Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Mavzu : Arab musulmon davlatlarining yuksalishi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə10/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Mavzu : Arab musulmon davlatlarining yuksalishi
Reja :

  1. Qadimgi Arabistonning tabiiy sharoiti va aholisi.

  2. Arab xalifaligining tashkil topishi.

  3. Islom dinining paydo bo’lishi va tarqalishi.

  4. Ummaviylar va Abbosiylar sulolarida davrida xalifalik.



Tayanch iboralar:
Payg’ambar, islom, hijriy yil, xalifalik, xalifa, ushr, jizya, xiroj, Ummaviylar sulolasi, Abbosiylar sulolasi, zakot.
Arabiston yarim oroli Osiyo qit’asining janubi-g‘arbida joylashgan. Tomonlari teng bо‘lmagan tо‘rtburchakni tashkil qiluvchi bu yarim orolning shimolida Suriya-Mesopotamiya dashti, sharqida esa Fors kо‘rfazi, janubida - Hind okeani va g‘arbida Qizil dengiz bilan tutashadi. Yarim orolning uzunligi 2 ming km, eni esa 1,5 ming kilometrdan ziyodroq. Arab tilida u "Jazirat al-Arab", ya’ni "arab oroli" deb ataladi.
Qadimgi Arabiston Ossuriya matnlarida "arabi", Bobil matnlarida "matu arabi", qadimgi Eron manbalarida "araboye", va nihoyat, oromiy yozuvlarida "bet Arabaya" nomlari bilan atalgan. Shuningdek, bu matnlarning mazmunidan tushunilishicha, ularda asosan Iroq bilan Suriyani ajratib turgan sahro, ya’ni Shimoliy Arabiston kо‘zda tutilgan.
Qadimgi yunon-rim manbalariga kо‘ra, Qadimgi Arabiston jо‘g‘rofiy jihatdan uch qismga bо‘lingan:
1) Tog‘li Arabiston (Agabia Retgaye) - Qizil dengizning shimoliy sohili va Sino yarim orolidan shimoli-sharqda joylashgan uchburchak shakldagi hudud;
2) Sahroviy Arabiston (Agabia Dezerta) – Suriya - Mesopotamiya dashti bilan chegaradosh bо‘lgan va yarim orol ichkarisining bir qismini о‘z ichiga olgan joylar;
3) "Saodatli Arabiston" (Agabia Felix) - yarim orolning yuqorida zikr qilingan ikki qismidan tashqari bо‘lgan hududlar hisoblanadi. Shuningdek ta’kidlab aytish kerakki, yunon-rim mualliflari yarim orol ichki rayonlarining katta qismini о‘rganmay turib, ularni "Saodatli Arabiston"ga qо‘shganlar. Aslida bu yerlarning kо‘pchiligi sahrolardan iborat. "Saodatli Arabiston"ni yarim orolning janubiy-g‘arbiy qismi, ya’ni Yaman bilan cheklamok, darkor.
Qadimgi va о‘rta asrlar davriga taalluqli bо‘lgan aksariyat arab manbalarida Arabiston yarim orolining aholi yashaydigan qismi besh о‘lkaga bо‘lingan: bular, Yaman, Hijoz, Tihoma, Najd va Yamoma.
Arablar somiy xalqlar majmuasiga mansubdirlar. Somiy tillari aslida tо‘rt katta turkumni tashkil qiladi: 1) shimoliy-sharqiy - qadimgi Bobil va Ossuriya lahjalarini о‘z ichiga olgan Akkad tili; bu tilda miloddan avvalgi III ming yillikning о‘rtalaridan miloddan avvalgi I ming yillik oxirlarigacha yozilgan manbalar mavjud; 2) shimoliy-g‘arbiy-xanaan (amorey, ugarit, finikiy, qadimgi yahudiy) va oromey tillari; 3) arab tili; 4) arab-habash tili.
"Arab tili" va "arablar" tushunchalari nisbatan kech, asosan miloddan keyin paydo bо‘lgan. Ammo mutaxassislar Arabiston yarim orolida eramizdan bir necha ming yil avval aholi yashab kelgan, deb hisoblaydilar. Arab tarixiy adabiyotida "somiy kо‘chishlari" degan tushuncha mavjud bо‘lib, unga kо‘ra, gо‘yoki Arabistonda aholining tabiiy о‘sishi qadim zamonlarda shunchalik yuqori nisbatda bо‘lganki, taxminan har ming yilda yarim oroldan tashqari rayonlarga somiy xalqlarining katta kо‘chishi yuz berib turgan.
Arab tarixchilari qadimgi Arabiston aholisini ikki katta guruhga bо‘ladilar: islomdan oldin yо‘q bо‘lib ketgan arablar (arab boida) va islomdan keyin saqlanib qolgan arablar (arab boqiya). Ikkinchi guruhni odatda yana ikki qismga ajratadilar: a) janubiy yoki "asl" arablar (arab oriba), b) shimoliy arablar (arab musta’riba).
Qadimdan Arabiston yarim orolida arablar tarqoq holda yashardilar. VI asrning oxiri va VII asr boshlarida, ya’ni islom dinining vujudga kelishi arafasida Somiy qavmiga mansub arab qabilalari o’rtasidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasi bir xil emas edi. Yamanda savdo-sotiq rivojlanib, ilk davlatchilik belgilari shakllanayotgan bir paytda, yarim orolning shimoliy qismida joylashgan shaharlarda hali ham ibtidoiy turmush tarzi saqlanib qolgan edi. Sahrolarda ko’chmanchi chorvachilik bilan hayot kechiradigan arab qabilalari esa, hatto patriarxal urug’chilik tuzumining ilk bora yemirilish bosqichida turardilar. Arabiston yarim orolida yashagan qabilalarninig ko’pchiligi ularga qo’shni bo’lgan Misr, Vizantiya, Eron, Mesopatamiya kabi qadimiy madaniyat markazlariga qaraganda tarixiy taraqqiyotning ancha quyi bosqichida bo’lib, orqada qolgan edilar.
Arabiston yarim orolining g’arbiy qismida, Qizil dengiz sohillarida, geografik qulay bir hududda joylashgan va Xijoz deb nom olgan tuman bu davrda iqtisodiy taraqqiyotda ancha ilgarilab ketgandi. Karvon savdo yo’llari bu hududni janubda Yaman orqali Habashiston va Hindiston, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va sosoniylar Eroni bilan bog’lar edi. O’z davrida katta, iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan bu hududning markazi Makka shahri bo’lib, bu yerda yoz va qish fasllarida 2 mingtagacha tuyasi bor katta karvonlar tashkil etilgan.
О‘rta dengizdan Hindistonga boradigan muhim savdo yо‘li qadimdan Arabistondan о‘tar edi. Hijoz orqali shimoldan janubga katta savdo yо‘li о‘tar edi. Shu savdo yо‘lida ilk vaqtlardayoq katta-katta savdo punktlari, Makka, Yatrib va boshqalar vujudga keldi. Makka shahri ayniqsa katta ahamiyatga ega edi. Arablar о‘rtasida juda dong‘i ketgan ibodatxona bо‘lmish Ka’ba va undagi muqaddas qora tosh (hajari asvad) shu Makkada edi. Makkada shu Ka’ba atrofida har yili katta yarmarka bо‘lib turar edi. Makkaning savdogarlardan iborat bо‘lgan yuqori tabaqasi savdodan katta foyda kо‘rar edi.
VI asrning birinchi yarmida Arabiston yarim orolida asosini ko’chmanchi seliy qabilalari tashkil etgan Arab xalifaligi tashkil topdi. VII asr boshlarida Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlandi. Bu buyuk e’tiqod yakka xudolikka asoslangan islom dini edi.
Islom dinida payg’ambar hisoblangan Muhammad (s.a.v.) 570 yil 27 avgustda Makka shahrida Quraysh qabilasining Hoshimiylar xonadonida dunyoga keladilar. Hoshimiylar xonadoni Quraysh qabilasining nufuzli oilalaridan biri bo’lgan. Muhammad alayhissalomning bobolari Abdulmutallib Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi kalitining saqlovchisi bo’lgan. Ota-onalaridan juda yosh qolgan Muhammad alayhissalom dastlab bobolari, so’ng amakilari Abu Tolib qo’lida tarbiya oladilar.
Muhammad alayhissalom bir necha yillar davomida diniy tafakkur va ibodat bilan muttasil shug’ullanganlar, taqvodorlik bilan hayot kechirganlar. U kishi har doim Makka yaqinidagi Xiro g’origa borib ibodat qilganlar, oziq-ovqat va suv olib ketib, g’orda bir necha kunlar qolib, ibodat qilish odatlari bo’lgan. Diniy manbalarda ta’kidlanishicha Muhammad alayhissalomga payg’ambarlik 40 yoshga to’lganda nasib etadi.
Muhammad alayhissalom hayotida birinchi roy bergan vahiy hodisasining vaqti haqida barcha ilk islom manbalaridagi ma’lumotlar Qur’onning 97 ’’Qadr surasi’’ dagi ma’lumotga asoslangan. U ’’Laylatulqadr’’ kechasi deb ataladi. Tarixda bu kecha hijratdan 12 yil ilgari, ramazon oyining 26-sidan 27-siga o’tar kechasi-milodiy hisob bilan 610 yil 15-dan 16-avgustga o’tar kechaga to’g’ri keladi.
Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ta’limotiga qurayshlarning ummaviylar xonadoniga mansub bo’lgan va Makkada siyosiy hokimiyat tepasida turgan zodagonlar qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Ikki o’rtada ziddiyat g’oyat darajada keskinlashgach, ma’lum davrlardan beri Muhammad alayhissalom diniga sodiqlikda bo’lgan va Makka hukmronlari bilan raqobatlashib kelgan Yasribdagi Avs va Hazraj qabilalari bilan muzokaralar olib borgan Muhammad alayhissalom u yerga ko’chib boradilar. Hijrat (arab.ko’chish) deb atalgan mazkur voqea 622 yil 24 sentabrda yuz bergan. Shu kundan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlangan.
Makkadan Yasribga ko’chib borganlar islom tarixida ’’muhojirlar’’(ko’chib kelganlar), islomni qabul qilgan yasribliklar esa ’’ansorlar’’ (yordamchilar) deb nom oladilar. Keyinchalik islom adabiyotida Makka va Madina islomning muqaddas markazlari sifatida ’’Makkayi Mukarrama’’ va ’’Madinayi Munavvara’’ deb ataladigan bo’ldi.

623-630 yillarda Muhammad alayhissalom Makka shahri uchun bir necha bor o’z raqiblariga qarshi urushlar olib bordi. Nihoyat 630 yilda Makkaga 10 ming kishilik qoshin bilan bosib borildi va Makka sardori Abu Sufyon taslim bo’lib, islom dinini qabul qildi. Uning o’g’li Muoviya Payg’ambarning noiblaridan biri bo’ldi.


630 yilda Muhammad Arabistonning ayrim nuqtalarida paydo bo’lgan, soxta payg’ambarlar ustiga yurish qilib, butun boshli Arabiston yarim orolini egallab, kuchli davlatga asos soldi, ya’ni arab qabilalari payg’ambar Muhammad (s.a.v.)tomonidan yagona davlatga birlashtirildi. Bu davlat Yamandan Sino yarim oroligacha, Qizil dengiz sohillaridan Markaziy Qum sahrosigacha cho’zilgan yerlarni o’z ichiga olar edi. 632 yil 25 yanvarda Makkayi Mukarramaga so’nggi hajga safar qilgan Muhammad alayhissalom haj safaridan so’ng qattiq betob bo’lib qoladilar. U kishi betobligida Ka’ba masjidiga imomlikni o’tashni qaynotalari Abu Bakrga topshiradilar (622 yilda Xadicha vafotidan song Abu Bakrning qizi Oyshaga uylangan edilar). Muhammad alayhissalom o’limi oldidan quyidagilarni aytgan ekanlar:’’Dunyoda barcha insonlar barobardir. Nasab, rang yoki irq o’z-o’zicha insonni yaxshi yoki yomon etolmagay. Men sizga uch narsani meros qoldirdim: bular-mening oilam, Qur’oni Karim va ko’rsatgan ibratlarimdir. Shularni mahkam tutsangiz, hech qachon kam bo’lmaysiz’’.
Muhammad alayhissalom 632 yil 25 mayda o’z uylarida vafot etadilar. Payg’ambarimiz vafotidan so’ng u kishining ishonchli noiblari yoki o’rinbosarlari (arabcha.xalifalar) davlatni boshqarganlar. Ana shu tariqa tarixda ’’arab xalifaligi’’ paydo bo’lgan.Xalifalikning markaziy shahri Madina bo’lgan. 632-661 yillar Xulafoi roshidin (’’To’g’ri yo’lan boruvchi xalifalar’’) davri bo’lib, bular Abu Bakr Siddiq (632-634), Umar ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644-656) va Ali ibn Abu Tolib (656-661) dir.
Arabistonda Muhammad payg‘ambar faoliyati natijasida barpo qilingan markazlashgan davlatni imperiya deb atashga tо‘la asos bor: zero Vizantiya, Eron va Arabistonning maydoni bir-biriga teng edi (2,8-2,9 mln.kv.km). Aksariyat tarixchilar qadimgi Arabistonni asosan kо‘chmanchi badaviylar yurti sifatida tasvirlab kelishgan. Vaholanki, O.G.Bol’shakov hisobiga kо‘ra, qadimgi Arabiston aholisining kо‘pchiligini (4 milliondan ortiq) о‘troq aholi tashkil qilgan. Badaviylar esa yarim orol maydonining katta qismida tarqalgan bо‘lsalar-da, son jihatdan ozchilik edilar (3 millionga yaqin).
Muhammad alayhissalom ishining davomchilari bo’lgan xalifalar davrida islom g’oyasi yangidan yangi davlatlar va hududlarga tarqaldi. Bu din qisqa muddat ichida VI-VIII asrlarda Shimoliy Afrika, Suriya, Falastin, Iroq, Eron va O’rta Osiyo hududlariga tarqaldi. IX-XV asrlarda esa islom Xitoy chegaralaridan Fransiya janubigacha, Hindiston yerlaridan to Qizil O’rdagacha cho’zilgan hududlarni qamrab olgan edi.
657 yilda xorijiylar (arabcha.ajralib chiqqan, isyonchi) oqimi xalifa Ali tarafdorlari o’rtasidan ajralib chiqib, islomda ilk oqimni vujudga keltirdi. Xalifa Ali bilan ummaviylar o’rtasida hokimiyat uchun kurashda ular har ikki tomonga qarshi murosasiz kurashganlar. Xorijiylar oqimi keskin fikrlari bilan ko’pchilik musulmonlarning noroziligiga sabab bo’lgan. Keyin­chalik xorijiylik ham mayda-chuyda oqimlarga bо‘linib ketdi.
661 yilda Ali ibn Abu Tolib yollanma qotillar tomonidan Kufada o’ldirildi. Xalifalikda ummaviylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. Bu sulolaga Muoviya bin Abu Sufyon (661-680) asos soldi. Xalifalik poytaxti Damashqqa ko’chirildi.
661-750 yillar ummaviy xalifalarning hukmronlik davri bo’lib, bu davrda islom Shimoliy Afrikaga keng tarqaldi, xalifalik poytaxti Damashq bo’lgan. Shu tufayli Damashq xalifaligi deb ham atashadi. Damashq xalifaligi 90 yilcha (661—750) davom etdi. Shu vaqt ichida xalifalik о‘z yerlarini nihoyat darajada kengaytirdi. VIII asrning boshlarida Shimoliy Afrikaning butun qirg‘og‘i bosib olindi. 711—714 yillarda arablar Pireneya yarim orolini istilo qildilar. Muoviyaning о‘zi Konstantinopolga ikki marta, 669 va 680 yillarda yurish qildi. 717—718 yillarda arablar uchinchi marta Konstan­tinopol ostonasiga kelib, uni butun bir yil qamal qilib turdi. Sharqda esa arab lashkarboshilari О‘rta Osiyoning ichkarisigacha kirib borib, Xivani, Buxoroni ishg‘ol qildi, Afg‘onistonni va Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismini to Hind daryosiga qadar bо‘lgan yerlarni istilo qildi. Armaniston bi­lan Gruziya ham ummaviylar xalifaligi tarkibiga kirar edi. Xalifalikning chegaralari g‘arbda Atlantika okeanigacha, sharq­da Xitoy bilan Hindiston chegaralarigacha borib yetdi va, shunday qilib, qadimgi buyuk monarxiyalarning — Aleksandr Makedons­kiy monarxiyasi yoki Avgust va Trayan zamonlaridagi Rim imperiyasi monarxiyasining hududidan ham oshib ketdi.
Umaviylar zamonida idora qilish apparata ancha murakkablashdi. Aholidan yer va jon solig‘i oladigan juda keng tarmoqli moliya amaldorlari apparati tashkil qilindi. Shu narsa xarakterliki, endi faqat «kofirlar» emas, balki musulmonlar ham soliq tо‘laydigan bо‘ldi. Uch xil soliq asosiy soliq hisoblanar edi; 1) xiroj—yer solig‘i, 2) jizya — jon boshi so­lig‘i (bu soliq avvaliga faqat g‘ayri musulmonlardan olinar edi, keyinchalik borib musulmonlardan ham olinadigan bо‘ldi) va 3) zakot — majburiy tо‘lanadigan ushr, bu soliq ham bevosita xalifaning о‘ziga kelib tushar edi. Xiroj bilan juzya xalq uchun ayniqsa og‘ir soliqlar edi.
Sud va boshqa ma’muriy ishlar arab tilida olib boriladigan bо‘ldi. Arab qonunlari kodeksi vujudga keltirildi. Bu kodeksga-Qur’on asos qilib olindi.
Mо‘min musul­monlar olami Umaviylar zamonida bir-biriga dushman bо‘lgan bir nechta qismga bо‘linib ketdi. Xalifa homiylik qilgan oqim musulmonlikda rasmiy hukmron oqim deb hisoblandi. Bu sodiq musulmonlar sunniylar deb ataldi, sunniylar degan sо‘z «Sunnat» sо‘zidan olingandir. Lekin arablarning bir qismi Sunnatni tan olmadi. Bunday musulmonlar shialar, ya’ni maslagidan qaytganlar, “nifoqchilar” deb ataldi. Shialar Misr, Eron va Mesopotamiyada kо‘p edi. Bularga о‘ldirilgan Alining urug‘-aymoqlari homiylik qilardi.
Asosan Suriya-Arab zodagonlari bilan bog‘langan umma­viylarning manfaatlari sharqiy viloyatlarga yot edi. Mesopo­tamiya arablari Damashqqa doim qarshi kayfiyatda bо‘lib keldi. Fors (Eron) feodallari ham ummaviylarga uncha bо‘ysunmas edi. 747 yilda sharqiy Eron yoki Xuroson dehqonlari harakatiga Abu-Muslim boshchilik qildi, u yerli jamoachi dehqonlarning ahvolini yaxshilash maqsadida ummaviylarga qar­shi qо‘zg‘olon kо‘tardi. Qо‘zg‘olon keng tus oldi va kattagina siyosiy oqibatlarga olib keldi. Eron va Mesopotamiya feodallari birlashib, 750 yilda ummaviylarni ag‘dardi, bunda ular Abu-Muslim boshliq dehqonlar harakatidan foydalandilar. Xalifalik taxtini Abul-Abbos As-Saffoq (750-754) egalladi. U Muhammadning о‘ziga Mesopotamiyadagi harbiy arab oilasiga mansub bо‘l­gan bu xalifa Muhammadga qarindoshman deb da’vo qildi. Abbosning buyrug‘i bilan Ummaviylar xonadoniga mansub bо‘lgan hamma shahzodalar qirib tashlandi.
750 yilda Damashqda Ummaviylar sulolasi ag‘darilgandan keyin bu sulola vakillari qirg‘in qilindilar. Ispaniya (al-Andalus) 756 yilga qadar Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bag‘dodda hokimiyatni abbosiylar (749-1258 yillarda boshqarganlar) egallaganidan sо‘ng, ummaviylar sulolasi vakili Shimoliy Afrikada jon saqlab qolgan Abdurahmon I Ispaniya hududida Kordova (Qurdoba) deb nom olgan mustaqil amirlikka asos soldi va о‘zini amir deb e’lon qildi. Amirlik poytaxti Qurdoba bо‘lib, tarixiy manbalarda davlatni Qurdoba amirligi deb atalgan. Abdurahmon I ni sharqdagi dushmanlari “quraysh burguti” deb nom qо‘ygan edi, Ispaniyada esa “kelgindi” deb nom olgan Abdurahmon ayyor va berahm siyosatchi emas, balki ancha iste’dodli shoir ham edi. Manbalarda kо‘rsatilishicha u Ispaniyadagi birinchi palma daraxtini ekkan va vataniga bag‘ishlab she’rlar ham yozgan.
Abdurahmon I 755-788 yillarda boshqarib, Qurdobada ummaviylar sulolasiga asos soldi. Bu sulolaning eng kuchaygan davri Abdurahmon III G‘olib davriga (912-961 yillar) tо‘g‘ri kelib, u о‘ziga xalifa unvonini olgan edi. Ummaviylar sulolasining Ispaniyadagi davlati endi xalifalik deb atalib, 929 yilda Qurdoba xalifaligi tashkil topdi.
Abu-Muslimni ham Abbos qо‘lga tushirib, turmaga tashladi, bir necha yildan keyin u halok bо‘ldi.
Abbos yangi sulolaga-Abbosiylar sulolasiga asos soldi, bu sulola 750-yildan 1258 yilgacha idora qildi. Xalifalikning poytaxti Abbosdan keyingi xalifa al-Mansur (754-775 yillarda boshqargan) davrida —762 yilda qurilgan Bag‘dod shahri bо‘ldi. Shunday qilib, arablar siyosiy hayotining markazi Suriyadan Mesopotamiyaga kо‘chirildi.
Abbosiylar zamonida arab davlati juda ham taraqqiy qildi. Bag‘dod xalifaligi VIII—IX asrlarda ayniqsa kuchli edi. Bu vaqtda — Bag‘dodni barpo etgan Man­sur (754—775), Karl Buyukka zamondosh bо‘lib, u bilan dо‘stona diplomatik aloqa qilgan Horun ar-Rashid (786—809), arab ilm-faniga zо‘r berib homiylik qilgan Al-Ma’mun (813—833) kabi qudratli xalifalar idora qildi. Abbosiylarning «oltin davri» Mu’tadid zamonida (892—902) tugadi. Xalifalik ana shu vaqtdan boshlab tushkunlikka yuz tutdi. Abbosiylar davlatida Eronning ta’siri kuchli edi. Bu ta’sir vazirlik unvonining joriy qilinishida ham, soliq solishda eron usullarining о‘zlashtirilishida (yer kadastrlarining eronlardagiga о‘xshab tuzilishida) ham, xalifalik ma’muriy jihatdan viloyatlarga bо‘linib, ularga gubernatorlar — amirlar boshliq qilib qо‘yilishida ham namoyon bо‘ldi.
Eronning feodallashgan zodagonlari xalifalikni idora qilishda aktiv qatnashdi. Buyuk vazirlik lavozimiga odatda eroniylardan tayinlanar edi va bu lavozim nasldan-naslga о‘tar edi. Xali­faning juda kо‘p (160 000 kishiga yaqin) doimiy qо‘shini bо‘lib, bu qо‘shinning kо‘pchiligi turli varvar otryadlaridan iborat edi, IX asriing ikkinchi yarmidan boshlab esa asosan turk otryadlari­dan iborat bо‘ldi. Xalifaning gvardiyasi katta siyosiy ahamiyatga ega edi, bu gvardiya harbiy ishga yoshligidan boshlab о‘rgatilgan qullardai tuzilgan edi.
Xalifalik xо‘jalik ishlarining turli sohalariga ham kat­ta e’tibor berdi, bu borada ham qisman, Eron, qisman Mesopotamiya udumlaridan foydalandi. Chunonchi, maxsus pochta mahkamasi bо‘lib, bu mahkama pochta ishlari, katta yо‘llarni tartibga solish bilan shug‘ullandi, yо‘llar tekislandi, suv bilan ta’minlandi, unda har bir muayyan masofada maxsus musofirxona, karvonsaroylar tashkil qilindi. Abbosiylar zamonida dalalarni sun’iy sug‘orish tizimi rivojlandi. Buning uchun turli katta-kichiklikdagi yer osti va yer usti kanallari qurildi. Irrigatsiya qurilishlari tо‘xtovsiz davom etdi va bu ish bilan hukumatning maxsus mahkamasi shug‘ullandi. Abbosiylarning poytaxti — Bag‘dod juda katta bir shahar bо‘lib, unda xalifaga va uning yaqin odamlariga qarashli juda kо‘p saroy va bog‘lar bor edi. Shahar doira shaklida bо‘lib, uning atrofi ikki qator devor bilan о‘ralgan edi. Bu shahar zodagonlar shahri, xalifaning qarorgohi va uning ma’muriy poytaxti bо‘lish bilan birga juda katta bir hunarmandchilik, ayniqsa savdo markazi ham edi. Bag‘dod bozorlariga uzoq mamlakatlardan savdogarlar kelar edi, bu yerda vizantiyaliklar, xitoylar, hindlar, malayyaliklar, Shimoliy, G‘arbiy va hatto Markaziy Afrikada yashovchi kishilarni ham uchratish mumkin edi.


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin