O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI DENOV ABU ALI IBN SINO NOMIAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI FELDSHER-AKUSHERLIK ISHI YO‘NALISHI _____________________________ FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Og‘izbo‘shlig‘i va yuqori nafas yo‘llari holatini baholash va yot jismdan tozalash. O‘pkaga suniy nafas berish. Tayyorladi: _______________
Qabul qildi: _______________
Denov 2023 Mavzu: Og‘iz bo‘shlig‘i va yuqori nafas yo‘llari holatini baholash yot jismdan tozalash. O‘pkaga suniy nafas berish
Yot jismlarning organizmga tushishi. Nafas yo’llari yot jismlari va bunda birinchi yordam. Ovqat hazm qilish yo’lining yot jismlari
Reja 1.Nafas yoʻllariga yot jism tushish sabablari 2.Nafas yoʻllarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan simptomlar 3.Yot jismni tashqi belgilarga qarab qanday aniqlash mumkin? 4.Nafas yoʻllariga yot jism tushganda birinchi yordam koʻrsatish 5.Xeymlix usuli 6.Xeymlix usulini bolalar va homiladorlarda oʻtkazishning oʻziga xosligi 7.Nafas yoʻllaridagi yot jismlarni chiqarishdagi oddiy xatoliklar Nafas yoʻllariga yot jism tushish sabablari Bunday vaziyat koʻpincha bolalarda kuzatiladi. Bu albatta bolakaylar tabiatining oʻziga xosligiga bogʻliq – ular ovqatlanish vaqtida oʻyin oʻynashga beriluvchan, gapirishga harakat qiladi, yoʻtal yoki aksa urishlari mumkin. Bundan tashqari bolakaylar tashqi atrof jismlarni oʻrganishda ularning taʼmini, mazasini bilish orqali harakat qiladilar, kichik oʻlchamdagi jismlar tasodifan nafas yoʻllariga oʻtib ketishi mumkin. Bolalar ogʻiz boʻshligʻi va himoya reflekslarining toʻliq shakllanmaganligi tufayli bolalarda yot jism tushish ehtimoli yuqori hisoblanadi.
Katta yoshdagi odamlar esa ovqatlanish vaqtida haddan ortiq koʻp taom isteʼmol qilishlari yoki suhbat qurishlari natijasida nafas yoʻllariga yot jism tushish mumkin. Bundan tashqari katta yoshdagilar spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan vaqtda nerv tizimi himoya reflekslari susayadi, natijada yot jism nafas yoʻllariga oʻtish ehtimoli ortadi.