Axborotning eng kichik o’lchov birligi sifatida bit qabul qilingan.
Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo’lib,inglis tilidagi
“binariy digt” so’zidan olingan va “ikkilik raqami”” degan ma’noni
anglatadi.
Masalan: 100101001da 9 ta bit bor. Chunki unda 9 ta raqam
ishtirok etmoqda.
Qadimda axborotlarni kodlash
Hayotda
axborotni
kodlashning
ko'pdan-ko'p
usullari
mavjud. Birinchi kodlashni qo'llagan inson qadimgi Gretsiya sarkardasi
Lisandro hisoblanadi. U axborotni maxfiy saqlash, ya'ni kodlash uchun
ma'lum bir qalinlikdagi "Ssital" tayoqchasini o'ylab topgan.
Kodlashning bu usuli o'rin almashtirish usuli deb ataladi.
Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotni maxfiyligini sa
qlash uchun matnni kodlash usulini o'ylab topgan. "Sezar
shifri"da
matndagi harf alifboda o'zidan keyin
kelgan uchinchi harfga
alimashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash
usul alifboni surish usuli deyiladi.
Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.
Axborotlarni kodlashning usullari
Semyuel Morze 1837-yilda elektromagnit telegraf qurilmasini
ixtiro qilgan va 1838-yilda shu qurilma uchun
telegraf kodini ishlab
chiqqan. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus
ketma-ketligi ko'rinishida
ifodalangan, ya'ni axborot uchta belgi
yordamida kodlanadi: "uzun signal" (tire yordamida ifodalanadi),
"qisqa signal" (nuqta yordamida ifodalanadi), "signalsiz" (bo'shliq,
pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash
usuli hozirgi kunda ham
qo'llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini notekis (o'zgaruvchan)
kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar bu usuldagi ikki yoki
undan ko'p belgilar yordamida ifodalanadi. Umuman, kodlash usulida
ishtirok etgan belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lsa
tekis kodlash usuli,
belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lmasa notekis kodlash usuli deb ataladi.
Mazkur usul yordamida "elektron" so'zini yozsak, u quyidagi ko'ri
nishga ega bo'ladi.
Bir tomondan, Morze usulida belgilarning turli boshqa belgilar bil
an hamda ularning bir nechtasi bilan ifodalanishi mazkur usulning ke
ng qo'llanilishiga to'siqlik qilsa, ikkinchi tomondan, uning faqat ikki be
lgi - nuqta va tiredan iboratligi uni texnik vositalarda qo'llash imkonin
i beradi. Morze usuli notekis kodlash usuliga,
quyidagi usullar tekis
kodlash usuliga misol bo'ladi.
Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli - bizga ma'lum
bo'lgan alifbodagi harflarni ularning tartibini ko'rsatuvchi sonlar bilan
almashtirishdan iborat:
Bu usuldan foydalansak, masalan, "Bugun havo lssiq"
degan
axborot quyidagi ko'rinishni oladi:
02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16
Bu holda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham maxsus
sonlar bilan ifodalash va ularni matnga kiritish mumkin. Alifbodagi
harflar ketma-ketligini tartiblashning anchagina usuli mavjud.
Masalan, quyidagi tartibni olamiz:
Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Havo issiqligi to'g'risidagi
yuqoridagi matn bu holda quyidagi ko'rinishni oladi:
03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21
Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni
bilmasdan qayta kodlash juda murakkab.
Dostları ilə paylaş: