Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə65/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

General shtatlar – (Tabaqa vakillarining yig’ilishi).
Germanlar- (qadimiy) – tillarning hind-yevropa oilasiga mansub bo’lgan hamda shimolda Shimoliy dengiz va janubda Dunaygacha, G’arbda Reyn va sharqda El’bagacha bo’lgan hududda, shuningdek Skandinaviya yarim orollarida yashagan qabilalar va xalqlarning katta guruhi.
Germaniyada dehqonlar urushi - Islohotchilik davrida 1524-1525 yillarda bo’lib o’tgan buyuk dehqonlar qo’zg’oloni.
Gertsog – dastavval qadimiy germanlar qabila zodagonlari saylaydigan harbiy boshliq, ilk o’rta asr davrida G’arbiy Yevropada – qabila knyazi, feodal tarqoqligi davrida – katta hudud egasi. O’rta asr oxirlarida va yangi davrda Gertsog – G’arbiy Yevropada yuqori dvoryanlik unvonlaridan biri.
Gyozlar – XVI asrdagi Niderlandiya burjia inqilobi davrida; 1)mamlakat erkinligini va din erkinligini Ispaniyada ”qonuniy vositalar” yordamida himoya qilish maqsadida Niderlandiyada 1565-yilda tashkil topgan ittifoq azolarining nomi; 2)Niderlandiyaga hukmronlik qiluvchi ispanlarga qarshi quruqlikda (o’rmon gyozlari)va dengizda (dengiz gyozlari) kurash olib borgan xalq qo’zg’olonchilari – partizanlarning nomi. Dengiz gyozlari (shimoliy viloyatlarning matros va baliqchilari) ayniqsa katta rol oynab, ispan kemalariga hujum qildilar va Ispaniya bilan Niderlandiya o’rtasidagi dengiz aloqalarining deyarli tamomila to’xtatilishiga erishdilar. 1572-yil 1-aprelda dengiz gyozlarining Gollandiya orollaridan biriga borib Brill shahrini egallashlari Shimoliy Niderlandiyaning yalpi qo’zg’oloniga sabab bo’ldi, bu qo’zg’olon Ispaniya zulmidan ozod bo’lish bilan tugallandi.
Graf – ilk feodalizm davrida G’arbda qirol tayinlaydigan okrug boshlig’i.
Gugenotlar – XVI asrda Fransuz protestantlari (kalvinistlar).
Gupta-IV-V asrlarda Shimoliy Hindistondagi davlat.Bu davlatga 320 yilda Chandragupta asos solgan.Gupta davlatida quldorchilik munosabatlari yemirilib, feodal munosabatlar qaror topa boshladi.
Guriylar- Suri xonadonidan chiqqan Guri sultonlari sulolasi (1148-1206yillarda mavjud bo’lgan va o’z hokimiyatini hoz.Afg’oniston hududiga yoyib, shimoliy Hindistonni ham bosib olishgan edi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin