Albigoyichilar urushi – (1209-1215 va 1216- 1229)- Simon de Manfor boshchiligida Shimoliy Fransiya feodalarining daxriy albigoychilarga qarshi “salb yurishlari”. Bu yurishlar Rim papalarining da’vatiga binoan tashkil etilgan edi.
Anglikan cherkovi- yepiskoplar cherkovi –Angliyaning davlat cherkovi. Anglikan cherkovi XVI –asrning 30-yillarida Angliya qiroli Genrix VIII o’tkazgan reformatsiya natijasida vujudga kelgan.
Anglo-sakslar istilosi – german qabilalari- angllar, sakslar, yutlarning Yevropa qit’asidan Biritaniyaga ko’chib borishi va uni zabt etishdan iborat uzoq jarayondir. Anglo-sakslar istilosi V asr o’rtalarida boshlandi va VI asr oxirlarida Britaniyaning tamomila boysundirilishi bilan tugallandi.
Angllar – qadimgi german qabilasi. Birinchi marta Tatsit asarlarida tilga olinadi. IVasr- V asr boshlarida Angllar Yutlandiya yarim orolining janubida yashadilar. V asrning o’rtalaridan ko’chib bora boshladi, bu yerda VI asrda Mersiya, Sharqiy Angliya va Nortumbriya qirolliklariga asos soldilar,angllarning qit’ada qolganlari daniyaliklarga qo’shilib ketdi. Britaniya hududida Angllar VII-X asrlarda tarkib topgan anglo-sakslar elatining bir qismini tashkil qildilar.
Anju- Luara daryosining quyi oqimidagi Fransiya viloyati.Feodalizm davrida u qudratli graflik edi,1154 yilda Anju grafi ingliz qiroli bo’lib,Angliyada Plantagenetlar sulolasiga asos soldi.Anju grafligi 1480 yilda fransuz qirollari yeriga uzil-kesil qo’shib olindi.
Antioxiya kinyazligi – 1097-yil 21-oktabrdan 1098-yil 3-aprelgacha davom etgan qamaldan keyin Antioxiyani(hozirgi Antakya)qo’lga kiritgan salibchilar birinchi yurishidan keyin tashkil etilgan feodal davlati. Antioxiya knyazligining hududi O’rta dengiz sohili boylab joylashgan edi.Knyazlik Quddus (Ierussalim) qirolligi tarkibiga kirgan edi, 1262-yilgacha yashab keldi. Shu paytga kelib Antioxiyani Misr sultoni Beybars egalladi.
Assizlar – Angliyada va Fransiyada feodalizm davrida qirollik kengashi yoki sudining yig’ilishi, shuningdek sayyor sudlar, qirol farmoyishlari, feodal huquqi to’plamlari.
Ayyubiylar- Yaqin Sharqdagi sulola (Misrda fotimiylar sulolasi qulagandan so’ng, 1171yilda sulton Salohiddin tomonidan asos solingan, sulola nomi Salohiddinning otasi Ayyub ibn Shodi nomidan olingan.
Balya – Fransiyada qirol tayinlaydigan amaldor. Qirol Fillipp II Avgust (1180-1223) davrida Balya lavozimi katta ahamiyat kasb etdi. Fillipp II joylardagi qirol tayinlagan eski amaldorlarga Balyani boshliq qilib qoydi.
Baron – G’arbiy Yevropada feodallar unvoni. VI-VII asrlarda umuman aslzodalarni Baron deb atashardi. Baron o’sha paytda ikki guruhga bo’linardi:1)oliy baronlar – qirolning bevosita arkoni davlati va vassallari; 2) Quyi baronlar – bevosita vassallarning vassallari. Feodal Angliyada eng yirik va qudratli feodallarni Baron drb atashardi.
Bashmak – 1493-yilda feodallarga qarshi qo’zg’olon tashkil etish maqsadida El’zasda vujudga kelgan dehqonlarning yashirin ittifoqi. Nomini bayroqda aks etirilgan dehqon chorig’i- ‘’Bashmakdan” olingan.
Bogomillar – Bolgariyada dinga shak keltirish formasini olgan dehqonlarning feodallarga qarshi harakati qatnashchilari.Ular o’z nomlarini pop Bogomil nomidan olganlar.