Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Bobur о‘zbek xalqining buyuk farzandi, milliy g‘ururidir”



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə56/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Bobur о‘zbek xalqining buyuk farzandi, milliy g‘ururidir” degan edi О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
Bobur mamlakatda tartib, osoyishtalik, fuqarolar turmushida yengillik о‘rnatishga uringanligini uning kitobida yozib qoldirgan quyidagi parchalar ham tasdiqlaydi:
“Tinch saqlangan mamlakatda mutlaqo hech bir kishi ichkilik ichishga urinmasin, uni hosil qilishga kirishmasin, ichkilik yasamasin, sotmasin va olmasin, о‘zida saqlamasin, eltmasin va keltirmasin; butun mamlakat boylab, о‘tgan sultonlardan qolib kelgan va daromadi haddan ortiq kо‘p bо‘lgan tamg‘ani, о‘zi ham shariat qoidalaridan tashqari bо‘lgani uchun musulmonlar ustidan olib tashlansin; podshohning mehribonchiligiga sig‘ingan turk, tojik, arab, ajam, hindi, forsiy fuqaro va sipoh-butun millatlar, hamma inson toifalari bu hukmlar ijrosidan tashqariga chiqmasinlar va burilmasinlar”.Boburnoma”dan.
Bobur dilbar shaxs; Uyg‘onish davrining bir hukmdori, mard va tadbirkor shaxs bо‘lgan. U san’atni, adabiyotni sevgan, hayot nafosatidan lazzatlana bilgan. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq va kо‘p yaxshi fazilatlarga ega bо‘lgan... Boburning Hindistonga kelishi tufayli Hindistonda buyuk о‘zgarishlar sodir bо‘ldi; san’atda, hayotda, me’morchilikda va madaniyatning boshqa sohalarida yangicha serilhom taraqqiyot yuz berdi” degan edi Hindistonning siyosat va davlat arbobi Javoharlal Neru.
1526 yilda Hindistonda tashkil topgan о‘zbeklar (hindlar mamlakatga shimoldan kelgan barcha istilochilarni “mugxal” deb atashgan, yevropaliklarning bu sо‘zni buzib aytishi natijasida Boburiylar davlati tarixshunoslikda “Buyuk mо‘g‘ullar davlati”) deb notо‘g‘ri nom olgan.
XVI asr va XVII asrda bu imperiya juda katta davlatga aylandi. Shimolda uning chegarasi Himolay tog‘igacha va Afg‘onistonning katta qismini (Qobul va Peshovar shaharlari bilan) о‘z ichiga olar edi.
Imperiyada aholi diniy belgi jihatdan 2 ta guruhga musulmonlar va hindlarga bо‘linardilar.
Agrar munosabatlar ilgari Dehli sultonligida qanday bо‘lsa, boburiylar imperiyasida ham shunday bо‘lgan. Podshoh hamma yerlarning oliy egasi hisoblanardi.
Podshohga qarashli yerlar mamlakatda ekin ekiladigan hamma yerlarning 8/1 qismi teng edi. Ana shu yerlardan olinadigan daromad podshoh saroyi va podshoh qо‘shinlari xarajatlari uchun ishlatilardi. Qolgan yerlar imperiya zodagonlariga, kо‘proq musulmonlarga jagir (ya’ni harbiy xizmat evaziga in’om etilgan yer; XVI-XVIII asrlarda Hindistonda feodal yer egaligining hukmron shakli) sifatida bо‘lib berilardi. Jagir egasi-jagirdor deb atalib, u о‘ziga qarashli yerlarda yashovchi aholidan feodal rentasi yig‘ish huquqiga ega edi.
Musulmon savdogarlari azaldan О‘rta Osiyo va Yaqin Sharq bilan savdo qilib kelayotganliklari sababli quruqlikda va qisman dengiz orqali tashqi savdoda hindlardan ustun turardilar.
Bobur mirzo 1530-yilda vafot etgach, о‘rniga Humoyun (1508-1556 yillarda yashagan) 1530-yilda taxtga о‘tiradi. Uning afg‘on va rajputlar ustidan hukmronligi sezilarli bо‘lmagan. Gujarot rojasi Bahodir esa ochiqdan-ochiq qarshi chiqqan. 1535-yili Humoyun qо‘shini Gujarotni oldi, biroq oradan ikki yil о‘tguncha Bahodirning о‘limigacha isyon davom etdi.
Shershoh Bixar rojalarini Humoyunga qarshi kurashishga chaqirdi. 1539-yili Chaus va 1540-yili Kanauj janglaridagi mag‘lubiyatlardan sо‘ng Humoyun Hindistondagi mulklarini Shershohga topshirishga majbur bо‘lib, Sindga, keyinroq Marvarga chekindi. 1544-yili safaviy Tahmosp I dan yordam olib, (Tahmosp I 1524-1576 yillarda yashagan; safaviylar sulolasiga mansub Eron shahanshohi (1541-1576 yillarda boshqargan), 10 yoshida shahanshoh bо‘lgan) va keyingi yili Kamron mirzodan Qandahor va Qobulni tortib oldi.
1545-1550 yillarda Humoyun Komron bilan kurashdi, natijada Qobuldan ikki marta chiqib ketdi. Shershoh о‘limidan sо‘ng, uning vorislari о‘zaro urushga kirishdi.Bundan foydalangan Humoyun 1555 yil fevralda Panjob hukmdori Iskandarshohni yengib, Lahorni qо‘lga kiritdi. Iyulda esa Agra va Dehlini ishg‘ol etdi.
1556-yilda Humoyun tasodifiy falokat tufayli halok bо‘lgach Boburiylar sulolasi hukmdorlari ichida “Buyuk Akbar” degan unvonga sazovor bо‘lgan Humoyunning о‘g‘li 13 yashar Akbar (1542-1605 yillarda yashagan) 1556 yilning 14 fevralida Panjobdagi Kalanaura bog‘ida bо‘lib о‘tgan marosimda otaliq tarbiyachisi Bayramxon tomonidan Hindiston taxtining tojdori deb e’lon qilinib, u Jaloliddin Muhammad Akbar nomi bilan Hindistondagi boburiylar saltanatining podshohi deb e’lon qilindi. Yosh podshoh nomidan 1560 yilgacha davlat ishlarini “otaliq” (otaliq, turkcha;-kо‘pgina xalqlarda badavlat xonadon egalari tomonidan farzandlarini tarbiyalash uchun vassallar yoki xizmatkorlarga berish, farzand ma’lum yoshga yetganda oilasiga qaytgan) olib bordi.
Oradan 4 yil о‘tgach,otalig‘i Bayramxonni Makka ziyorati bahonasida Hindistondan badarg‘a qildi, va bir qancha qо‘zg‘olonlarni, jumladan, ukasi Hakimning isyonini bostirdi. 1579-yili chegaralarni kengaytirish uchun qо‘shni hududlarga yurish boshladi. Akbar Rajputan, Gujarot, Bengaliya va Kashmirni istilo qildi.
Akbarshoh 1556-1605 yillarda Hindistonni boshqarishda uzoqni kо‘zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli Hindistonda о‘z hukmronligini tо‘la va uzil- kesil о‘rnata oldi. Shuning uchun ham Hindistonda Boburiy hukmdorlar ichida eng ulug‘i “Buyuk Akbar” deb atashgan.
U idora qilgan davrda mamlakatning sharq va janub tomondagi bir qancha viloyatlar; Bengaliya, Orissa, Gujarot, Markaziy Hindiston, Kashmir viloyatlari hamda Xandeshi va Ahmadnagar sultonliklari qо‘shib olindi.
Shimolda Eronga qarashli muhim karvon savdosi punkti bо‘lgan Qandahor shahri ham bosib olinib, Hindistonga qо‘shib olindi. Boburiylar imperiyasida davlat tili turk va hind tillari edi. 1574-yili tashqi xavfni bartaraf etgach, davlat ichida bir qator islohotlar о‘tkazdi.
Akbar о‘zidan oldingi shohlardan boshqaga yо‘l tutib, hind feodallarini о‘z xizmatiga tortishga harakat qilgan edi. U hind savdogarlariga doim homiylik qilib kelgan. Hinduizmga e’tiqod qiluvchilarga nisbatan diniy ta’qiblar ham Akbar davrida tо‘xtatildi. Hind aholisi jizyadan ozod qilindi, bundan oldin esa faqat musulmonlar bu soliqdan ozod qilingan edilar.
Vaziri Abul Fazl bilan birga 1581-yili induizm, zardо‘shtiylik, va xristianlikdan ba’zi aqidalarni olib, yangi “dini ilohiy” nomli yangi din qonunlarini о‘rnatishga urindi. U Fotihpur, Sikri shahrida ibodatxona qurdirdi. Unda musulmonlar, hinduylar, zardо‘shtiylar va xristianlar turli xil munozaralarda qatnashgan. Lekin kо‘plab musulmonlar yangi dinni qabul qilishni xohlamasdi.
Dini ilohiy mistizm,falsafa va tabiatga sig‘inishni о‘zida mujassam qilgandi.
Akbar qibla sifatida Quyoshni olgan, sо‘nmas olovni tashkil qilgan, braxmanlar arqonini bog‘lab yurgan va peshonasiga hinduylar belgisini qо‘yib olgan. Akbar saroyida mol gо‘shti yeyish ta’qiqlangan.
1593-yilda Akbar din erkinligi tо‘g‘risida farmon chiqarib, avvallari majburiy ravishda islom diniga kiritilgan hindlarga о‘zlarining ilgarigi dinlariga bemalol qaytishiga ruxsat etgan edi. Akbarshoh о‘z tarafiga mahalliy hind aholisini ham og‘dirishga harakat qildi. U mamlakatni boshqarishga musulmonlar bilan birga hindlarni ham jalb qildi, hindlarni har qanday ta’qib qilishlarni tо‘xtatdi, hindlar uchun muqaddas bо‘lgan sigirni sо‘yish va gо‘shtini iste’mol qilish, hindlarning ‘’satiy’’- ya’ni (eri vafot etsa beva qolgan ayolning olovda kuydirilishi) kabi odat va an’analarni ta’qiqladi va ularni jizya (jon solig‘i) dan ozod qildi.
Akbar podshohlik qilgan davrda soliq ishlari tartibga solindi. Birinchidan, soliq tizimini yaxshi yо‘lga qо‘yish uchun ekin ekiladigan yerlarni maxsus о‘lchovdagi bambuk tayoqda aniq о‘lchab chiqildi; ikkinchidan, mahsulot bilan olinadigan soliqni rasman pul tо‘loviga almashtirildi.
Akbarning buyrug‘i bilan butun Hindiston uchun yagona yer о‘lchovi joriy qilindi. Davlat solig‘i hosilning 3/1 qismi miqdorida belgilangan edi. Soliqlarni tо‘plashda ijarachilik tizimi bekor qilinib, soliqlarni maxsus moliya amaldorlari bilan yig‘ib olish joriy qilindi.
Akbar podshohligi davrida о‘zbeklar (mо‘g‘ullar)ning imperiyasi 15 ta viloyat (suba), (suba, hind.-bir necha sarkorlikdan(sarkor, forscha.boshliq, boshlab beruvchi degani) iborat viloyat), larga bо‘lindi, bu viloyatlar (suba) lar quyidagilar; Qobul, Lohur, Mо‘lton, Dehli, Ajmir, Agra, Aud, Ahmadobod, Molva, Ollohobod, Bihar, Kxandesh, Berar, Ahmadnagar, Bengaliya subalaridir.
Akbar davrida har bir viloyatga shoh noibi - hakam (gubernator) boshliq qilib qо‘yilgan edi. Shuningdek, har bir viloyatga foujarlar - harbiy boshliqlar, gumashtalar - soliq yig‘uvchilar va kutvollar - shahar boshliqlari tayinlanardi.
Har bir subaga shoh noibi subador hokim qilib qо‘yilgan edi. Akbar davrida yangi kanallar qazildi, eskilari tiklandi, irrigatsiya tizimi ancha kengaydi. Dehli shahrida katta- katta saroylar va har xil hukumat binolari qurilib, bu shahar о‘sha davrda jahondagi barcha shaharlarning eng kattasi va gullab yashnayotgan shahariga aylangan edi.
Akbar va uning vorislari davrida Agra shahri Dehlidan keyin Hindistonning ikkinchi poytaxti edi, sababi ularning rezidensiyasi (qarorgohi) shu shaharda edi.
Akbarshoh ilm- ma’rifatga tashna bо‘lib, uning davrida maxsus davlat tasviriy san’at korxonasi va rasmlar bо‘linmasi-naqqoshlik ta’sis etilgan.
Akbar qо‘shinda kuchli intizom о‘rnatdi. Davlatda yangi ma’muriy chegaralash о‘tkazdi, umumiy soliq tizimini joriy qildi. Natura shaklida olinadigan, odatda hosilining 1/3 gacha yetadigan yer solig‘i pul shakliga о‘tkazildi. Hosil bо‘lmaganda va ocharchilik paytida soliq olish ta’qiqlandi. Imperiya bо‘ylab uzunlik va og‘irlik о‘lchov birliklari bir xil kо‘rinishga keltirildi, shuningdek, Ulug‘bek jadvaliga asoslanib, yagona quyosh taqvimi joriy etildi. Boburiylar ta’sirini oshirish maqsadida hindlarni davlat ma’muriyati va qо‘shinda muhim lavozimlarga tayinladi.
Akbarshohning hukmronlik yillari imperiyaning “oltin davri” bо‘lgan. Akbar boburiylar tarixida birinchi marta tili, diniy e’tiqodi, urf-odati, ijtimoiy, madaniy jihatdan turli taraqqiyot bosqichidagi xalqlar, elatlar va qabilalardan iborat misli kо‘rilmagan qudratli saltanatga ega bо‘ldi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin