Detallarini Tayyorlash Va Tamirlash Texnologik Jarayoni. To`Karlik Dastgohlari Shpindellarini Tayyorlash Va Tamirlash Jihozlari Va Texnologik Jarayonini O`Rganish
Shesternyalarni ta’mirlash. Tishlar yeyilganda yoki yaroqsiz holatga kelguncha shikastlanganda shesternyalar nisbatan kam tiklanadi. Tishlarni tiklashjarayoni juda murakkab bо‘lib, faqat yirik ixtisoslashtirilgan korxonalarda qо‘llaniladi. Ba’zi traktor va avtomobillar transmissiyalaridagi gupchaklarga parchin mixlar bilan mahkamlangan tishli ayrim shesternyalar gardish shaklida yasalgan. Ishlatish jarayonida gardishlarning tishlari yeyilib, parchin mixlar bо‘shashadi. Bunday shesternyalar almashtirilib yoki gardishlarparchinlab tiklanadi. Qо‘zg‘aluvchan shesternyalarda almashlab о‘tqazish vilkasiga mо‘ljallangan halqa ariqchalar yeyiladi.
Shesternya tishlarini tiklash. Tishlari yeyilgan yoki shikastlangan shesternyalar gaz yoki elektr yoy yordamida suyuqlantirib qoplab, botirish yо‘li bilan va detal qismlarini almashtirib tiklanadi.
S u yu q l a n t i r i b q o p l a b t i k l a sh. Tishlarni suyuqlantirib qoplashda termik ishlov bermay suyuqlantirib qoplangan qatlamning yuqori mustahkamligini ta’minlovchi elektrodlar ishlatiladi. Tishlarni suyuqlantirib qoplash kо‘pda qoniqarli natijalar bermasligi sababli u ayrim hollarda ishlatiladi va kо‘pincha toretslari bо‘ylab yeyilgan tishlar suyuqlantirib qoplanadi.
B o t i r i sh y о‘ l i b i l a n t i k l a sh. Kichik shesternyalar gardishida zarur metall zapas qoldirib, botirish yо‘li bilan tiklanadi. Shesternya neytral muhitda (ishlatilgan karbyurizatorda yoki tuz vannasida) 900...9500S temperaturagacha qizdiriladi va press yoki tо‘qmoq ostida maxsus matritsalar hamda puanson yordamida bir yoki ikki tomondan sirtqi diametrini kattalashtirib halqa ariqchalar botirish yо‘li bilan hosil qilinadi. Botirilgandan sо‘ng detal qumda sovitiladi va sо‘ngra unga mexanik hamda termik ishlov beriladi. Teshiklar yо‘nib hosil qilinib, shesternya toretsi qirqiladi, silindrrik sirt yо‘niladi, tishlar qirqiladi, ularga yangi shesternya kabi termik ishlov beriladi.
D ye t a l q i s m i n i a l m a sh t i r i sh. Shesternya bloklari va ikki-uch gardishli qо‘zg‘aluvchi shesternyalar ana shu usulda tiklanadi. Gardishlardan biri yaroqsizga chiqariladi, qolganlari esa yaxshi holatda bо‘ladi.
Yeyilgan gardish elektr uchqun bilan ishlov berilib, trubali asbob-eletrod yordamida ketkaziladi yoki yumshatilib, tish bо‘yi h dan 2...2,5 marta katta bо‘lgan yangi gardish qalinligini hosil qilish imkonini beruvchi zarur D о‘lchamgacha (67-rasm) yо‘naladi. Presslab kiritilgan nardish ikki-uchta vint bilan stoporlab payvandlanadi.