Desorbsiya. Ion almashinish jarayon va qurilmalar


YUPQA QATLAMDA XROMATOGRAFIYA



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə9/10
tarix20.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#166406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Desorbsiya . Ion almashinish jarayon va qurilmalar

4. YUPQA QATLAMDA XROMATOGRAFIYA
Keyingi vaqtlarda sintetik, ayniqsa, tabiiy moddalarni tahlil qilishda xromatografiyaning ancha qulay va tez bajariladigan usuli yupqa qatlamda xromatografiyalashdir. Bu usulning afzalligi shundaki, bunda kimyoviy reaktsiyalarning borishini nazorat qilish, kolonka yorda­mida ajratilayotgan murakkab aralashmalarni eyrim komponentlarga ajralishini kuzatish va xromatografik plastinkalarni tezda tayyorlab, moddalarni tezroq identifikatsiyalash mumkin. Moddalarni yupqa qatlam­da bir marta xromatografiyalash uchun 10-30 minut vaqt kerak, xolos.
Bu xromatografiyaning ish texnikasi dastlab turli o’lchamdagi (8x15; 10x20 va hokazo) shisha plastinkalarda yupqa adsorbent qitlamini hosil qilishdan boshlanadi. Buning uchun shisha plastinka ustida adsorbentlardan (alyuminiy oksid, silikagel va hokazo) birini olib, uning ustidan maxsus yupqa qatlam hosil qiluvchi asbob yurgiziladi.
So’ngra shisha kapillyar yordamida tekshirilayotgan modda eritmasidan yupqa qatlam hosil qilingan plastinkaga bir necha tomchi tomizilib, plastinka maxsus erituvchilar sistemasi solingan oksikatorga tulshiriladi. Erituvchi plastinkadagi adsorbentning barcha yuzasiga shimilgandan so’ng xromatogramma eksikatordan olinadi va quritilib, yod bug’lari yoki boshqa reng beruvchi modda eritmalari bilan ishlanadi. Bu usulda tayyorlangan yupqa qatlam oyna yuzasida yopishmagan yupqa qatlamli xromatografiya deyilatsi, yupqa qatlam ko’pincha tez buziladi.
SHuning uchun ko’pincha oyna yuzasida adsorbent mustahkam yopishgan yupqa qatlamli xromatografiya qo’llaniladi. Bunday yopishgan yupqa qatlamli plastinkalarni tayyorlash uchun 5% gips qo’shilgan adoorsorning suali suspenziyasi hosil qinib, maxsus «g’altak» yordamkda yupqa qatlam oyna yuzasiga yaxshi yopishgan bo’lib, uni har qanday yo’nalishda bir tomonlama yoki ikki tomonlama xromatografiyalashda ishlatish mumkin. Ko’pincha bu usul bilan bir necha plastinka tayyorlanadi va ular eksikatorlarda saqlanadi.
5. GAZ-SUYUQLIK XROMATOGRAFIYASI
Xromatografiyaning bu usuli asosan 1950 yillardan qo’llanma boshlangan. Keyinchalik biologiyada, kimyoda va xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlarida bu usul yordamida moddalar sifat va miqdor tahlillar o’tkaziladigan bo’ldi. Bu xromatografiyada tekshiriladigan murakkab moddalar, asosan, gaz holatida va suyuqlik fazalari orasida taqsimlanadi. Suyuq fazadagi moddalar miqdorining gaz fazasidagi modda­lar miqdoriga bo’lgan munosabatiga ko’ra aniqlanayotgan moddalar komponentlarga ajratiladi.
Xulosa qilib aytganda, adsorbtsiya hodisasi tabiatda keng tarqalgan. Chunki, gazlar, suyuqliklar, qattiq moddalar o’zaro tuqnashganda adsorbtsiya hodisasi sodir bo’ladi. Tirik organizm (o’simliklar, inson va hayvonot olami) ning yashash jarayonida sodir bo’ladigan jarayonlarningg hammasida adsorbtsiya hodisasi yuz beradi. Masalan, katta yoshla odamning 1 mm3 qonida 5000000 ga yaqin eritrotsit donachalari bo’lib, aminokislotalarni va boshqa moddalarni adsorbtsiyalab tashib yuradi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin