasmiy statistikaning asosiy
printsiplari tushunarlilik va shaffoflik. Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish
bo‘yicha shartlar O‘zbekiston Respublikasining statistikaga oid qonun hujjatlarida keltirilgan.
Ushbu qonunchilik choralari veb-saytga joylashtirilgan va jamoatchilikni ular bilan tanishish
imkoniyati mavjud. “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonun va statistik ma’lumotlarni ishlab
chiqish va tarqatish muddatlari aniq ko‘rsatilgan statistika dasturi Qo‘mita rasmiy veb-saytiga
(
www.stat.uz
) joylashtirilgan. Qonun Oliy Majlis byulletenida, normativ-huquqiy hujjatlar bazasi
(norma), shuningdek Adliya vazirligining
www.lex.uz
manzilida joylashgan ma’lumotlar
bazasida ham mavjud. Statistik ma’lumotlarni shakllantirish uchun respondentlar tomonidan
taqdim etiladigan statistika hisoboti shakllari Qo‘mita rasmiy veb-saytida foydalanuvchilar uchun
oldindan e’lon qilinadi.
1.2.2 Hukumatning statistik ma’lumotlar e’lon qilinishidan oldin ko‘rishning ichki imkoniyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Hukumat Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan statistik ma’lumotlarni ularni e’lon
qilish vaqtidan oldin ko‘rish imkoniyatiga ega emas. Statistik ma’lumotlarni tarqatishda davlat
statistika organlari mustaqildir. Davlat organlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi (“Rasmiy
statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi). Faqat Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosarlari va
mas’ul xodimlar statistik ma’lumotlar e’lon qilinishidan oldin ularni ko‘ra oladi.
1.2.3 Statistik ma’lumotlarning atributlari (belgilari)