Denov tadbirkorlik va pedegogika institute ijtimoiy- gumanitar fakulteti tarix va falfalsafa kafedrasi
Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi: yoshlar – yangi o‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusida online(video chat) tarzda davra suhbati o’tkazilishi yuzasidan.
HISOBOT
2 1.01.2022 sanada tarix va falsafa kafedrasi o‘qituvchisi M.A.Bebitov va A.Jumayevlar tarix yo‘nalishi 211-t21-212-t21 guruh talabalari bilan “Taraqqiyot strategiyasi: Yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tarix va falsafa kafedrasi o‘qituvchisi M.A.Bebitov va A.Jumayevlar tarix yo‘nalishi 211-t21-212-t21 guruh talabalari bilan “Taraqqiyot strategiyasi: Yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Bugun yurtimizda davlatimiz tomonidan yoshlarning har tomonlama barkamol va yetuk, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan insonlar bo‘lib yetishishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib, katta e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Zero, yoshlar – har qanday jamiyatning ertasidir
Davra suhbatida so‘z olganlar so‘nggi besh yilda mamlakatimiz yoshlari hayotida tarixiy burilish yasagani, bunga “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni misol bo‘la olishi borasida to‘xtalishdi.
Shuningdek, mamlakatimizda yosh deputatlar 6 foizdan oshganiga e’tibor qaratarkan, buni yoshlarning o‘zlarini namoyon etishlari, siyosiy irodalarini ifoda etishlari uchun berilgan eng katta imkoniyat deya baholadi.
Y angi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasidagi maqsadlarda ham yoshlar bilan ishlash, ularning qounniy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berilgani qayd etildi.
Qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan davra suhbatida taraqqiyot strategiyasidan 2022 yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish, yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, jismoniy tarbiya va sportga jalb qilingan yoshlar ulushini 40 foizga yetkazish, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun infratuzilma yaratish, turli millat yoshlari uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan maqsadlar o‘rin olganini e’tirof etishdi.
Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, yoshlar Yangi O’zbekistonni barpo etishda doimo oldingi safda bo‘lishlarini ta’kidlashdi.
O‘qituvchi M.A.Bebitov
Dostları ilə paylaş: |