Aholi salomatligining holati, bolalar va onalar o`limi o`rtacha umr davri:
aholining ta`lim darajasi va uning tarkibi:
aholining kasb-xunarga tayyorgarlik darajasi:
aholining soo`ial tarkibi va soo`ial mobilligi:
aholining urbanizatsiyalashganligi:
aholining xududiy harakati:
aholining ma`naviy madaniy qadriyatlari va ularni saqlash, e`zozlash.
Respublikada aholi siyosati o`zaro chambarchas bog`langan bo`g`inlardan tashkil topgan. Ushbu bo`g`inlarga demografik siyosat, aholi migratsiyasi, urbanizatsiya va bandlik siyosatlarini kiritish mumkin.
Demografik siyosat aholi siyosatini uzviy qismi bo`lib, uning asosiy maqsadi aholini miqdoriy rivojlanishini boshqarishdan iboratdir, Demografik siyosatning asosiy ob`ekti aholining takror barpo bo`lish. jarayoni hisoblanadi.
Demografik siyosat orqali kurilgan, istalgan aholi takror barpo bo`lish turiga erishiladi. Ma`lumki, aholi takror barpo bo`lishi tug`ilish, o`lim, nikoh, ajralish kabi
demografik jarayonlar bilan bevosita bog`liqdir. Shu bois ushbu jarayonlarni siyosat yo`li bilan jamiyat tomonidan boshqarilishi ham demografik siyosatni vazifalaridandir.
Jamiyat taraqqiyotiga nazar tashlasak, demografik jarayonlarni, ayniqsa tug`ilish, nikohni jamiyat tomonidan boshqarilganligini guvohi bo`lamiz. Xatto bu xaqida eng qadimgi olimlar Aflotun va Arastu asarlarida ham uchraydi. Qadimgi Rimda tug`ilish va nikohni ozod insonlar o`rtasida qo`llab - quvvatlovchi, qonunlar qabul qilingan. Feodalistik jamiyatda esa din tomonidan shunday qattiq qonunlar yaratilganki, ularda nikoh, cheklanmagan tug`ilish va katta oilalar aholini muntazam ko`payib borishini omili sifatida himoya qilingan, qo`llab -quvvatlangan.
Kapitalistik ishlab chiqarish usulini rivojlanishi esa demografik jarayonlarda yangi muammolarni, yo`nalishlarni kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Kapitalizmda sanoatni rivojlanishi shahar turmush tarzini kengayishi, ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishi tufayli, oilada farzandga bo`lgan talab kamaydi. Ko`p bolali oilalarda, kapitialistik ishlab chiqarish sharoitida qator iqtisodiy muammolar vujudga keldi. Natijada, tug`ilish o`z-o`zidan kamaya boshladi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlangan Frantsiya va boshqa yevropa davlatlarida tug`ilish 19 asrning birinchi o`n yilligidan boshlab kamaya bordi. Ushbu davlatlarda 20 asrga kelib aholini tabiiy o`sishi nihoyatda kamayib ketdi. Aholi takror barpo bo`lishi kengaygan turdan, qisqargan turga o`tdi. Natijada bu davlatlarda aholini qarish ya`ni «Demografik qarish» jarayoni sodir bo`ldi. Bu xol davlat tomonidan maxsus demografik siyosat olib borishni taqozo etdi. 1946 yilda Frantsiyada tug`itshshni ko`tarish orqali aholi miqdoriy ko`payishiga erishish maqsadida oilalarga birinchi va ikkinchi, ayniqsa uchinchi farzandlarining turilishida aohida nafaqa ajratildi. 1960-1970 yillarda tug`ilishni ko`tarish maqsadidagi demografik siyosat boshqa rivojlangan kapitalistik davlatlarda xam olib boritui.
Lekin ushbu davlatlardagi xususiy mulkchilik formasi tugalishni ko`paytirish uchun xamma chora - tadbirlarni qo`llashda ba`zi muammolarni keltirib chiqarar edi. Shu bois yevropadagi rivojlangan davlatlarda tug`ilish darajasini ko`tarib, optimal, normal xolga keltirish juda mushkul bo`lmoqda.
Rivojlanayotgan davlatlarda esa, aksincha 1960-1970 yillarda tushlishning yug`ori darajada turganligi va o`lim xollarining keskin kamayganligi natijasida aholining tabiiy o`sishi juda yuqori darajada bo`ldi. Natijada Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikada joylashgan qator rivojlanayotgan davlatlarda aholi soni birdan ko`payib ketdi. Bu holni demograf muttaxassislar «demografik portlash», deb atadilar. Ushbu davlatlarda iqtisodiy imkoniyati cheklangan holda aholisining bunday tez ko`payishi, tug`ilishni cheklashga majbur etdi. Natijada ushbu davlatlarda davlat tomonidan «Oilani rejalashtirish» ya`ni «tug`ilishni nazorat etish» borasida demografik siyosat olib borildi,
Demografik siyosat o`tkazish uslublari. Demografik siyosat o`tkazish uslublarini shartli ravishda uch yo`nalishga ajratish mumkin.
1. Iqtisodiy.
2. Ma`muriy — xuquqiy.
3. Ijtimoiy psixologik (tarbiyaviy).
Iqtisodiy uslub asosan tug`ilish darajasi pasayib ketgan aholi takror barpo bo`lishi, aholi ko`payishini ta`minlay olmagan xollarda qo`llaniladi. Bu uslubda davlat tomoidan homilador ayollarga (ma`lum davrda), u farzand ko`rgandan keyin va farzandi 2 - 3 yoshga yetgunga qadar maxsus nafaqalar ajratiladi, birinchi, ikkinchi, uchinchi farzandlarga iqtisodiy yordam beriladi. Ko`p bolali oilalarga xam iqtisodiy yordamlar berib boriladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, yosh bolasi bor ayollarga ish joylaridan ba`zi bir imtiyozlar beriladi, ularga xam farzandlarini tarbiyalab, xam ijtimoiy faoliyatlarini davom ettirish uchun sharoit yaratiladi. Shuningdek, ba`zi davlatlarda kam ta`minlangan oilalarga ham iqtisodiy yordam ajratiladi.
Tutilipgai ko`tarish borasida olib boriladigan iqtisodiy uslubni yana biri -nikohga kirgan yosh oilalarni turar joy bilan ta`minlash borasida davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar.
Shuningdek, bolalar kiyimlari, oziq- ovqatlarini arzon narxda sotish, maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatining sifatini yaxshilash, bolalar va onalar salomatligini davlat tomonidan muhofaza etilishi, aholiga maishiy hizmat tizimini rivojlanishi va sifatli xizmat ko`rsatish kabilar ham aholi takror barpo bo`lishiga ijobiy ta`sir etuvchi iqtisodiy omillar xisoblanadi.
Ma`muriy - huquqiy uslubga aholi takror barpo bo`lishi, oilalar tashkil topishiga turli qonunlar orqali ta`sir ko`rsatish kiradi. Masalan, abort(homilani sun`iy yo`l bilan yo`q qilish)larni qonun bilan man etilishi, nikoh yoshlarini ko`tarilishi, aholi migrao`ion xarakatini cheklash, yoki rivojlantirish, oila buzilganda, er va xotin ajralishganda ona va bola xuquqlarini qonuniy himoyasi, bolani ota -ona oldidagi burchini qonuniy belgilash, homilador ayolni ishga qabul qilishda, yoki ishdan bo`shatishda ular xuquqlarini qonuniy himoyasi, nafaqa ajratishda bolalar sonini xisobga olish kabi jarayonlardir.
Ijtimoiy - psihologik uslub, yoki aholini «demografik tarbiyalash». Aholini demografik tarbiyalashda avvalo yosh avlodda oilaga, oilada kutilayotgan farzandlar soniga bo`lgan munosabatini davlat ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotiga, aholi salomatligiga mos ravishda shakllantirish lozim. Bunda oila asosiy tarbiya o`chog`i hisoblanadi. Shuning uchun xam ota -onalarning «demografik savodliligi» ga katta e`tibor berilmog`i lozim. Demografik tarbiyaning yana bir muhim o`chog`i ommaviy axborot orqali demografik mayliga ta`sir etish mumkin.
Demografik siyosat ijtimoiy - iqtisodiy siyosatning ajralmas qismi bo`lmosh lozim. Shundagina aholini ijtimoiy - iqtisodiy ehtiyojlarini aks ettirgan xolda rivojlanib boradi.
Xulosa
Aholining faoliyat ko'rsatadigan yoshdagi va faol reproduktiv yoshdagi ayollarning ulushi yuqori bo'lgan aholining hozirgi yosh tarkibi, iqtisodiy va demografik rivojlanish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Keyingi 2-3 yil ichida qo'shimcha tadbirlar bolalari bo'lgan bolalarning tug'ilish va qo'llab-quvvatlashini oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar, farzandlarni tarbiyalash bilan ota-onalarning kasbiy majburiyatlarini yig'ish uchun sharoit yaratdi. Kelajakda, har yili o'zgarishlarga erishish uchun ko'proq kuch ishlatishingiz kerak. 10 yildan keyin kechikadi. Aholining hozirgi yo'qotilishini to'liq qoplash deyarli 2 baravar ko'p sonli unumdorlik koeffitsiyasining ko'payishini talab qiladi, bu haqiqiy emas.
Qo'shimcha choralarning imkoniyatlari ayniqsa ikkinchi va keyingi tug'ilishlar uchun juda muhimdir. Ayollar tug'ilish ehtimolini 2-bolani 1,4 baravar yuqori va 3,66 marta yuqori, agar 7,66 marta, agar ular oilalarga yordam choralari bo'lsa. Reproduktiv yoshda ularning egri uch marshrutida o'sgan va uch-palubar oilasida o'sgan, ular asosan ularning ikkinchi, uchinchi va keyingi bolalarining ehtimolini oshiradiganlar hisobga olinishi. Agar yosh avlod uchun tug'ilish va tarbiyalashning eng yaxshi shartlari, bir necha o'n yilliklar davomida Rossiya tub aholisi qo'shni davlatlarning migratsiya oqimi bilan almashtirilishi mumkin. Mamlakatning "Mahalliy" mamlakat aholisining ulushi barqaror ravishda pasayishda davom etadi. Bunday stsenariy hozirgi asrning o'rtalarida Rossiya aholisining muhim qismi muhojirlar va ularning avlodlari bo'lishiga olib keladi. Demografik tiklanishning tarixiy imkoniyatlari o'tkazib yuboriladi.
Demografik chuqurni engish uchun demografik va nikoh siyosatining yangilangan davlat strategiyasi zarur. Oila siyosati oilalarga to'siqlarni kamaytirishga qaratilishi kerak, ulardan ko'pi ko'p yillik tadqiqotlarga ko'ra, ertangi kunlarda moddiy va uy-joy, noaniqlik, noaniqlik, noaniqlik, noaniqlik, noaniqliklar. Oila kamchiligi darajasida radikal pasayish - iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan pasayish zarur. Federal darajasida, oilada bir nechta bolalarni tug'ilish va o'qitish uchun ijtimoiy kafolatlar va iqtisodiy imkoniyatlar tizimi shakllantirilishi kerak. Katta oila eng muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lishi kerak - istalgan ijtimoiy norma. Oiladagi birinchi bolaning birinchi marta paydo bo'lishini rag'batlantiradigan va bolalar tug'ilishi o'rtasidagi vaqt oraliqlarini kamaytirish zarurligini unutmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: |