Fransiyada strukturalizm g‘oyalari taraqqiyoti o‘zgacha yo‘ldan bordi. Fransuz srukturalizmi Kiod Levi-Stros ishlari bilan tanilgan. Uning ilmiy qarashlari Dyurkxeymning jamiyat haqidagi nazariyalari ta’sirida shakllangan. «Strukturaviy antropologiya» (1958-1973), «Gotelizm bugun» (1962), «Qayg‘uli so‘qmoqlar» (1975) va boshqa asarlar muallifi. Levi-Stros nazariyasining asosini strukturaviy lingvistika uslubini qo‘llash orqali madaniyatning u yoki bu turi strukturasini aks ettiruvchi ramzlar tizimini yaratish mumkinligiga ishonch tashkil qiladi. Olimning barcha asarlarida markaziy mavzu insoniyat ongining barcha tarixiy bosqichlaridayaxlitligi g‘oyasi yotadi. Strukturaviy tahlil metodini qarindoshlik tizimini o‘rganisbda qo‘llagan Levi-Stros keyinchalik totemizmni tadqiq qilish, ong jarayonlarini izohlashda foydalandi.
2. Neoevolutsionizm - XX asming 40-yillarida shakllanib, unda evolutsiya yangicha talqinda progress (taraqqiyot) yoki ortga qaytarib boim aydigan o‘zgarishni, jarayonni anglatadi. Yangi nazariya tarafdorlari evolutsionizm g ‘oyasi tarafdorlarini tan olmaydilar, shuning uchun ular evolutsiyani ma’lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra insoniyatning rivojlanishi sifatida ifodalaydilar. Neoevolutsionalizm AQSHda keng tarqalib, kulturolog va etnolog Lesli Uayt (1910-1975) asarlarida o‘z ifodasini topdi. «Madaniyat haqida fan» (1949) «Madaniyat evolutsiyasi» (1959) va boshqalar. Uaytning yozishicha, har qanday taraqqiyotning o‘lchovi va manbai energiya (quvvat) hisoblanadi. Barcha tirik mavjudotlar kosmosning erkin energiyasini o ‘z tanalaridan hayotiy jarayonlarga xizmat qiladigan quvvat turlariga aylantiradi. 0 ‘simlik quyosh energiyasini o‘sish, qayta yaratish uchun hayotini saqlash uchun qabul qilgani singari, insonlar ham yashash uchun quvvat olishlari shart. Bu to‘lig‘icha madaniyatga ham taalluqlidir. Har qanday madaniy harakat quvvatni sarflashni talab etadi.