Detallarini Tayyorlash Va Tamirlash Texnologik Jarayoni. To`Karlik Dastgohlari Shpindellarini Tayyorlash Va Tamirlash Jihozlari Va Texnologik Jarayonini O`Rganish Rezbali birikmalarni ta’mirlash



Yüklə 51 Kb.
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü51 Kb.
#123227
1   2   3   4
Detallarini Tayyorlash Va Tamirlash Texnologik Jarayoni. To`Karlik Dastgohlari Shpindellarini Tayyorlash Va Tamirlash Jihozlari Va Texnologik Jarayonini O`Rganish

Yangi joyda rezba qirqib tiklash shundan iboratki, bunda agar detal konstruksiyasi yо‘l qо‘ysa, yeyilgan rezbali teshik yonidan yangi teshik parmalab, normal о‘lchamli rezba qirqiladi. bu usul traktor va avtomobillarni remont qilishda keng qо‘llaniladi. Avtomobillar g‘ildiraklari gupchagidagi yarim о‘qni mahkamlash shpilkasiga mо‘ljallangan rezbalar va boshqa detallardagi rezbalar ana shu yо‘l bilan tiklanadi. Yangi teshiklar parmalashda tutash detal yoki konduktorli maxsus moslamalardan foydalaniladi.
Kichraygan о‘lchamga moslab tiklash. Val (о‘q) dagi yeyilgan rezba yо‘nalib, kichik diametrli yangi rezba qirqiladi va shunga moslab yangi gayka yasaladi. Bu usul ichki rezbani tiklashdagi kabi о‘zaro almashuvchanlikni buzadi va bundan tashqari, diametri kichrayishi bilan rezbali birikmaning mustahkamligi kamayadi. Shu sababli bir rezbaning о‘zini kо‘pi bilan bir marta shu usulni qо‘llab tiklash tavsiya etiladi.
Suyuqlantirib qoplab tiklash. Bu usul bilan val (о‘q) dagi kichraygan о‘lchamni yoki nominal о‘lchamni tiklagan ma’qul, 40 sm dan kichik diametrli rezba sovitish suyuqligi ishlatilmay 1,2...1,6 mm diametrli Np-30 simini ishlatib vibroyoy vositasida suyuqlantirib qoplanadi yoki shu simni ishlatib karbonat angidrid muhitida avtomatik suyuqlantirib qoplanadi. Yeyilgan rezba bir о‘tishda va detal bir marta aylanganda suyuqlantirib qoplashni ta’minlaydigan kukun hamda tebratkichdan foydalangan holda plazmaviy oqim bilan muvaffaqiyatli suyuqlantirib qoplanadi. Qoplash oldidan shikastlangan rezba yaltiraguncha pо‘lat chо‘tka bilan tozalanadi yoki yо‘naladi. Suyuqlantirib qoplangach detal yо‘nilib, nominal о‘lchamda rezba qirqiladi.
40 mm dan ortiq diametrli vallardagi rezba flyus qatlami ostida yoki plazmaviy oqim vositasida suyuqlantirib qoplab tiklanadi.
Shlitsli va shponkali birikmalarni ta’mirlash.
Qalinligi jihatidan yeyilgan shlitslar (sirtqi) dastaki yoki avtomatik suyuqlantirib qoplanadi, shuningdek yeyilgan shlitsli qismi odatda payvandlanib biriktirilladigan yangi qism bilan almashtiriladi. 50 mm dan kichik diametrli vallarning shlitsli ariqchalari payvandlanib, nominal о‘lchamli shlitslar qirqiladi. Ariqchalarni dastaki yoki vibroyoy vositasida suyuqlantirib qoplab payvandlashda vallar tob tashlamasligi uchun valiklar shlitslar bо‘ylab diametral qarama-qarshi tomondangalma-galdan shlitsli ariqchalarga qо‘yiladi. Dastaki suyuqlantirib qoplashda sifatli qoplamali OZN-300U, OZN-350U va boshqa E42A va E46A tipidagi elektrodlar, vibroyoy yordamida suyuqlantirib qoplashda Np-30 simi va sovitish suyuqligi ishlatiladi.
50 mm dan katta diametrli vallardagi yeyilgan shlitslar flyus qatlami ostida Sv-30XGSA simi bilan aylantirib avtomatik payvandlab suyuqlantirib qoplanadi.
Eni 6 mm katta bо‘lgan shlitslar yeyilmagan tomoni bо‘ylab suyuqlantirib qoplanadi. Navbatdagi ishlov berishda shlitsning yeyilgan tomoni yeyilish izlari qolmaguncha tozalanadi, bu holda nagruzka shlitsning suyuqlantirib qoplangan tomoniga tushadi. Shlitslarning kam yeyilgan joylari shlitslar eni bо‘ylab botirish bilan bartaraf etiladi (20-rasmga qarang).
Pо‘lat flanetslar, gupchaklar boshqa detallardagi yeyilgan shlitslar siqib tiklanadi. Detal bog‘lanish temperaturasigacha qizdiriladi, vtulka teshigiga shlitsli sovuq val kirgiziladi va keyin maxsus puanso hamda matritsa yordamida tо‘qmoq ostida siqiladi. Sо‘ngra detalga termik ishlov beriladi (toblanadi va bо‘shatiladi) va zarur bо‘lsa, shlitslar tozalanadi.
CHо‘yan detallar teshiklaridagi shlitslar tiklanmaydi.B’zan, agar detal konstruksiyasi imkon bersa, yeyilgan shlitslar yо‘naladi va teshikka yangi yasalgan vtulka presslab kirgiziladi. Yо‘nib kengaytirilgan teshik diametri shlitslar о‘yiqlari diametridan shlits bо‘yiga 0,5...1,5 marta katta bо‘lishi lozim. Presslab kirgizilgan vtulka shtiftlar yoki buramalar bilan mahkamlanadi va payvandlanadi. Shu usulda tiklangan detal radial va о‘q bо‘ylab tepishga tekshiriladi, bu tepish 0,15 mm dan oshmasligi lozim.
Eng katta о‘lchamgacha yeyilgan shponkalar tiklanmaydi. Shponka uchun ariqchalar yeyilish izlari qolmaguncha frezalanadi va katta (biroq eni bо‘ylab 15% dan katta bо‘lmagan) о‘lchamli yangi shponkalar qо‘yiladi. Agar shponka uchun ariqcha frezalangan yoki juda yeyilgan bо‘lsa, u butkul payvandlanib, yangi joyda nominal о‘lchamda ariqcha frezalanadi. Sо‘nggi usulni aniq, ma’lum о‘rnatiladigan detallar uchun qо‘llab bо‘lmaydi. Chunonchi, boshqa joyda taqsimlash shesternyasiga mо‘ljallangan tirsakli valning shponka ariqchasini frezalab bо‘lmaydi.

Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin