DEMOGRAFIK BASHORAT
Demografik bashorat deganda ma`lum HUDUD ahoisining soni, tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini itimiy asoslangan holda oldindan aniqlash tushuniladi. Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlar, demografik bashorat zaminida tuziladi. Kelajakda ishlab chiqarish lozim bo`lgan maxsulotlar miqdorini rejalashtirish, aholiga xizmat qiluvchi barcha sotsial sohalarni rivojlantirish uchun avvalo kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy tarkibi, oilalar sonini bilish lozimdir. Ayniqsa, aholining yosh tarkibi bo`yicha bashorati muxim ahamiyatga egadir. Kelajakda maktabgacha bo`lgan bolalar muassasalari, maktablar, oliy va maxsus o`quv yurtlarini qurilishini rejalashtirish uchun kelajakda qancha bola maktabgacha muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga yetishi. qancha bola maktabni tugatib oliy va maxsus o`quv yurtlariga borishi xaqidagi ma`lumotlar zarurdir.
Aholini yosh-jinsiy tarkibi xaqidagi bashorat tibbiy xizmat ko`rsatish tizimining rivojlanishi uchun ham muxim axamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy tarkibi bo`yicha tuzilgan bashorat asosida kelajakda qancha bolalar va ayotlar shifokorlari, aholining keksa guruhiga xyzmat qiluvchi kardiologlar, onkologlar, nevropotologlar kabi muttaxassislar tayyorlash rejalashtiriladi.
Kelajakda, yangi ish o`rinlarini tayyorlash, xalq xo`jaligi sohalarini rivojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mexnat yoshidagi aholi xaqidagi bashorat ilmiy asos bo`lib xizmat qiladi. Umuman, iqtisodiyot va aholini ijtimoiy xayotining barcha qirralari istiqbolini rejalashtirishda shu sotsial jarayonlarning qatnashchilari, iste`molchilari va yaratuvchilari bo`lmish, aholi guruhlari xaqidagi demografik bashorat zarurdir. Aks xolda kelajak uchun rejalashtirilgan har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ijobiy natija bermaydi.
Demografik bashorat, demografiya fani va demografik tadqiqotlarning asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. Demografik bashorat-bashorat etilayotgan davrga qarab, qisqa muddatlig o`rta mudddtli va uzoq muddatli bo`ladi.
Qisqa muddatli demografik bashorat —5 yilga mo`tljallangan bo`lib, turli xo`jalik va rejalashtirish tashkilotlarida ko`proq qo`llaniladi. Qisqa muddatli bashoratda aniqlik darajasi nisbatan yuqori bo`ladi. Chunki 5 yil davomida aholini o`limi va tutilish jarayonida ham keskin o`zgarish ro`y bermaydi. Mehnat resurslari, farzand ko`rish yoshidagi aholi guruhi, nafaqa yoshidagi aholi guruhlari xaqidagi ma`lumotlar aniq bo`ladi. Asosan tug`iladigan bolalar soni maxsus hisob-kitoblar, uslublar orqali hisoblanadi.
O`rta muddatli demografik bashoratlar-30 yilgacha bo`lgan davr uchun hisoblanadi. Ushbu bashoratda aholini tug`ilish va o`lim jarayonlari, aholi migratsiyasida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar ilmiy asosda o`rganiladi va bashorat tuzishda hisobga olinadi.
Uzoq muddatli demografik bashoratlar 30 — 60 yilga mo`ljallanadi. Bunday bashoratdar aholi tug`ilishi va o`limining kelajakdagi o`zgarishlar xaqidagi gipotezalarga asoslanadi. Uzoq muddatli demografik bashoratda aholi migratsiyasini hisobga olish bir muncha murakkabroq kechadi. Chunki aholi migratsiyasi ijtimoiy — iqtisodiy o`zgarishlar bilan bir qatorda jamiyatda, tabiatda yuz bergan tasodifiy jarayonlar bilan ham bog`liqdir. Shu tufayli uzoq muddatli demografik bashoratlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq bo`lishi mumkin.
Demografik bashorat uslublari. Demografik bashoratning eng oddiy uslubi aholi umumiy sonini ma`lum davridagi o`zgarishini aniqlashdir. Bu uslubda bashorat qilinayotgan davrning boshlanishidagi demografik xolat asos qilib olinadi va shu holatga asosan bashorat qilinadigan davr uchun aholi soni hisoblanadi. Ushbu uslub quyidagi formulada o`z aksini topgan:
P1=P0xexx1
P1 - bashorat qilinayotgan davrning oxiridagi aholi soni.
P0 - bashorat etilayotgan davrning boshlanishidagi aholi soni.
K - bashorat qilinayotgan davr uchun nazarda tutilgan aholining o`sishi.
Dostları ilə paylaş: |