Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə68/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Klermon yig’ilishi – 1095-yilning noyabrida papa Urban II tomonidan Klermon shahrida (Markaziy Fransiyada ) chaqirilgan cherkov yig’ilishi. Bu yig’ilishda cherkov yerlari va boyliklarini eggalab olish uchun turk-musulmonlariga qarshi salib yurishi tashkil etish haqida qaror qabul qilingan edi.
Klyuniychilik harakati – katolik cherkovida cherkov-monastr islohoti uchun bo’lgan harakat.
Kommuneros – 1520- 1522 – yillarda Kastiliyaning o’rta asrlardagi o’z-o’zini boshqarish huquqidan foydalanuvchi shaharlarida, qirol absolutizmiga qarshi qaratilgan va Karl I tomonidan dvoryanlarning yordamida ayovsiz bostirilgan qo’zg’olon.
Konklav – Rim papasini saylaydigan cherkovning yuqori mansabdagi shaxslar va kardinallar kollegiyasining majlisi. Birinchi marta Konklav 1271-yilda Grigoriy X ni saylash munosabati bilan chaqirilgan edi.
Konkordat – katolik cherkovining boshlig’i bo’lgan papa bilan ayrim davlatlar hukumatlarining o’zaro kelishuvlarining oddiy nomi.
Korteslar – feodal Ispaniyasi va Portugaliyada vakillar majlisi. Korteslar degan nom birinchi marta 1137-yil Kastiliyada uchragan.
Kuriya – 1)patritsiylar kuriyasi - qadimgi Rimda urug’lar guruhining nomi, teng huquqli aholiga patritsiyaga aylantirilgan urug’ guruhining nomi; 2) Rim kuriyasi – papachilikning markazlashgan muassasalari; 3) Qirol kuriyasi – o’rta asrlarda qirol huzuridagi uning vassallari va amaldorlari kengashi.
Kurfyurstlar – O’rta asr Germaniyasi (Muqqadas Rim deb atalmish) imperiyasining imperatorini saylash uchun mutaq huquqqa ega bo’lgan ruhoniylari va knyazlari. XIII asrning ikkinchi yarmida 7 kurfyurst bo’lgan edi. (Mayns, Kyoln va Trir arxiyepiskoplari, Reyn grafi, Sakson gersogi, Brandenburg markgrafi va chex qiroli.)1356-yilda Oltin bulla bu yetti kurfyurstlarning siyosiy huquqlarini kengaytirdi va mustahkamladi. Ular faqat imperatorga qaram bo’libgina qolmasdan, baki 1519-yildan boshlab (ya’ni Karl V saylanganidan boshlab) imperator bo’lib saylanganlarning oldiga alohida hujjatlarda ko’rsatib, sanab o’tilgan bir qator shartlar qoyadigan bo’ldilar. 1648-yildan Vestfal sulhidan to ”Muqaddas Rim imperiyasi” ning tugashi bilan ”kurfyurst” degan nomning o’zi ham tugab ketdi. Kurfyurstning kelib chiqishi feodal Germaniyasining siyosiy rivoji xususiyatlari va bu yerda hududiy knyazliklarning paydo bo’lishi, siyosiy tarqoqlikning uzoq davom etishi va markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi bilan bog’liq edi.
Langobardlar – 568 yilda Italiyaga kirib borib, u yerda Langobardlar qirolligini tashkil etgan german qabilasi. Uning Markaziy viloyati hozirgi Longbardiya bo’lgan. Langobardlar Rim viloyatini egalab olishga harakat qilayotgan papalar bilan qattiq kurash olib bordilar. Papachilikni yoqlab turgan franklar VIII asr o’rtalarida langobardlarga og’ir zarar yetkazdilar. 774-yilda Langobardlar qirolligi Buyuk Karl tomonidan zabt etildi. Langobardlar Shimoliy va O’rta Italiyaning qolgan aholisi bilan aralashib ketdi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin