2.3 Tasniflash/sektorlar bo‘yicha taqsimlash
2.3.1 Tasniflash/sektorlar bo‘yicha taqsimlash
Faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash Evropa Ittifoqi (NACE-rev.2) tarkibidagi iqtisodiy faoliyat
tasnifiga teng bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Faoliyat Tasniflagichiga (IFUT 2
tahrir) muvofiq amalga oshiriladi.
Hisobning asosiy birligi institutsional birlikdir.
2.4 Hisobga olish asoslari
2.4.1 Baholash
Xodimlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar korxona va tashkilotlardan olingan statistik hisobotlari
asosida shakllantiriladi.
2.4.2 Hisobga olish asosi
Ma’lumotlar har chorakda va yillik davriylikda yuridik shaxslar tomonidan davlat statistika
organlariga taqdim etilgan statistika kuzatuvlari asosida shakllantiriladi.
2.4.3 Yalpi/sof ko‘rsatkichlarni hisoblash tartib-taomillari
O‘zbekiston Respublikasida ishchilarning umumiy soni yiliga bir marta yillik mehnat hisobotlari
natijalari bo‘yicha tarmoq shakllarining tegishli bo‘limlari bilan birlashtirilgan holda hisoblanadi.
Yuridik shaxs yoki uning alohida bo‘linmasidan mehnat daftarchalari bo‘lgan barcha
xodimlarning soni shakllantiriladi: o‘rtacha hisobot yilidagi ishchilar soni, ma’lum bir sana (yil
oxiri, yil boshi), shuningdek o‘rtacha ish haqi va boshqa o‘rtacha qiymatlarni hisoblash uchun
ishchilar soni.
Choraklik hisobotlarning natijalariga ko‘ra, kichik biznes va qishloq xo‘jaligini hisobga
olmaganda, shunga o‘xshash ishchilar soni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: