Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Marokashda tashkil topgan va 1056-1147 yillarda mavjud bо‘lgan Murobitlar davlatining poytaxti-Fas shahri bо‘lgan, davlat tili-arab tili



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə15/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Marokashda tashkil topgan va 1056-1147 yillarda mavjud bо‘lgan Murobitlar davlatining poytaxti-Fas shahri bо‘lgan, davlat tili-arab tili. “Murobit” sо‘zi “rabot (chegara istehkom) da yashovchi” degan ma’noni anglatadi. Murobitlar davlatiga 1062 yili Yusuf ibn Toshufin tomonidan asos solingan. Ular sunniylikning molikiya mazhabigi tegishli edi. Murobitlar 1086 yili Leon va Kastiliya qirolligi qо‘shinini yengib Andalusiyani ham о‘z davlatiga qо‘shib olishga muvaffaq bо‘lgan. 1147 yili muvahhidlar Marokashni egallashdi va bu davlat tugatildi.
Tunis va Jazoirda hukmronlik qilgan Ziriylar sulolasi 972-1148 yillarda boshqargan. Poytaxti-Mansuriya (972-1048), Qayruvon (1048-1057), Mahdiyya (1057-1148). 1148 yili Sitsiliya qiroli Rojer II ziriylar hukmdori Hasanni mag‘lub etib, poytaxt Mahdiyyani va Tunisning sohilbо‘yi hududlarini bosib oldi. Hasan Jazoirdagi qarindoshlari oldiga qochib ketadi va oradan tо‘rt yil о‘tgach u о‘sha yerda vafot etadi. Bu sulolani 8 ta hukmdor boshqarganlar.
G‘arbiy Afrikada tashkil topgan davlatlar. Niger va Senegal daryolari havzasida joylashgan G‘arbiy Sudan yerlarida milodning VII-VIII asrlarida yirik savdo qо‘rg‘onlari Aukar, Mali keyinchalik Tombuktu va Gao о‘rnida shaharlar vujudga keldi, ularning savdosida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari, tuz va oltin alohida о‘rin tutar edi. О‘rta asrlarda Niger va Senegal daryolari havzasida ilk davlatlar: Gana, Mali, Songailar tashkil topdi.
Gana-hozirgi Sudan hududidagi eng qadimiy davlat bо‘lib, u VIII asrda ya’ni 750 yilda vujudga kelgan edi. X asrning boshlarida Gana davlati о‘z taraqqiyotining eng yuksak davriga о‘tdi. G‘arbiy Sudanning Mag‘rib mamlakatlari bilan olib boradigan oltin va tuz savdosi yо‘llari ustidan nazorat Gana podshosi va uning zodagonlariga benihoya katta boyliklar tо‘plash imkonini berdi. Bu paytda mamlakatda qо‘shin soni 200 ming bо‘lib, uning tarkibida 40 mingga yaqin kamonchi va kо‘psonli otliq lashkarlar bor edi.
Arab savdogarlarining G‘arbiy Sudandagi oltin konlari, podsholarning behisob xazinalari haqidagi afsonalar yaratilgan, bu esa qо‘shni jangari qabilalar diqqatini tortar edi. 1076 yilda Marokash sultoni Abu Bakr katta qо‘shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan. Gana sultonga xiroj tо‘lash majburiyatini oldi, aholi esa islom diniga о‘tkazildi. Lekin marokashliklar hukmronligi unchalik uzoq chо‘zilmadi. Ganada xalq qо‘zg‘olon kо‘tarib 1087 yili chet ellik bosqinchilarni о‘z yerlaridan haydab chiqardilar. Biroq zaiflashib qolgan Gana davlati 1087 yilda parchalanib ketdi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin