Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Mavzu: Frank davlatida feodalizmning yuzaga kelishi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə2/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Mavzu: Frank davlatida feodalizmning yuzaga kelishi
Reja:
1.Xlodvigdan oldingi franklar.
2.’’Sali haqiqati’’ga ko’ra franklarning ijtimoiy tuzumi.
3.Merovinglar hokimiyatining zaiflashuvi.
4.Karolinglarni idora qila boshlashi.
5.Karl Buyuk imperiyasi.
6.Karl Buyuk vafotidan keyin frank davlatidagi o’zaro urushlar. So’nggi karolinglar.
7.Kapetinglarni idora qila boshlashi.
Tayanch iboralar:
Vandallar; vesgotlar; osgotlar; franklar, xamavlar, sukambrlar, batavlar,langobardlar; ’’sali franklari’’; ’’ripuar franklar’’; merovinglar sulolasi; ’’Sali haqiqati’’; drujina; vergild; solid; villa; allod; titul; benefitsiy; votchina; litlar; Karolinglar sulolasi; Karl Buyuk imperiyasi; patronat; kommendatsiya; obrok; prekariy; magnat; mayyordom; sekulyarizatsiya; ’’yalqov qirollar davri’’; Mons Vatikanus; marka; vestfallar; ostfallar; seneshal; marshal; kamerariy; saroy grafi; arxikansler; edikt; arxikapellana; graf; pag; satsebaronlar; tunginlar; vikariylar; gertsog; kaputulyariy; sen’or; normannlar; Kapetinglar sulolasi.
Vandallar sobiq imperiyaga qarashli Shimoliy Afrikani, g’arbiy gotlar (vestgotlar) Ispaniyani, sharqiy gotlar (ostgotlar) Italiyani, franklar Galliyani, anglo va sakslar esa Britaniyani egallab oldilar. Shu joylarda o’z davlatlarini barpo etdilar.
Rim imperiyasi hududiida tuzilgan varvar qirollikla­ri ichida eng kattasi va kuchligi franklar qirolligi edi. Franklar bora-bora burgundlarni bо‘ysundirdilar. Galliyadan vestgotlarni surib chiqardilar. Italiyada langobardlarni zabt etdilar va Reynning narigi tomonida qolgan german qabilalarining hammasini deyarli о‘zlariga itoat ettirdilar.
Franklarning о‘zlari ham dastlab Reynning narigi tomonida yashar edilar. Ularning turli xil nomlarda, masalan, Tatsit asarida xamavlar, sukambrlar, batavlar degan nomlar bilan atalgan. «Frank» degan nom (bu sо‘zni «jasur», «erkin» deb tarjima qilishadi) III asrning о‘rtalarida paydo bо‘lib, Reynning о‘rta va quyi oqimlarida yashagan butun bir guruh german qabilalariga taalluqli umumiy bir nom edi, bu qabilalar dastlab Reyn daryosining о‘ng qirg‘og‘ida yashar edilar. 451 yildagi Katalaun jangida,franklar rimliklar tarafida turib xunnlarga qarshi urushib, ular katta-katta ikki guruhga bо‘lindilar. Bir guruhi (Reynning quyi oqimida yashovchi) dengiz bо‘yi franklari yoki sali franklari deb, ikkinchi guruhi (Reynning о‘rta oqimida yashovchi) franklar—qirg‘oq franklari yoki ripuar franklari deb atalar edi. Bulardan kuchlisi sali frank­lari bо‘lib, ular Galliyaning g‘arbiga qarab bordilar. Sali franklarining birinchi qiroli Meroviy bo’lib, u 437 yilgacha boshqargan, undan so’ng taxtga uning o’g’li Xilderik chiqib, u (437-481)yillargacha boshqargan. Undan so’ng Xlodvig davri (481—511) boshlanib, bu haqda Tura shahrining yepiskopi Grigoriy Turskiy yozib, «Franklar tarixi» degan kitobida mufassal bayon qilib bergan.
Xlodvig 486 yilda butun shimoliy Galliyani istilo qiladi. Rimnilg bu viloyati hali varvarlar tomonidan zabt etilmagan hudud edi, Rim imperiyasi qulagandan keyin Shimoliy Galliyani Siagriy degan rimlik bir magnat, idora qilar edi, bu viloyatning markazi Parij edi. Siagriy franklarga jiddiy qarshilik kо‘rsata olmadi, Suasson shahriga yaqin bir joyda Rim qо‘shini franklar tomonidan tor-mor etildi. Siagriy vestgotlar qiroli huzuriga qochadi, lekin vestgotlar qiroli uni Xlodvigga tutib berdi. Xlodvig Sena va Luara daryolari havzasini zabt etib olib, franklarga juda ko’p mо‘l-kо‘l yer bо‘lib berdi.
90- yillar о‘rtasida Xlodvig xristianlikni qabul qildi. Dastlab xristianlikni Xlodvigning о‘zi va drujinasi qabul qilgan bo’lsa, keyin oddiy franklar va ularning oila-a’zolari ham qabul qildilar. Franklarning V asr oxiri-VI asr boshlaridagi ijtimoiy tuzumi «Sali haqiqati» franklarning sud sohasidagi rasm-qoidalarni tо‘plami bо‘lib, Xlodvig zamonida (500 yilga yaqin) yozilgan. «Sa­li haqiqati»ga («Lex Salia») asoslanib, franklarning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bо‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Ularning xо‘jaligida chorvachilik (ayniqsa chо‘chqa boqish) katta rol о‘ynagan. «Sali haqiqati»da yana baliqchilik, asalarichilik, bog‘dorchilik va dehqonchilikka oid bо‘lgan asosiy hunarlar tо‘g‘risida ham yozilgan.
«Sali haqiqati»da franklarning ijtimoiy va mulkiy tabaqalanishi ham ochiq-oydin berilgan edi. Birinchi о‘rinda qirol drujinachilari turib, ularning vergeldi (nemischa,Werheld, Wer-kimdir, va Geld-pul ;-germanlarda ozod kishini o’ldirganlik uchun pulli to’lov yoki xuni) 600 solid (solid, mil.avv. 309-yili imperator Konstantin tomonidan chiqarilgan qadimgi Rim tangasi bo’lib, vazni 4,55 gramm oltin tanga bo’lib, IV-VI asrlarda franklarda ham muomalada bo’lgan) qilib belgilangan edi. Oddiy erkin frankning joni uchun faqat 200 solid vergeld tо‘lanar edi. Yarim erkin kishining — litning — vergeldi esa 100 solid edi. Qulning vergeldi 30 solid edi.
Xlodvigning vorislari qirol yer­larini benefitsiy («xayr», «saxovat») tarzida о‘z drujinachilariga bо‘lib berdilar, bular asta-sekin (votchinachi)- katta yer egalariga aylanib bordilar, ular yerni meros tariqasida о‘z bolalariga qoldirardilar.
Cherkov ham qirol xazinasidan in’om (donatio) tari­qasida kо‘p yer oldi. Dunyoviy zodagonlar ham cherkov zodagonlari ham, о‘z yerlarini, qiroldan tashqari, dehqonlar hisobiga kengaytirdilar. Dehqonlar qо‘shni dunyoviy katta yer egalari homiyligiga (patronat yoki kommendatsiya ;ishonib topshiraman, beraman degan ma’noni bildirib, G’arbiy Yevropada ilk o’rta asrlarda o’zini kuchliroq, boyroq, qudratliroq kishi homiyligiga topshirish hujjati)ga о‘tdilar. Shuningdek, dehqonlar cherkovdan madad olish maqsadida yerlarini shu shaklda bо‘lar edilarki, cherkov-dehqonlarga bir uchastka yerni ma’lum miqdorda obrok tо‘lab turish yoki barshchina о‘tash sharti bilan umrbod foydalanishga berardi, bu yer turi prekariy («iltimosga muvofiq berilgan yer») deb atalardi.
Merovinglar dinastiyasi (402-687yillarda boshqargan) deb nom chiqargan Xlodvig о‘zaro urushlar natija­sida zaiflashdi. Xlodvigning vorislari о‘rtasida bо‘lgan qirq yillik urushdan ko’proq vaqt davom etgan urush VI asrning 60- yillari oxiridan to 613 yilgacha davom etdi. Dinastiyaning ikki avlodi о‘rtasida bо‘lgan bu urushda ikki qirolicha ayniqsa katta rol о‘ynadi. Biri; Avstraziya qiroli Sugibertning xotini Brungilda, ikkinchisi; Neystriya qiroli Xilperikning xotini Fredegonda edi. Brun­gilda (u vestgot malikasi edi) qirol xonadonidagi 10ta shahzodani о‘ldirtirib, raqibi Fredegonda va eri Sugibert vafotidan keyin, dastlab о‘g‘li nomidan, keyin nevaralari nomidan taxtni idora qildi.
613 yilda butun hokimiyat Xilperik va Fredegondaning о‘g‘li Xlotar II ga о‘tdi.
Xlotar II hokimiyati kuchli hokimiyat bо‘lmadi. Xlotar II ning о‘g‘li Dagober zamonida (629—639) qirol hokimiyati obro’si oshdi. Dagober franklarning sharqdagi chegaralarini kengaitirishga urinib, slavyanlarga qarshi yurishlar qildi. Lekin u о‘lgandan keyin shuiday bir davr boshlandiki, 639 yildan 751 yil о‘rtasidagi butun bir davr «yalqov qirollar» davri deb ataldi.
. VII—VIII asrlardagi Merovinglar faqat nomigagina qirol bо‘lib, ular qо‘lida haqiqiy hokimiyat yо‘q edi. Butun ma’muriy, sud va harbiy hokimiyatni mahalliy magnatlar tortib oldi. Neystriya, Burgundiya va Avstraziyada eng zodagon xonadonlar yetishib chiqib, bular о‘z yurtlarida qirol mayordomlari sifatida butun hokimiyatni о‘z qо‘llariga oldilar. Mayordom (’’xonadon og‘asi’’, ya’ni saroy boshlig‘i deb atalib, Merovinglar davridagi oliy mansabdor shaxs).
Dastlab uch mayordomdan eng kuchlisi Neystriya mayordomi edi. U Burgundiya mayordomini bо‘ysundirdi, lekin Avstraziya mayordomining qarshiligiga uchradi.
Avstraziyaning Pipinlar xonadonidan chiqqan mayordom gertsog Pipin II Geristalskiy 687 yilda Tertri yonida raqibi Neystriya mayordomini tor-mor qilib, butun qirollikni bir о‘zi idora qila boshladi, u hokimiyat tepasiga kelgach, yangi dinastiya, bu dinastiya keyinchalik uning mashhur namoyandasi bо‘lgan Karl Buyuk nomi bilan Karolinglar dinastiyasi (687-987yillarda boshqargan) deb ataldi.
Pipin Geristalskiyning о‘g‘li Karl Martell («Tо‘qmoq») mayordom-gertsog sifatida 715 yildan 741 yilgacha idora qildi. Karl Martell Neystriyaliklarni uzil-kesil tor-mor qildi, sо‘ngra frizlar, sakslar, allemanlar va bavarlarga qarshi yurishlar qilib, Reyn­ning narigi tomonida frank davlatini tikladi, bu qabilalar franklarga yana xiroj tо‘laydigan bо‘ldi.
732 yilda Galliyaga bostirib kirgan arablarga qarshi olib borilgan jang Karl Martell tomonidan berilgan zarba bir tomondan arablarning Yevropaga kirib borishiga chek qo’yilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mayordomlarning qudratini kuchayishiga va ularning qirollikning haqiqiy egalariga aylanishini tezlashtirdi. 732 yil oktabrdagi Puatye yonidagi jang uch kun davom etib, jangda Abdurahmon I o’ldirildi, bu jangda erishgan g‘alabasi uchun Karl Martell «tо‘qmoq» degan nom oldi.
Karl Martell harbiy islohot o’tkazdi. Harbiy ishda otliq qо‘shin uzil-kesil ravishda asosiy о‘rin tutadigan bо‘lib qoldi (ilgari asosiy kuch piyoda askarlar edi). Harbiy islohot o’tkazilishi munosabati bilan Karl Martell yer sohasida ham siyosat yurgizdi. Yaxshi qurollangan otliq askarlar zarur bо‘lganligi sababli, Karl Martell davlat fondiga qarashli yerlardan harbiy benefitsiy deb atalgan yer maydonlari berish keng qо‘llandi. Bu benefitsiylar harbiy xizmatni о‘tash sharti bi­lan umrbod foydalanish uchun beriladigan о‘rtacha va mayda pomestyelar edi.
Harbiy xizmat о‘tovchilarga davlat fondiga qarashli yerlar­ berishdan tashqari Karl Martell cherkov yerlaridan ham qisman foydalandi. U о‘ziga qarshi kо‘tarilgan qо‘zg‘olonlarda dunyoviy zodagonlar va yepiskop va abbatlarning pomestyelarini musodara qildi. Neystriyada va Akvitaniyada bunday ru-honiy yer egalari kо‘p edi. Ruhoniylardan musodara qilib olingan yerlar ham benefitsiylarga aylantirildi.
G‘arbiy Yev­ropa tarixida bu narsa birinchi marta о‘tkazilgan katta seku­lyarizatsiya (lot.dunyoyiy degani, davlat tomonidan cherkov mulkini dunyoviy mulkka aylantirish) edi, ya’ni cherkov mulkini tortib olib, dunyoviy kishilar qо‘liga topshirish edi.
Karl Martellning o’g’li Pipin III Pakana ham (741—768) avval faqat mayordom unvoni bilan yurdi. Pipin hokimiyat tepasiga kelgach, papalar bilan dо‘stona munosabat о‘rnatishga harakat qildi. U cherkov yerlarini sekulyarizatsiya qilishdan bosh tortdi.
751 yilda Suasson shahrida frank zodagonlari yig‘ilishida Pipin frank qiroli deb e’lon qilindi. Oxirgi Meroving qiroli Xilperik III monastirga jo’natildi, umrining Merovinglarni chetlatishda yordam berganligi uchun papaga minnatdorlik yuzasidan Pipin Pakana langobardlarga qarshi 755—756 yillarda ikki marta yurish qilib, chunki langobardlar papani siqib, Rimni bosib olish xavfini solayotgan edilar.
Pipin III pakana papa Stefan II (752—757) ga 756-yilda Ravenna va Rim viloyatlarini «hadya» qil­di, shu tariqa VIII asrning о‘rtalarida Yevropada cherkov papa davlati rashkil topdi, (bu davlat Rim shahrining bir qismini egallagan,’’papa davlati’’-Vatikandir, u 1922 yildan beri yashab kelmoqda).
Karl Buyuk Karolinglar dinastiyasining eng atoqli namoyandasi edi. U 46 yil (768-814) hukmronlik qildi. Karl katta sarkarda va istilochi edi. Karl Buyukning shaxsan о‘zi 50 dan ortiq yurishda qatnashdi. U 773—774 yillarda langobardlarga qarshi urushib, langobardlar poytaxti Paviyani bosib oldi va qirol Dezideriyni taxtdan tushirdi. Langobardiya shundan keyin о‘z mus-taqilligini yо‘qotdi, frank qirolligiga |qо‘shib olindi, graflar tomonidan idora qilina boshlandi. Keyinchalik Karl Langobardiyaga о‘g‘li Pipinni vitse-qirol qilib tayinladi. Karlni ’’franklar va langobardlar’’qiroli deb e’lon qilishdi.
VIII asrning 70-yillarida Karl arablar bilan ham urush qildi. U 778 yilda Pireneya tog‘lari orqasiga yurish qilib, Sa­ragosa shahrini bosib olishga harakat qildi. Yurish muvaffaqiyatsiz chiqadi Saragosani ololmaydi.Qaytishda Ronseval darasida franklarga mahalliy aholi basklar hujum qiladi.Bu jangda franklar otryadi deyarli qirib tashlanadi. Halok bо‘lganlar qatorida Bretan markasining grafi Roland ham bor edi. Keyincha bu epizod «Roland haqida qо‘shiq» nomli mashhur dostonga mavzu bo’ldi.
Karl Buyukning Ispaniyaga 2chi marta yurishi 801-yildagi yurish natijasida Barselona shahri tortib olinib,bosib olingan yerlarda Ispan markazi tuzilib,franklar davlatining chegara viloyatiga aylantirildi, va bu okrugga Barselona grafligi deb nom berildi.
Karl Buyukning sakslar bilan urushi 30 yildan ortiq (772 yildan 804 yilgacha) davom etdi. Sakslar G‘arbiy Germaniyadagi eng katta qabila edi. Ular Reyndan El’bagacha chо‘zilgan juda katta hududda yashar edilar. Karl sakslarni dastlab VIII asrning 70- yillarida bо‘ysundirdi. Avval g‘arbiy sakslar-vestfallar (ular Reyn va Vezer daryolari о‘rtasida yashar edilar) bо‘ysundirildi. Undan keyin Ostfallar-sharqiy sakslar (ular Vezer daryosining sharqida yashar edilar) bo’sundirildi. 777 yilda Paderbornda bо‘lgan syezdda saks qabilalarining boshliqlari Karlga qasamyod qildi. Bu esa sakslarning ko’pchiligi tomonidan xiyonat deb qabul qilinib, franklarga qarshi kurashning kuchayishiga olib keldi.
778 yilda sakslar qо‘zg‘olon kо‘tardilar, bu qо‘zg‘olondan maqsad frank­lar zulmidan xalos bо‘lish edi. Qо‘zg‘olon kо‘targan sakslarning asosiy boshliqlaridan biri — vestfallar gersogi Vidikund qimmatbaho in’omlarga sotilib, 785 yilda sakslarga xiyonat qildi va Karl tomoniga о‘tdi. Nihoyat, 804-yilga kelib, Saksoniya batamom Karl Buyuk imperiyasi tarkibiga kiritildi.
Sakslar bilan urishish vaqtida Karl Sharhiy Yevropadagi boshqa xalqlar bilan ham urush olib borishga majbur bо‘ldi. U polab (El’ba bо‘yi) slavyanlari bilan urushdi va bu qabilalardan ba’zilari — lyutichlar va lujichanlarga — xiroj soldi, Dunayning о‘rta oqimidagi avarlar (sharqik, xunnlarga yaqin qabila bo’lib,VI asrning oxirlarida O’rta Yevropada vujudga kelganlar. Ular Dunay bo’yi rayonlaridagi slavyan qabilalarini bir qismini o’ziga bo’ysundirgan) asos solgan Avariya podsholigi franklarga qaram bо‘ldi. Karl Buyuk zamonida uning chegaralari g‘arbda Ebro daryosi, Pireneya tog‘laridan Atlantika okeanigacha, sharqda El’ba va Dunay daryolari va Adriatik dengizi qirg‘oqlarigacha, shimolda Friz (yoki Nemis) va Boltiq dengizlarigacha, janubda deyarli janubiy Italiyagacha bordi. Papa davlati ham Karl Buyuk davrida unga bо‘ysunuvchi vassal davlat bо‘lib qoldi.
Frank qiroli qо‘l ostidagi yerlarning juda kengayib ketishi, Karl Buyukni va uning maslahatchilarini unvonini (titulni) о‘zgartirish tо‘g‘ri keldi. 800 yil 25-dekabr kuni Avliyo Pyotr ibodatxonasida Rim papasi Lev III Karlni imperator deb e’lon qildi va unga toj kiydirdi.
Juda katta bir davlatni idora qilish uchun Karl ma’muriy apparatni qayta tuzib chiqdi.
Karl Buyukning idora qilish markazi qirol saroyi— palatsiy edi. Yuqori mansabdagi amaldorlarning butun ishi shu palatsiyda markazlashtirilgan edi. Bular; palata grafi (bu oliy sudya bо‘lib, imperatorning yо‘qligida uning о‘rinbosari ham edi); arxikansler (imperator devonxonasining boshlig‘i); kamerariy (qirol xazinasining boshlig‘i); konnetabl (qirol otliq askarlarini -boshqaruvchi) dan iborat edi. Imperatorning farmonlari yozma ravishda tuzilib, kapitulyariya deb atalar edi (kapitulyariya latincha caput degan sо‘zdan olingan bо‘lib, bob demakdir, farmon alohida paragraflarga bо‘linganligi uchun shunday deb atalardi). Karl Buyukning 250 ga yaqin farmoni bizgacha yetib kelgan.
Karl Buyuk 814 yilda 72 yoshida vafot etdi va Axenga kо‘mildi. Taxt uning katta о‘g‘li Lyudovik Xudojo’yga о‘tdi. Lyudovik davrida (814-840) imperiyaning bolinib ketishiga urinishlar ko’p bo’ldi. U lapashang qirol bо‘lib, ruhoniylarga (uning Xudojо‘y degan laqabi ham shuni kо‘rsatadi) va dunyoviy zodagonlarga qaram edi. Uning qirollik davrida ko’p g‘alayonlar bo’lib turdi.
Lyudovik Xudojо‘y vafotidan keyin imperator unvonini olgan Lotarga qarshi ikki ukasi — Lyudovik Nemis bilan Karl Yaltiroqbosh bosh kо‘tardi.841-yilda Fontenua yonidagi jangda Lotar ikkala ukasining birlashgan qо‘shinlaridan yengildi, 842 yilda Lyudovik bilan Karl Strasburg shahri yonida bitim tuzib, Lotar ustidan tо‘la g‘alaba qozonmaguncha kurashni davom ettirishga ahd qilishdi.
Endi g‘a­laba qozonishga kо‘zi yetmagan Lotar yon berishga majbur bо‘ldi.
843 yilda Verdenda Karl Buyukning uch nabirarasi imperiyani uch qismga bо‘lib oldi. Verden ahdiga muvofiq akasi Lotar imperatorlik unvonini saqlab qoldi, lekin ukalariga nisbatan hech qanday maxsus huquqqa ega emas edi.
Lotarga- Italiya, sharqda Reyn bilan g‘arbda Mass, Shelda, Sena va Rona daryolari о‘rtasidagi yerlar tegdi, Reynning sharqidagi yerlar Lyudo­vik Nemisga tegdi, Lotarga qarashli yerlarning g‘arbidagi yerlar Karl Yaltiroqboshga tegdi.
Verdenda bо‘lgan taqsimot Yevropada keyinchalik vujudga kelgan uchta katta davlat— Fransiya, Germaniya va Italiyani tashkil topishini belgilab berdi. IX asrning yarmida bu davlatlar ichida eng yaxliti «g‘arbiy franklar» davlati edi, bu keyinchalik vujudga kelgan Fransiyaning kurtagi bo’ldi.Bu yerdagi aholining asosiy ommasi endi tashkil topib kelayotgan franshuz xalqidan iborat bо‘lib, bu xalq alohida bir shimoliy roman tilida, ya’ni ilk fransuz tilida gapirishar edi. Bu davlatning poytaxti Parij bо‘lib, u Luara daryosi yaqinidagi Sena daryosida joylashgan.
«G‘arbiy franklar» qirolligi yoki ( X asrdan Fransiya deb atala boshlandi) da Karolinglar X asrning oxirigacha hokimiyatni о‘z qо‘llari ostida saqlab keldilar. Germaniya bilan Italiyada esa X asrning boshlarigacha hokimiyatni boshqargan edilar.
«Birinchi fransuz qiroli» Karl Yaltiroqbosh о‘z zodagonlariga yon berishga majbur bо‘ldi. 847 yilda u Mersen kapitulyariysini imzolab, unda har bir erkin kishiga senyor topib olishni taklif qildi, qirol о‘z fuqarolari ustidan qanday hokimiyatga ega bо‘lsa, senyor ham о‘z vassallari ustidan shunday hokimiyatga ega edi. 887 yildagi Kyersen kapitulyariysi yer benefitsiylarining nasldan-naslga meros bо‘lib qolishini qonunlashtirdi.
Karl II Yaltiroqbosh zamonida Fransiya qirolligiga normanlar hujum qila boshlagan edi. Karl II vafotidan keyin (877 yil) bu hujumlar juda ham avj oldi. Hujum qilganlar qisman norvejlar, qisman shvedlardan iborat bо‘lgan skandinavlar edi. Ular dengizda suzishni yaxshi bilgan, temir qurollardan foydalana olgan (chunki Skandinaviyada temir rudasi chqar edi), normanlar kemalarida fransuz daryolari quyiladigan joylargacha kelib, mamlakatni talab ketardilar.
885—886 yillarda normanlar Parijni 10 oy qamal qildi, lekin ololmadi. Parijning 1chi grafi Robert Zо‘rning о‘g‘li, graf Ed Parijskiy muvaffaqiyatli mudofaa uyushtirib, dushmanni qaytardi. Sо‘nggi Karolinglarning biri Karl IV Anqov 911 yilda quyi Sena qirg‘og‘ini normanlar boshlig‘i — gertsog Rollanga berishga majbur bо‘ldi, Rollan bu yerda kо‘chib kelgan normannlardan iborat juda kuchli bir knyazlik— Normandiya gersogligini tuzdi. Normanlar mahalliy aholi bilan tezda aralashib ketdilar, xristianlikni qabul qildilar va fransuz tili hamda urf-odatlarini о‘zlashtirib oldilar. Yangi fransuz-normandiya gersogligi Shimoliy Fransiyadagi eng kuchli feodal knyazlik bо‘lib qoldi, bu yangi knyazlik rasman Karolinglarga vassal-tobe edi, amalda esa ularga mutlaqo tobe bо‘lmay, ba’zan Parijning о‘zini ham bosib olish xavfini solib turardi.
X asrning oxiriga kelib, Karolinglar dinastiyasi qo’lida faqatgina Lan shahri qoldi, sо‘nggi Karoling Lyudovik V Yalqov о‘lgandan keyin graf Robert Zо‘rning avlodlaridan biri bо‘lgan Gugo Kapet 987 yilda zodagonlar va ruhoniylar yig‘ilishi tomonidan Fransiya qiroli etib saylandi. Shunday qilib, Fransiyani yangi dinastiya — Kapetinglar dinastiyasi idora qila boshladi.(shunday qilib,687 yilda Pipin II Geristalskiy asos solgan Karolinglar dinastiyasi, 987 yilga kelib, Lyudovik V Yalqov vafotidan keyin tugadi).
Kapetinglar dinastiyasining asoschisi Gugo Kapet bo’lib,1328-yilda Filipp IV vafotidan keyin, bu dinastiyada erkak zurriyoti qolmagach, hokimiyatga Filipp VI Valua o’tiradi,va Kapeting­lar dinastiyas tugadi. Lekin keyinchalik, XII va XIII asrlarda bu dinastiya shaharlarga suyanib, qaddini rostlab oladi, va Fransiyani birlashtirishga va markazlashgan davlatga asos solishga muvaffaq bо‘ladi.


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin