Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Tarix yo`nalishi 2-kurs 107-t-22 guruh talabasi



Yüklə 13,28 Kb.
səhifə2/4
tarix14.10.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#155361
1   2   3   4
ozoda

Mikrotarix - tarixiy fanlaridagi yo‘nalishlardan biri bo‘lib, u kichik hududlar va kam sonli aholi (shaharcha, qishloq yoki oddiy oila) orqali o‘tmishdagi oddiy odamlar hayoti va fikrlashini o'rganib, o‘rganilayotgan davrga m a’lum bir nuqtayi nazardan turib baho beradi. Mikrotarix oddiy, xususiy hodisalarni o‘rganib, shu orqali ma`lum davr jamiyatini o‘rganishni maqsad qiladi. Ilk bor mikrotarix atamasi 1960- yilda Fernan Brodel tomonidan ishlatilgan. Brodel bu atamani dastlab salbiy ma’noda qo`llagan bo`lib , u mikrotarixni mayda-chuydalar bilan shug‘ullanuvchi tarix deb atagan. 60-yillar oxirida meksikalik tadqiqotchi L.Gonsalez o‘zining qishlog‘i haqida yozgan kitobini aynan shu atama bilan nomlaydi. 70-yillarga kelib, bir qancha italyan tarixchilari (Levi, Ginzburg) tomonidan mikrotarix fanda yangi yo‘nalish deb baholandi va butun dunyoga shu nom bilan tarqaldi.

Mikrotarixchilar Italiyada chop etiladigan «Guaderni Storici» («Kundalik tarix») jurnali orqali o‘z yo‘nalishlari mohiyatini yoritib borishdi. 1981-yildan boshlab Turindagi «Eynaudi» nashriyoti mikrotarix bo‘yicha kitoblarni chop eta boshladi. M a’lumot o‘rnida aytish mumkinki, 90-yillar o‘rtalarida bu kitoblar 20 tomlik qilib nashr etildi. Mikrotarix yo‘nalishi tarafdorlari tadqiqotlar orqali jamiyat rivojlanishi oddiy jarayonlar orqali bo‘lmaganligini, bu rivojlanishlar hammaga har xil ta’sir qilishini ko'rsatib berishga harakat qilishgan. E.Grendining ta’kidlashicha, bu yo‘nalishning rivojiga ijtimoiy antropologiyaning ta’siri kuchli bo`lgan. Kayinchalik mikrotarix ham o‘z prinsiplariga ega bo`lib bordi. J.Levi 1991-yilda mikrotarixga oid katta maqola e’lon qiladi, bu maqolada mikrotarix prinsiplari alohida ta’kidlangan. Shu maqola mikrotarix mohiyatini ochib berishda katta xizmat qildi.

Levining fikricha, birinchi navbatda, ushbu yo‘nalish tajribaviy yo‘nalish hisoblanadi, u tajribalarga asoslanadi. Tajribaning eng yuqori cho'qqisida tadqiqotchi shu tadqiqotdagi eng ikir-chikir nuqtalarni о ‘rganishga kirishadi, shu orqali butun tadqiqotni ochib berishga harakat qiladi. Levi shunga urg‘u beradiki, muammoni kichik nuqtada o‘rganish uning hajmini, mazmunini maydalashtirmaydi, balki hayotning ma`lum nuqtasidagi umumiy jarayonlardagi burilish nuqtasini ko‘rishga yordam beradi. Mikrotarixchilar funksionalistlarga qarama-qarshi yo‘nalish vakillari hisoblanib, ular funksionalistlardek ijtimoiy-madaniy tizimni umumiy holda emas, balki shu tizimni ma’lum bir kichik nuqtalar, kichik jarayonlar orqali o‘rganishadi. Mikrotarixning turli mamlakatlarda ko‘pgina namoyondalari bor. Masalan: Italiyada Ginzburg, Levi, Grendi, S.Cherutti, P.Redondi, M.Gribaudi; Fransiyada Revel; Germaniyada X.Mediklar bu yo‘nalishda ish olib borishgan. Mikrotarix yo‘nalishida yozilgan ba’zi asarlar: Petro Redondi 1983-yilda «Galiley-Dahriy» asarini yozgan. Jovanni Levi 1985-yilda «Nomoddiy meros» asarini yozgan. M.Gribaudi 1987-yilda «Ishchi dunyo va ishchi afsona» asarini yozgan. 4. Simon Cherutti 1992-yilda «Ustalar va imtiyozlar» asarini yaratgan.


Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin