Misrda fotimiylar davlatining tashkil topishi. 909-910 yillarda Shimoliy Afrikada Fotimiylar xalifaligi tashkil topdi. Bu davlatga Ubaydulloh al- Mahdiy tomonidan asos solingan. Fotimiylar о‘zlarini hazrati Alining avlodlari deb hisoblaganlar va nomlarini payg‘ambar Muhammad (sav) ning qizlari, tо‘rtinchi xalifa Alining xotini Fotima nomidan olganlar. Fotimiylar о‘zlarini Ali ibn Abu Tolib va u kishining xotini Fotima avlodlari deb da’vo qilganlar. Ularga muxolif bо‘lganlar mazkur da’voni rad etishadi va ularni ubaydiylar deb nomlashadi. Fotimiylar shiaparast guruhlar bо‘lib, taxtga Ali avlodlarigina haqli degan da’voni ilgari surganlar. Ular shialikning ismoiliylar guruhi manfaatini kо‘zlab harakat qilishardi. X asr boshlarida Afrika (hozirgi Tunis) hududida rо‘y bergan tartibsizliklardan foydalangan Abu Abdulloh hamda о‘zini Ali va Fotima avlodi deya da’vo qilgan Ubaydulloh boshliq kishilar isyon kо‘tarishdi. 909 yili isyonchilar Qayruvon shahrini bosib olishdi, о‘sha yerda Ubaydulloh Mahdiy nomi bilan taxtga о‘tirdi.
Fotimiylar arab xalifalari sulolasi bо‘lib, Shimoliy Afrikada, keyinchalik Misr va Suriyada hukmronlik qilganlar.
Fotimiylar davlati (909-1171). Poytaxti- Mahdiyya (909-969), Qohira (969-1171). Hududi- 5,1mln km.kv.( 969). Davlat tuzumi- monarxiya. Davlat tili- arab tili. Markazi Qohirada ( 972 yildan) bо‘lgan arab davlati. Bu davlat о‘zining eng qudratli davrida Misr, Mag‘rib, Falastin va Suriya
Misrda 909–1171 yillarda Fotimiylar sulolasi vakillari hukmronlik qilishgan. 1171 yilda bu sulolaning sо‘nggi vakili Ozid, Abdulloh ibn Yusuf ibn Abdulmajid vafot etadi. Uning mulklarini taqsimlab olish uchun bо‘lib о‘tgan о‘zaro urush – nizolar natijasida, kelib chiqishi kurdlardan bо‘lgan Salohiddin (Suriyadagi zanjilar qо‘lida xizmat qilgan kurd jangchisi) Qohirada Fotimiylar xalifaligini ag‘darib tashlab, sunniylikni tikladi va Ayyubiylar sulolasiga asos soldi.
Ayyubiylar va mamluklarsulolasi davrida Misr.Ayyubiylar sulolasining nomi Salohiddinning otasi Ayyub ibn Shodi nomidan olingan.
Sulolaning turli avlodlari 1171-1250 yillarda Misrni, 1186-1260 yillarda Damashqni, 1201-1254 yillarda Mesopatamiyani, 1173-1228 yillarda janubiy Arabistonni idora qildilar.
XII asrning 70-80 yillarida Suriya va Mesopatamiyaning katta qismi Misrda hukmronlik qilayotgan ayyubiylar nazoratiga о‘tdi.
Salohiddin ibn Ayyub Suriyada hukmdorlik qilayotgan Nuriddin Mahmud Zangiy qо‘l ostida xizmat qilardi. Zangiy Salohiddinni va uning amakisi Sherkuhni birodarkushlik urushlari bо‘layotgan Misrga yubordi. 1169 yili, Sherkuh vafotidan sо‘ng, hanuz sо‘nggi fotimiy hukmdor tirik bо‘lishiga qaramay, Salohiddin Misrning amaldagi hukmdori bо‘lib oldi.