Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 338,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix20.12.2022
ölçüsü338,53 Kb.
#76582
  1   2   3   4   5   6
informatika mustaqil ish1




 
Denov tadbirkorlik va 
pedagogika instituti aniq va 
tabiiy fanlar fakulteti 
matematika va informatika 
yoʻnalishi 1 kurs 3 mi 2022 
guruhining talabasi 
Xotamova Oltinoyning 
informatika fanidan yozgan 
Mustaqil ishi
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
Mavzu: Axborotni 
kodlash 
turlari
 
Reja: 
1. Axborotlarni kodlash
2. Axborotni ikkilikda kodlash. 
3. Axborotlarni kodlashning usullari. 
4. Foydalanilgan adabiyotlar



Axborotlarni kodlash
Inson axborotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda 
qisqa ko'rinishda bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. 
Bunga tovushlarni harf va raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar 
orqali, matematik, fizik, biologik qonuniyatlarni formulalar orqali 
ifodalanishini misol qilish mumkin.
Inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun doimo borliqning 
ta'sirini sezib turadi. Bu ta'sirni turli signallar (tovush, yorug'lik, 
elektomagnit, nerv va hokazo) ko'rinishida qabul qilamiz. Insonga 
uzluksiz ta'sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb ataladi
Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uni biror qismini 
ajratib oladi va tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta 
ishlash uchun qulay bo'lgan ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli 
belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma'lum bo'lgan alifbo harflari 
insonga tushunarli bo'lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy 
tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan, 
nutq yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson 
axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. 
Axborotlarni bu kabi uzlukli ko'rinishini diskret axborotlar deb ataladi.
Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog 
axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan 
ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret axborotlardan eng ko'p tarqalgani 
raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali 
ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar 
analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar 
raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, 
radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga shaxsiy 
kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli 
videokamerani misol qilish mumkin.


Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir 
qoidalar asosida boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni 
kodlash deyiladi. Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat 
amallar bajarish qulay bo'lishi uchun emas, balki axborotni maxfiy 
saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning bu ko'rinishi shifrlash 
deb ataladi.
 Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni uzatish va saqlash qulay 
bo’lgan ko’rinishda ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash” 
atamasi, ma’lum bir ma’lumotning bir ko’rinishidan saqlash, uzatish, 
qayta ishlash oson bo’lgan boshqa ko’rinishga o’tkazishdir. Odatda 
kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim etiladi. Kompyuter 
faqat raqamli ko’rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi 
mumkin. Boshqa barcha ma’lumotlar (masalan, tovush, tasvir, 
priborlarning ko’rsatkichlari va boshqalar) kompyuterda qayta 
ishlanishi uchun raqamli formada tavsiflanishi kerak. Masalan, musiqiy 
tovushni raqamli formaga o’tkazish uchun, ma’lum chastotadagi 
tovush intensivligini katta bo’lmagan vaqt oralig’ida o’lchab, har bir 
o’lchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin. Kompyuter 
dasturlari yordamida qabul qilingan ma’lumotlarni o’zgartirish 
mumkin, masalan turli xil tovushlarni bir-biriga bog’lash.
Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi 
mumkin. Kompyuterga kirishda har bir harf ma’lum son bilan 
kodlanadi, chiqishda tashqi qurilmalar(ekran yoki printer) inson idrok 
etishi uchun bu sonlardan harflarning tasvirini hosil qiladi. Harflar 
to’plami va sonlarning mos kelishi belgilarni kodlash deyiladi. Qoidaga 
ko’ra kompyuterda barcha sonlar nol va bir yordamida 
ifodalanadi(insonlar qanchalik o’rganib qolishgan bo’lsa ham , o’nlik 
sanoq sistemasidan emas). Boshqacha aytganda, kompyuterlar bu 
qurilmalarda qayta ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun 
odatda ikkilik hisoblash tizimida ishlaydi. Kompyuterga sonlarni kiritish 
va ularni o’qish uchun chiqarishda inson o’nlik formada amalga 
oshishiga o’rganib qolgan bo’lsa ham, barcha zarur o’zgartirishlarni 
kompyuterdagi dasturlar bajaradi.



Yüklə 338,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin