Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


VIII-IX asrlarda butparastlikka qarshi harakat



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə7/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

VIII-IX asrlarda butparastlikka qarshi harakat.Butparastlikka qarshi kurashni quyidagi tabaqalar quvvatladilar va ularning maqsadi shunday edi:

  1. Ayrim ruhoniylar vakillari quvvatladilar sababi, ular monaxlikning kuchayib ketishidan va о‘zlarining xalq ommasi о‘ztasidagi ta’sirini yо‘qotib qо‘yishdan qо‘rqardilar;

  2. Pavlikianlar. Ular avval ham cherkov an’analarini о‘zgartirishni talab qilgan edilar;

  3. Butparastlikk qarshi imperatorlar va ularning tayanchi bо‘lgan harbiy xizmatchi amaldorlar: keyinchalik ular bu harakatning mо‘tadil qanotiga aylandilar;

  4. Xalq ommasi: ular harakatning inqilobiy qanotini tashkil qilib, pavlikianlarga xayrixoh bо‘ldilar, ijtimoiy tengsizlikni va cherkov hukmronligini yо‘qotmoqchi bо‘ldilar.

Isavriyalik imperatorlar о‘z zamondoshlaridan «butga qarshi kurashuvchilar» degan laqab oldi. Ular butga sig‘inishga qarshi farmonlar chiqardilar, ularning buyrug‘i bilan ikonalar ibodatxonalardan olib chiqildi va ularning bir qismi yо‘q qilib tashlandi. Cherkov buni asos qilib imperatorni butga qarshi bid’atda aybladi. Imperatorlardan Lev III, Konstantin V va ularning vorislari ayni katta cherkov-monastir yer egaligiga qarshi kurash qizib ketgan bir paytda butga chо‘qinishga qarshi chiqdilar. Butga qar­shi kurash о‘ziga xos bir bahona bо‘lib, shu bahona bilan huku­mat eng yirik monastirlarni yopib qо‘ydi va cherkov-monastir mulklarini musodara qildi. Monastirlarning g‘azna ixtiyoriga olingan yerlari Vizantiyaning tashkil topayotgan ritsarlariga benefitsiy qilib taqsimlab berildi. Monastirlarning yerlari­dan harbiy xizmat uchun beriladigan bunday uchastkalar Vizan­tiyada alohida bir termin bilan xaristikiy («ehson», «xayr-saxovat») deb atalgan, bu esa ma’no jihatidan lotincha — «benefitsiy» sо‘ziga tо‘g‘ri keladi.
Foma Slavyan qо‘zg‘oloni. Pavlikianlik harakati.Kichik Osiyoda 820 yilning oxirida boshlangan qо‘zg‘olon deyarli barcha femlarni qamrab oladi. Harakatga Kichik Osiyolik bir femda komandir bо‘lgan slavyan qabilalaridan Foma Slavyan boshchilik qiladi va bu qо‘zg‘olon Foma Slavyan qо‘zg‘oloni deb nom oldi.
Unda dehqonlar, shahar kambag‘allari va imperiya tarkibidagi turli millat vakillari qatnashdilar. Kо‘p о‘tmay qо‘zg‘olonchilar katta, jangovor qо‘shin tо‘playdi. Foma imperiya taxtini egallash maqsadida, saroy siyosatidan norozi zodagonlarning bir qismini, butparast rohiblarni о‘z tomoniga tortadi. Foma Slavyanning maqsadi Oliy hokimiyatga ega bо‘lish edi. Arablar yordamiga tayanib Foma о‘zini Antioxiya shahrida imperator deb e’lon qiladi. Uning Konstantinopolni bosib olishga qilgan yurishida Vizantiya imperatori Mixail II (820-829) ga eng tahlikali vaqtda Bolgariya podshosi Omartag katta armiyasi bilan yordamga keladi va Mixail II ni halokatdan saqlab qoladi. О‘zini о‘nglab olgan Mixail II qо‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bо‘lib, 823 yilning yozida Foma lashkarini tor-mor etadi va Foma Konstantinopol bо‘sag‘asida mag‘lubiyatga uchraydi va asir tushib, qatl qilindi.
Muvaffaqiyatsizlikka uchraganligiga va sulola kurashiga aylanib ketganligiga qaramay, Foma Slavyan qо‘zg‘olonining shu tomoni muhimdirki, unda feodal ekspluatatsiyasining yangi formalariga qarshi kurashgan keng xalq ommasi qatnashdi. Shunisi xarakterliki, Foma halok bо‘lgandan keyin ham, umumiy rahbarlikdan mahrum bо‘lgan dehqonlardan va shahar kambag‘allaridan iborat ayrim otryadlar uzoq vaqtgacha 825 yilgacha qarshilik kо‘rsatishni davom ettiraverganlar. Shundan sо‘ng Kichik Osiyoda pavlikianlar harakati keng yoyiladi. Pavlikianlik VII asrda Armaniston va Suriyada diniy oqim (sekta) tarzida vujudga keldi, uning pavlikianlik deyilishiga sabab, bu sekta о‘z targ‘ibotida avliyo Pavelning maktubiga tayanadi. Bu ta’limotning asosida dualizm- ezgulik va yovuzlikning kurashi g‘oyasi yotadi. Pavlikianlar ta’biricha, xudo faqat ma’naviy dunyo- ezgulikni yaratgan. Moddiy dunyo esa, iblis yaratgan yovuzlik mahsulidir. Ular cherkovga davlatning tayanchi-shaytonning xizmatkori, deb qarashgan.
843 yilda imperatritsa Feodora tomonidan butparastlik qayta tiklanganidan sо‘ng, hukumat pavlikianlarga qarshi kurash boshlaydi. Rasmiy din- pravoslaviyaga qaytishni istamaganlar kaltaklangan, dengizga chо‘ktirilgan, gulxanlarda yondirilgan. Ammo pavlikianlar qarshilik kо‘rsatishda davom etganlar. О‘zlarining qattiq quvg‘in qilinishlariga qarshi pavlikianlar qurolli qо‘zg‘olon bilan javob beradilar. Uning markazi Kichik Osiyoda dagi Tefrika qal’asi edi. Kichik Osiyoda IX asr о‘rtalarida hattoki, poytaxti Tefrika bо‘lgan mustaqil pavlikianlar davlati ham vujudga kelgan. Imperator Vasiliy I (867-886) 872 yilda Makedoniyada pavlikianlarni tor-mor etdi. Bu harakat 879 yili, hukumat qо‘shinlari Tefrikani olib, pavlikianlar yо‘lboshchisi Xrisoxir о‘ldirilganidan keyin, uzil-kesil tugatiladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin