Denov abu ali ibn sino nomiagi jamoat salomatligi texnikumi


Nafas yoʻllarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan simptomlar



Yüklə 244,75 Kb.
səhifə2/4
tarix09.10.2023
ölçüsü244,75 Kb.
#153278
1   2   3   4
Nafas yoʻllariga yot jism tushish sabablari-fayllar.org

Nafas yoʻllarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan simptomlar
Ushbu patologiyaning oʻziga xosligi shundaki, yot jism koʻpincha ovqatlanish vaqtida nafas yoʻllariga oʻtib keladi. Nafas yoʻllarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan belgilar 3 bosqichda yuzaga chiqadi:

  • Boshlangʻich bosqich. Toʻsatdan yuzaga keluvchi kuchli yoʻtal, koʻz yoshlanishi, yuz terisi qizarishi;

  • Belgilar kuchayish bosqichi. Yoʻtal yanada kuchli namoyon boʻladi, nafas olish deyarli roʻy bermaydi, ammo bemor nafas harakatlarini bajaradi, ogʻiz atrofida koʻkarish kuzatiladi;

  • Oxirgi bosqich. Nafas olish butkul toʻxtaydi, bemor hushini yoʻqotadi, qisqa vaqt ichida yurak ish faoliyati toʻxtaydi, klinik oʻlim holati kelib chiqadi.

Yot jismni tashqi belgilarga qarab qanday aniqlash mumkin?
Nafas yoʻllariga yot jism tushgan vaqtda bemor ahvoli quyidagicha boʻladi:

  • Bemor toʻsatdan gapirishdan toʻxtaydi, kulishi, baqirishi yoki yigʻlashi mumkin, qoʻllari bilan tomogʻini ushlab oladi;

  • Kuchli yoʻtal kuzatilib, bemor savollarga javob bermaydi;

  • Bemor nafas olganda xirillash eshitilishi yoki umuman nafas olishi eshitilmasligi mumkin;

  • Bemor ogʻzini katta ochsada nafas ololmaydi;

  • Bemor yuz terisi avvaliga qizaradi, soʻngra oqaradi, keyinchalik esa koʻk tus oladi, ayniqsa ogʻiz atrofida koʻkarish yaqqol namoyon boʻladi;

  • Bir necha soniyalar ichida bemor hushini yoʻqotadi;

  • Juda qisqa muddat ichida yurak urishi toʻxtaydi va klinik oʻlim sodir boʻladi.

Nafas yoʻllariga yot jism tushganda birinchi yordam koʻrsatish

Nafas yoʻllariga yot jism tushganligini bilgan odam birinchi yordam koʻrsatishda har bir soniyadan unumli foydalanadi. Chunki patologik holat qisqa muddat ichida yuzaga chiqadi va birinchi yordam koʻrsatish sifati bemor hayoti bilan baholanadi.

Yüklə 244,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin