Axborotlarni kodlash usullari. Har bir axborot bir necha xil usulda kodlanishi mumkin.
Kompyuterlarning vujudga kelishi bilan alohida inson va butun
nsoniyat ishlatadigan barcha ko’rinishdagi axborotlarni kodlash
zaruriyati paydo bo’ldi. Ammo axborotlarni kodlash muammosini
yechishni insoniyat kompyuterlar paydo bo’lishidan ancha oldin
boshlagandi. Insoniyatning olamshumul kashfiyoti –yozuv va
arifmetika-nutq va raqamli axborotni kodlash sistemasidan boshqa
narsa emasdi. Axborot hech qachon sof holatda bo’lmagan, u har doim
qandaydir kodlangan ko’rinishda bo’lgan. Ikkili kodlash-axborotni
ifodalashning keng tarqalgan usullaridan biridir. Hisoblash
mashinalarida, robotlarda, raqamli dastur boshqaruvidagi stanoklarda
umumiy qonundagidek, hamma informatsiya, apparat bajaradigan
barcha ishlar, ikkilik alfavit so’zlari ko’rinishida kodlanadi.
Belgili axborotni kodlash.
Asosiy operatsiya, matnning alohida belgisida bajariladi-
belgilarni taqqoslash. Simvollarni taqqoslashda eng muhim jihat har
bir belgi uchun takrorlanmaslik va bu kodning uzunligi, bevosita
kodlash prinsipini tanlash amaliy jihatdan ahamiyatga ega emas.
Matnlarni kodlashda turli kod jadvallarida foydalaniladi. Muhimi, bir
yoki bir nechta matnni kodlash va dekodlashda bir jadvaldan
foydalanlsa bo’lgani. Kodlash jadvali –tarkibida bir qancha
tartiblangan kodlanuvchi belgilar obrazi va unga mos ikkilik koddagi
belgi bo’lgan jadvaldir. Birmuncha mashhur kodlash jadvallari
quyidagilar: ДКОИ-8, ASCII, CP1251, Unicode.
Tarixiy taraqqiyoti davomida belgilarni kodlash uchun sifatli kod
uzunligi 8 bit yoki 1 bayt deb belgilangan. Shuning uchun kompyuterda
saqlanuvchi har bir belgiga bir bayt xotira mos keladi. 0 va 1 ning turli
kombinatsiyalari 8 bit kod uzunligida 2
8
=256, shuning uchun bir
kodlash jadvali yordamida 256 tadan ko’p bo’lmagan belgilani kodlash
mumkin. 2 bayt (16 bit) kod uzunligi bilan 65536 ta belgini kodlash
mumkin.