Demokratik bozor islohotlarini iqtisodiy rivojlantirish



Yüklə 14,7 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü14,7 Kb.
#106715
Demokratik bozor islohotlarini iqtisodiy rivojlantirish


Demokratik bozor islohotlarini iqtisodiy rivojlantirish
Bozor islohatlarini amalga oshirish va chuqurlashtirishda iqtisodiyotning xususiy sektorini-tarmog’ini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyatga egadir.
Xususiy tarmoqni rivojlantirish davlat mulkchiligiga asolangan totalitar tuzumdan xususiy mulkchilik printsiplari amal qiladigan demokratik jamiyatga o’tish jarayonining uzviy qismi bo’lib, o’ta muhim va xal qiluvchi o’rin tutadi. Ayni mulkchilik shaklining o’zgarishi iqtisodiyot va jamiyat xayotida ortga qaytarib bo’lmaydigan jarayonlar va o’zgarishlar uchun mustaqil zamin, keng asos yaratadi. SHundagina jamiyat xayotida ishlab chiqarish va ishlab chiqarish munosabatining tamomila yangicha tamoyillari amal qila boshlaydi.
Xususiy tarmoqni rivojlintirish istiqbollari xaqida gapirganda, eng avvalo, kichik va o’rta biznes hamda xizmat ko’rsatish soxalarida rivojlanadi. Bunday davlatlarda xususiy tarmoqning yalpi mahsulotidagi ulushi 50-60% ni tashkil etadi. Mexnat bilan band bo’lgan aholining 65-68% i esa aynan mana shu sohada faoliyat ko’rsatadi.
Xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyot va davlat taraqqiyotiga, shu bilan birga, farovonlikka. erishish yo’lidagi ishlarning samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu soxaning afzallik tomoni moslashuvchanlik, tez orada faoliyat yo’nalishini o’zgartirish xususiyatidir. Katta-katta kompaniya millionlab so’mli maxsulot chiqarib, to’satdan boshlangan inqiroz Tufayli uni sota olmay sinishi mumkin. Kichik va o’rta biznes vakillari bunday vaziyatlarda, tabiiyki, ancha oson yechim topadi.
Albatta davlatga qaramlikda yashab ongiga boqimandalik kayfiyati qattiq o’rnashib qolgan odamlarda mulkdorlik xissini uygotishi oson kechmaydi. Lekin ta’kidlash joizki, O’zbekistondagi xozirgi vaziyat 13 yil ilgarigidan ancha boshqacha. Ko’pchilik mulkka egalik qilish xissini anglab yetadi, mulkdorlar sinfi kengaynb borayotir. Ayni shu mulkdorlar sinfi kengayishnga mos ravishda mamlakatda rivojlangan davlatlardagidek o’rta tabaqa shakllanib, ko’lamini oshirmoqda, 2003 yil 1 yanvarga mamlakatdagi barcha korxona va tashkilotlarning 89,2% i iqtisodiyotning nodavlat sektorida faoliyat ko’rsatdi. Nodavlat sektorda yalpi maxsulotning 73,3% i, sanoat mahsulotlarining 71,4% i ishlab chiqarildi. Iqtisodiyot soxasida band bo’lishlarning 76,6% i ushbu sektor xissasiga to’g’ri keldi.
Agar O’zbekiston aholisining asosiy qismi yirik korxonalar qurish imkoniyatini bo’lmagan, xizmat ko’rsatish sohasi kam rivojlangan qishloq joylarda istiqomat qilishish inobatga olmaydigan bo’lsa, xususiy tarmoqni har tomonlama rivojlantirish va rag’batlantarish bu yerning sharoitida. naqadar zarur ekanligini anglab yetish qiyin emas. Masalaning yana bir e’tibori shundan iboratki, agar tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, barcha zamonlarda ham o’zbek xalqining dunyoqarashi, o’ziga xos tafakkur va turmush tarzida xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanishga intilish doimo juda kuchli bo’lgan. Bu maqsadda azaldan hunarmandchilik rivojlangan bo’lib, to’qimachilik, etikdo’zlik, naqqoshlik bilan shug’ullanadigan kichik-kichik ustaxona va do’konlar ko’p bo’lgan. Aholining bir qismi shu kasb-xunar bilan band bo’lib, ularning mahorati avloddan-avlodga o’tib kelgan. Albatta, xunarmandchilik turli sohalarni bugungi dunyo taraqqiyotidan kelib chiqqan holda, yangi zamonaviy texnologiyalar asosida qayta tiklash talab etiladi.
Xususiy sohalarni rivojlantirish uchun mamlakatda puxta qonunchilik asoslari yaratilgan. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida shaxsiy mulkning daxlsizlash va uning davlat tomonidan himoya qilishni aniq belgilab berilgan (53-moddaga qaralsin).
Qator soxalarda, ayniqsa qishloq xo’jaligida xususiy tarmoq ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar ulushi tobora o’sib bormoqda. Hozirgi kunda savdo va xizmat ko’rsatish soxalarida bu tarmoq yetakchi o’rinlardan birini egallab turibdi. Bu tarmoq mamlakat yalpi-ichki mahsulotidagi yalpi ulushi 2002 yilda 2000 yilga nisbatan 4,6 foizga oshdi va 34,6 foizni tashkil etdi. SHu jumladan, dexqon va fermer xo’jaliklarimiz bu ko’rsatkichlar 2000 yilda 21,6 foizni tashkil etgan bo’lsa 2001 yilda 24,5 foizgacha ko’tarildi. Xususiy tarbirkorlik bilan shug’ullanishni istaydigan odamlarning soni kundan-kunga ortib bormoqda. 2001 yili 63 mingga yaqin korxonalar xususiy tarmoq vakillari sifatida faoliyat ko’rsatdi. Kichik va o’rta biznes bilan shug’ullanuvchi xo’jalik sub’ektlarining Respublika aholisining har mingiga to’g’ri keladigai soni 6 dan 7,1 birlikka oshdi. Bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotida band bo’lgan aholining 54 foizini kichik va o’rta tadbirkorlik sohasida mehnat qilmokda. Ularning yarmidan ko’prog’i xizmat ko’rsatish soxasida xar oltitadan bittasi sanoat sohasida faoliyat ko’rsatmoqda.
2007 yilga kelib kichik biznesni yalpi maxsulotdagi ulushi kamida 45% ga ye-jazish vazifasini qo’yilmokda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik va o’rta biznes tarakqiyoti muxim ahamiyat kasb etadi. Aynan katta mablag’ talab etmaydigan va resurslarning o’sish tezligani kafolatlovchi kichik va o’rta biznes korxonalari iqtisoddagi katta tuzilishlar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni nisbatan tez va ortiqcha sarf xarajatlarsiz yechishga, ichki bozorni, millionlab resurslar chegaralangan bo’lishiga qaramay, iste’mol mollari bilan to’ldirishga qodirdirlar.
Kichik va o’rta biznesning taraqqiy etishi ko’p ustuvorliklarga ega:
Jamiyatda siyosiy turg’unlikni kafolatlovchi bosh garant — o’rta sinfning shakllanishida;
Turli ijtimoiy guruxlar daromadlarining mutanosibligini ta’minlab turuvchi iqgisodiy jixatdan faol bo’lgan aholi ulushining o’sishida;
Faol va tadbirkor shaxslarni tarbiyalashda;
Nisbatan kam mablag’ xarjlab, yangi ish o’rinlarini yaratishda;
Texnologik, texnik va tashkiliy yangiliklarni ishlab chiqarishda va joriy etishda;
Raqobat muhitini yuzaga keltirishda;
Moddiy, mexnat va moliyaviy resurslarni safarbar etishda, ulardan yanada samaraliroq foydalanishda;
Iktisodning turli sektorlari o’rtasidagi halqaro aloqani yaxshilashda;
Amaldagi qonunlarga muvofiq qilish va o’rta biznes egalari quyidagi guruxlarga ajratiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tganligi haqidigi guvohnomasi bo’lgan jismoniy shaxs;
Mikrofirma — mulk shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish tarmoqlarida axoli bandligining o’rtacha yillik hisobida 10 kishigacha savdo sohasida, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoqlarnyng ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan soxalarida — 5 kishigacha xodimi bo’lgan korxona;
Kichik korxona — mulkchilik shaklidan qatiy nazar sanoat soxasida band aholining o’rtacha yillik soni 40 kishigacha bo’lgan: qurilishda, qishloq xo’jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida — 20 kishigacha, fan, ilmiy xizmat soxasida, chakana savdo va ishlab chiqarish bilan band bo’lmagan boshqa tarmoqlarda 10 kishigacha bo’lgan korxona;
O’rta korxona mulkchilik shakidan qatiy nazar, ishchilarning o’rtacha yillik hisoboti kichik korxonalar uchun belgilangan sondan yuqori bo’lgan, lekin sanoat tarmog’ida - 100 kishidan; qurilishda - 50 kishidan, qishloq xo’jalik va boshka ishlab chiqarish tarmoqlarida, ulgurji savdoda — 30 kishidan, chakana savdodi, xizmat ko’rsatishga va boshqa ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan tarmoqlarda — 2 kishidan oshmaslik korxona.
Dunyodagi eng rivojlangan, jahon iqtisodiyotida yetakchi mavqega ega bo’lgan ayrim mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, ko’p masalalarni hal etishga, birinchi navbatda, aholi turmush darajasining doim yuqori bo’lishini ta’minlashga, avvalo, kichik va o’rta biznesni jadal rivojlantirishish rag’batlantiradigan davlat siyosatini amalga oshirish orqali erishiladi. Masalan, Germaniyaning qisqa vaqt mobaynida Yevropa iqtisodiyotining ustunlaridan biriga aylanishida kichik va o’rta biznesni rivojlantirish hal qiluvchi rolni o’ynadi. Davlatning bu boradagi oqilona siyosati tufayli urushdan keyingi yillarda kichik va o’rta biznesning mamlakat iktisodiyotidagi ulushi 10 foizga ko’tarildi. Ko’pchilik xayrat va xavas bilan qaraydigan «Yaponiya mo’jizasi» ham shu davlatning kichik va o’rta biznesni jadal rivojlantirishga qaratilgan iqtsodiyoti samarasidir, Hozirgi kunda bu yerda iqtisodiyotning mazkur bo’g’ini mamlakat ishlab chiqarayotgan yalpi ichki mahsulotning yarmidan ko’prog’ini bermoqda. Jaxonning eng qudratli davlati bo’lgan Amerika Qo’shma SHtatlari iqtisodiyotining asosini ham kichik va o’rta biznes tashkil etadi. Uning mamlakatda ishlab chiqariladigan yalpi ichki mahsulot xajmidagi ulushi keyingi 40 yil mobaynida 10 foizdan 50 foizga o’sdi.
Yüklə 14,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin