Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ijtimoiy-gumanitar fakulteti xorijiy til va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 152,34 Kb.
səhifə3/7
tarix25.02.2022
ölçüsü152,34 Kb.
#53091
1   2   3   4   5   6   7
Ishci dastur-5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boyicha)

Fanning maqsadi va vazifalari

Chet tili fanining maqsadi talabalarning ko’p madaniyatli dunyoda kasbiy, ilmiy va maishiy sohalarda faoliyat yuritishlarida kommunikativ kompetentsiya (uning tarkibiy qismlari hisoblanuvchi lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va boshqa kompetentsiyalari)ni shakllantirishdan iborat.

Kompetentsiya - kommunikatsiya (muloqot) ishtirokchilari tomonidan ta’limning aniq maqsadlariga qaratilgan nutq faoliyatini rivojlantirishga imkon beradigan bilim, ko’nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar yig’indisini ifodalaydi.

Chet tili kommunikativ kompetentsiyasi — o’rganilayotgan Chet tilida so’zlashuvchilar bilan muloqot qilishni amalga oshirish qobiliyati va tayyorgarligi, shuningdek, talabalarning tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishish, o’z mamlakati madaniyatini yanada yaxshiroq anglash, uni muloqot jarayonida taqdim eta olishini nazarda tutadi. Mazkur o’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalariga talabalarda quyidagi kompetentsiyalarni rivojlantirish kiradi:

Lingvistik kompetentsiya o’rganilayotgan til sohiblari bilan muloqot qilish uchun til materiallari (fonetika, leksika, grammatika)ni yetarli darajada bilish va nutq faoliyati turlari (tinglab-tushunish, gapirishi, o’qish va yozuv)da qo’llay bilishni nazarda tutadi.

Ijtimoiy-lingvistik kompetentsiya so’zlovchining biron bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash ko’nikma va malakalarni o’z ichiga oladi.

Ijtimoiy-madaniy kompetentsiya autentik nutqing milliy xususiyatlarini: o’zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarini tili o’rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish kompetentsiyasidir.

Ijtimoiy kompetentsiya - ijtimoiy-lingvistik va sotsio-madaniy kompetentsiyalarni o’z ichiga oladi. U hozirgi ko’p madaniyatli dunyoda ta’lim oluvchilarda Chet tilini o’rganish muhimligi tushunchasi, Chet tilida muloqot qilish, o’z ustida mustaqil ishlash va ijtimoiy moslashuv vositasi sifatida foydalanish extiyojini shakllantirish va rivojlantirish, fuqarolik, vatanparvarlik fazilatlarini tarbiyalashda, Chet tili orqali madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish istagi va xohishida namoyon bo’ladi.

Pragmatik kompetentsiya quyidagilardan iborat:

Diskursiv kompetentsiya (diskurs — og’zaki yoki yozma nutq matni) matnni to’g’ri talqin qilish va tuzish, shuningdek, shunga mos nutqiy muloqot turini tanlash uchun og’zaki va yozma (stilistik hamda tarkibiy qismlarini bilib olishni nazarda tutgan) matnlar tuzish ko’nikma va malakalaridan iborat.

Strategik (kompensator) kompetentsiya Chet tili muhitida nutqiy hamda ijtimoiy muloqot tajribasidagi kamchilik va nuqsonlarni ayrim verbal/noverbal vositalar yordamida to’ldirish, kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo’lganda takroran so’rash, uzr so’rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan uddaburonlik bilan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadi.

O’quv - bilish kompetentsiyasi ta’lim oluvchining mustaqil bilim olish faoliyatida Chet tillar va madaniyatlarni o’rganishning kompetentsiyalar yig’indisi bo’lib, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bilan bog’lik bo’lgan mantiqiy, metodologik va umumta’lim vazifalarni o’z ichiga oladi.

Chet tilini o’qitish didaktik, metodik, lingvistik tamoyillarni hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash asosida amalga oshiriladi.

Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar

“Chet tillar bo’yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar”da oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi Chet tili bo’lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari to’rt yillik tahsillari nihoyasida o’rgangan Chet tili bo’yicha B2 darajani egallashlari shart. Unga ko’ra bitiruvchi talabalar B2 darajani ta’minlovchi quyidagi kommunikativ kompetentsiyalarni egallashlari lozim.


Yüklə 152,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin