Suitsid (o’z-o’zini o’ldirish)
Suitsid bu odamning o’zini-o’zi o’ldirishga harakat qilishdir. Ko’p
hollarda suitsid chetga og’uvchi fe’l-atvor sifatida echilishi
mumkin bo’magan muammolardan, umuman hayotdan qutulish
usuli bo’lib keladi. Bunday hollar kuzatilib, o’rganilib, shunday
xulosaga kelindiki, ular ma’lum
darajada jins, yosh ma’lumot,
sotsial va oiladagi tutgan o’rniga bog’liq holda kelib chiqadi.
Suitsidlar, asosan rivojlangan davlatlarda ko’p uchraydi va
bugungi kunda ularni ko’payishi kuzatilmoqda. Erkaklar orasida
sodir etilayotgan suitsid hollari ayol
orasidagiga qaraganda
kŏproq og’ir ahvollarga olib keladi. Ŏz joniga qasd qilish 20
yoshgacha va 55 yoshdan oshganlar ichida uchraydi. Hozirgi ŏz-
ŏzini ŏldirish hollari 10-12 yoshli
bolalar ichida ham
kuchaymoqda.